Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
7.
A.Taniyev ―Innovatsion iqtisodiyot‖. Darslik. Samarqand, SamDU nashriyoti 2020 y.
– 460 b.
8.
Alibekov, D. (2020). Socio-philosophical basis of educational system development.
ISJ Theoretical & Applied Science, 10 (90), 24-26. Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS-10-90-6 Doi:
https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.10.90.6
9.
Alibekov, D. (2021). СОЦИАЛЬНО-ФИЛОСОФСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ
СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ.
Журнал музыки и искусства
,
2
(2).
Internet saytlar:
10.
Library.samdu.uz
11.
Mineconomy.uz
MAKTABGACHA TA‘LIMDA PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING
OʻZIGA XOS JIHATLARI
B. Norbekova
O‗zMU Jizzax filiali ―Psixologiya‖ kafedrasi katta oʻqituvchisi
M. O‘roqboyeva
O‗zMU Jizzax filiali ―Oila psixologiyasi‖ yoʻnalishi talabasi
Annotatsiya:
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etishdagi
ayrim muammolar va ularni bartaraf etish shakllari bayon etilgan.
Tayanch iboralar:
Maktabgacha ta‘lim tashkiloti, bola tarbiyasi, psixologik bilim, psixologik
xatolar, muomala, seminar-trening.
Bolalarni shaxs sifatida kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon natijasida
shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-ona, tarbiyachi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat
tashkilotlari, atrof - muhit, ommaviy axborot vositalari va hokazolar bevosita ta‘sir ko‘rsatadi.
Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh
avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash va uni barcha ta‘lim
muassasalariga tadbiq etish nihoyatda zarurdir. Bugungi kunda jamiyatimiz va hukumatimiz
tomonidan ta‘limning ilk bosqichi bo‘lgan maktabgacha ta‘lim muassasalariga katta e‘tibor berib
kelinmoqda. Maktabgacha ta‘lim bolani har tomonlama kamol topib shakllanishini ta‘minlaydi,
unda o‘qishga bo‘lgan intilish hissini uyg‘otib, muntazam ta‘lim olishga tayyorlaydi.
―Bolaning inson sifatida shakllanishi, avvalo, oilada va maktabgacha ta‘lim
tashkilotidagi sharoit va tarbiya ishlariga bog‘liq. Olimlar va pedagoglar bola tarbiyasi qancha
erta boshlansa, shuncha yaxshi, deb hisoblaydilar‖-deb fikr bildiradi Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev [1].
Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi borasida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
shunday deydi: ―Ko‘p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson o‘z umri
davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda olar ekan
‖[2].
Dostları ilə paylaş: |