1
|
Antarktidaga birinchi bo‘lib kim yetib borgan?
|
Antarktidaga birinchi bo‘lib, 1899-yilda norvegiyalik Karsten Borxgrevink qadam qo‘ygan.
|
2
|
Qadimda Antarktida qanday o‘lka bo‘lgandi?
|
Bundan million yillar avval Antarktida issiq o‘lka bo‘lgan. Undagi o‘rmonlarda bahaybat hayvonlar yashagan. Ammo asrlar o‘tib, Antarktida sekin-asta muz saltanatiga aylana boshlaydi.
|
3
|
Antarktida muzliklari ostida qanday boyliklar bor?
|
Olimlarning aniqlashicha, qalinligi ming metrdan baland muz tog‘lari ostida temir, oltin, olmos, rangli metallar, ko‘mir singari foydali qazilmalar ko‘p ekan.
|
4
|
Muz holatidagi ichimlik suvi haqida nimalarni bilib oldingiz?
|
Dunyodagi barcha ichimlik suvining asosiy qismi ham shu muzliklarda jam bo‘lgan. Hisob-kitoblarga qaraganda, Antarktidadagi barcha muz erib ketsa, dunyo okeanlarining suvi 62 metrga ko‘tariladi.
|
5
|
Antarktidaning iqlimi haqida nimalarni o‘rgandingiz?
|
Antarktidada havo juda sovuq, ayrim joylar quyosh nurini deyarli ko‘rmaydi. Qish oylarida o‘rtacha harorat 60 daraja sovuq bo‘ladi. Qit’ada doimiy kuchli shamol, izg‘irin bo‘ronlar kuzatiladi.
|
6
|
Antarktidada tadqiqotchilar qanday yashaydi?
|
Tadqiqotchilar yaxshi isitilgan uychalarda jon saqlashadi. Tashqariga chiqqanda ichidan elektr grelka isitib turadigan kiyim va himoya niqobi kiyib olishadi. Ular niqob ichiga o‘rnatilgan maxsus fi ltr orqali nafas oladi.
|
7
|
Xalqaro shartnomaga ko‘ra, Antarktida qanday hudud?
|
Antarktida hech bir davlatga tegishli emas. Xalqaro shartnomaga ko‘ra, uning hududida harbiy harakatlar o‘tkazish ma’n etilgan. Antarktida tinchlik qit’asidir.
|