Turlicha o‘qish tarziga doir savollar. 2-topshiriq. O‘qib chiqish va qidirib topish (alohida matn)
1
Matndan hayvonlarga oid ma’lumotlarni toping.
Hatto Antarktidaning cheksiz muzliklarida ham hayot qaynaydi. Sohil bo‘ylarida ajoyib qushlar, pingvinlar yashaydi. Qirg‘oq yaqinida kitlar, kashalotlar, delfinlar, tyulenlarning bir necha turi, dengiz fili va dengiz qoplonlari suzib yuradi.
2
Antarktidadagi yashash sharoitini tushuntiring.
Tadqiqotchilar yaxshi isitilgan uychalarda jon saqlashadi. Tashqariga chiqqanda ichidan elektr grelka isitib turadigan kiyim va himoya niqobi kiyib olishadi. Ular niqob ichiga o‘rnatilgan maxsus fi ltr orqali nafas oladi.
3
Sanoat rivojida foydali qazilmalarning o‘rni katta. Ushbu jumlaning matn bilan bog‘liqligini toping.
Olimlarning aniqlashicha, qalinligi ming metrdan baland muz tog‘lari ostida temir, oltin, olmos, rangli metallar, ko‘mir singari foydali qazilmalar ko‘p ekan.
4
Matndan hisob-kitobga asoslangan ma’lumotlarni ko‘rsating.
Hisob-kitoblarga qaraganda, Antarktidadagi barcha muz erib ketsa, dunyo okeanlarining suvi 62 metrga ko‘tariladi. Antarktidada havo juda sovuq, ayrim joylar quyosh nurini deyarli ko‘rmaydi. Qish oylarida o‘rtacha harorat 60 daraja sovuq bo‘ladi.
3-topshiriq. Ko‘p matnli topshiriqlar. Ikki ustundagi ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni toping. Bu topshiriqni bajarishda matn bilan bog‘liq, lekin boshqa matndan olingan parcha, qism taqqoslanishi, ular o‘rtasidagi bog‘liqlik izohlanishi asosida bajariladi.