Inson nima uchun hammadan kuchli?


Narsalarning insonni tan olishiga yana qanday asoslar keltira olasiz? Asoslaringizni izohlang



Yüklə 109,5 Kb.
səhifə3/9
tarix18.09.2023
ölçüsü109,5 Kb.
#145003
1   2   3   4   5   6   7   8   9
mashq daftari

10. Narsalarning insonni tan olishiga yana qanday asoslar keltira olasiz? Asoslaringizni izohlang.
___________________________________________________________
__________________________________________________________
11. Bo‘rining “olovni o‘chiradi” degan gapini qanday izohlaysiz? Rostdan ham hammavaqt olovni o‘chirish insonning qo‘lidan kela oladimi?
___________________________________________________________
__________________________________________________________
12. Matndagi voqealarni real hayotga bog‘lash mumkin bo‘lgan bitta sababni ko‘rsating.
___________________________________________________________
__________________________________________________________


Sharikning tug‘ilgan kuni
1-qism
Kuz yaqinlashib qolgan edi. Barglar sarg‘ayib, suvlar sovib, chug‘urchuqlar “majlis” o‘tkaza boshlagandi.
Shunday kunlarning birida Sharik:
– Mening tug‘ilgan kunim qachon? – deb qoldi. Hamma o‘ylanib qoldi. To‘g‘ri-da, taqvimda Neftchilar kuni bor, Quruvchilar kuni bor, hatto Qushlar kuni bor, Itlar kuni esa yo‘q.
– Buning nimasini o‘ylaymiz? – dedi Matroskin.
– Sen o‘zing yildagi eng yaxshi kun 30-sentyabr, chunki shu kuni ov mavsumi ochiladi, deganding. Ana shu kun sening tug‘ilgan kuning bo‘la qolsin.
– Ammo ba’zan ov mavsumini bekor ham qilishadi, – dedi Sharik.
– Hechqisi yo‘q, – dedi Matroskin. – Biz sening tug‘ilgan kuningni hech qachon bekor qilmaymiz. – Bugun qaysi sana? – so‘radi Sharik.
Hozir avgust tugayapti, – javob berdi Fyodor amaki (Fyodor amaki aslida bola, lekin juda aqlli va pishiq bo‘lganidan uni shunday chaqirishadi).
Sharik taqvimga qaradi:
– Voybo‘y! Hali qancha kutish kerak ekan!
Ammo boshqa iloji yo‘q Sharik rozi bo‘ldi...
Bu orada sentyabr ham boshlanib qoldi. Fyodor amaki bilan Matroskin sovg‘a haqida o‘ylay boshlashdi.
3-qism
Keyin shunday qila qolishdi – pirog pishirib, ustiga sham o‘rniga suyak qo‘yib chiqishdi. Faqat nechta suyak qo‘yish kerakligini bilishmadi – beshtami, o‘n beshtami...
O‘ylab-o‘ylab, uchta suyak qo‘yishga qaror qilishdi, chunki uch yosh – juda itlarbop yosh!
Dasturxon atrofiga o‘tirishgan ham edi, Fyodor amakining ota-onasi kelib qoldi. – Qadrdonimiz Sharik, tabriklaymiz! Fyodor amakining oyisi zich tishli temir taroq sovg‘a qildi – undan birorta burga qochib qutulolmaydi. Otasi esa uchta medalli bo‘yinbog‘ berdi. Bu medallar unga bobosidan meros edi. Ularda: “Cho‘kayotganlarni qutqargani uchun”, “Baliq xo‘jaligi faxriysiga”, “Traktoreksport”ning 25 yilligiga” deb yozilgan edi... Sharik bu medalli bo‘yinbog‘ bilan faxrlanardi, uni bayramlarda taqardi.
1. Matroskin Sharikka: “30-sentyabrni tug‘ilgan kun qilaver”, deb aytganda dastlab nimani nazarda tutgan edi?
A. Shu kun Sharikning tug‘ilgan kuning bo‘lishini xohlaganligini
B. Shu kuni ov mavsumi ochilganligini
C. Yildagi eng yaxshi kun 30-sentabr ekanligini
D. Sharikning shu kuni tug‘ilganligini
2. Sharikning 30-sentabr tug‘ilgan kuni bo‘lishligiga arzirli e’tirozi nimada edi?
A. Ungacha ancha vaqt borligida
B. Ov mavsumi ba’zan bekor bo‘lib qolishida
C. Avgust oyi endi boshlanayotganligida
D. Sharikning kayfiyati yaxshi emasligida
3. Pirog ustiga uchta suyak qoyilishining asosiy sababini ko‘rsating.
A. Sham o‘rniga suyak qo‘yish kerakligi uchun
B. Nechta suyak qo‘yishni bilishmaganligi uchun
C. Uch yosh – juda itlarbop yosh ekanligi uchun
D. Sharik suyakni yaxshi ko‘rganligi uchun
4. Fyodor amakining Sharikka pul sovg‘a qilish fikridan qaytishiga nima sabab bo‘ldi?
A. Fyodor amakiga ko‘ylak olmoqchi bo‘lganligi uchun
B. Matroskin, sut uchun separator olib bermoqchi bo‘lganligi uchun
C. Sovg‘ani Sharikka emas, o‘zlari uchun olayotgan bo‘lib chiqqani uchun
D. Sharik pulni ishlatishni bilmaganligi uchun
5. Hikoyadagi voqealar ketma-ketligini raqamlar bilan ifodalang. 1 raqami qo‘yilgan.
_______ Otasi esa uchta medalli bo‘yinbog‘ berdi.
___1___ Dasturxon atrofiga o‘tirishgan ham edi.
______ Fyodor amakining oyisi zich tishli temir taroq sovg‘a qildi.
______ Fyodor amakining ota-onasi kelib qoldi.
6. Sharikka berilgan sovg‘alardan eng foydalisini ajratib ko‘rsating? Shu sovg‘ani tasvirlab yozing.
_________________________________________________________
________________________________________________________
7. Sharikning do‘sti bo‘lganingizda unga nima sovg‘a qilardingiz? Bu sovg‘a Sharik uchun foydali tomonlarini yozing.
__________________________________________________________
_________________________________________________________
8. Fyodor amakining oyisi Sharikka zich tishli temir taroq sovg‘a qildi. Natijada Sharik uchun foydali nima hodisa ro‘y berishi mumkin edi?
A. Undan birorta burga qochib qutulolmaydi
B. Ham chi­royli, ham foydali bo‘ladi
C. Fyodor amakining otasi esa uchta medalli bo‘yinbog‘ berdi
D. Uni bayramlarda taqardi
9. Fyodor amaki va oila a’zolarining Sharikka bunchalik mehribonchiligining boisi nimada deb o‘ylaysiz. Fikringizni asoslovchi sabab ko‘rsating.
_________________________________________________________
_______________________________________________________
10. Sharikning oila a’zolari bilan xuddi odamdek gaplashayotganligini qanday tushundingiz. Shunday bo‘lishi mumkin ekanligini asoslab ko‘rsating?
_________________________________________________________
__________________________________________________________
11. Hammaning “Sharikning burgasini eplab bo‘lmay qolibdi” deb o‘ylashini siz qanday tushunganingizni izohlab yozing. Bunday qarash nima uchun Sharikka yoqmaydi deb o‘ylaysiz?
________________________________________________________
__________________________________________________________
12. Sharikning oila-a’zolari bilan do‘stligini asoslovchi uchta dalil keltiring. Keltirgan dalillarni asoslab yozing.
_________________________________________________________



Yüklə 109,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin