Maqsadga qaratilgan harakatlar. Inson hulq-atvorida funktsional jihatdan bog'liq bo'lgan qo'zg'atuvchi va boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson hulq-atvoridagi qo'zg'atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo'llaniladigan tushunchalar orasida motivasiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo'lib hisoblanadi.
"Motivasiya" atamasi "motiv" atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega. "Motivasiya" so'zi hozirgi zamon psixologiyasida hulq-atvorni determinasiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, intilishlar va boshqa ko'pchilik) tizimini belgilovchi va hulqatvor faolligini ma'lum darajada tutib turuvchi, rag'batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikkilangan ma'noda qo'llaniladi. Biz motivasiya tushunchasini
birinchi ma'noda qo'llaymiz. Shunday qilib, motivasiyani inson hulqatvori, uning kelib chiqishi, yo'nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo'lgan sabablar yig'indisi sifatida belgilash mumkin.
Hulq-atvorning paydo bo'lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo'nalganlik va ko'zlangan maqsadga erishilgandan so'ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga moyillik, alohida olingan hulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi tomonlari motivasion jihatdan tushuntirishni talab etadi.
"Nimaga?", "nima uchun?", "nima maqsadda?", "nima evaziga?", "qanday mohiyatga ega?"va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivasiyaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi mumkin. Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang'ich va yakuniy holatlari sifatida sub'ekt hulq-atvorining psixologik xossalari, ikkinchisida – tashqi va faoliyat sharoitlari namoyon bo'ladi. Birinchi vaziyatda motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar va h.k.lar, ikkinchisida esa – yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan rag'batlar haqida so'z yuritiladi. Ba'zan inson hulq-atvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar shaxs dispozisiyalari deb ataladi. U holda muvofiq ravishda dispozision va vaziyatli motivasiyalar haqida hulq-atvorni determinasiyalashning ichki va tashqi analoglari sifatida so'z yuritiladi. Shuning uchun insonning istalgan harakati ikki tomonlama: dispozision va vaziyatli determinasiya sifatida ko'rib o'tiladi.
Dispozisiyalar o'z mohiyatiga ko'ra motivlardir. Motiv motivasiyadan farqli o'laroq, – bu hulq-atvor sub'ektining o'ziga tegishli bo'lgan, uning ma'lum harakatlari amalga oshirishga ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy xossasi. Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan ko'rinishda ko'pchilik dispozisiyalarni ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin.
Mavjud bo'lgan dispozisiyalardan eng muhimi ehtiyojlar tushunchasi hisoblanadi. Ehtiyoj deb, inson yoki hayvonning ma'lum sharoitlarda ularga normal yashash va rivojlanishi uchun etishmovchilik holatiga aytiladi. Ehtiyoj shaxs holati sifatida muntazam ravishda insondagi organizm (shaxs) uchun etishmovchilik bilan bog'liq bo'lgan qoniqmaslik hissi bilan bog'liq
Inson ehtiyojlarining asosiy xususiyatlariga qondirish kuchi, paydo bo'lishining davriyligi va usuli kiradi. Shaxsning ahamiyatli ehtiyoji, uning jisga bog'liq mazmuni, ya'ni, ushbu ehtiyojni qondira oladigan moddiy va ma'naviy madaniyat ob'ektlarining yig'indisidir.
Ehtiyojdan keyingi motivasion ahamiyatga ega bo'lgan tushuncha – bu maqsad. Maqsad deb, faoliyat bilan bog'liq bo'lgan, dolzarb ehtiyoji qondiruvchi bevosita anglanuvchi natijaga aytiladi. Psixologik jihatdan maqsad ongning motivasiyali qo'zg'atuvchi mazmuni, u inson tomonidan faoliyatining bevosita va yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi.
Ko'rib chiqilgan motivasiyali hosilalardan dispozisiyalar (motivlar), ehtiyojlar va maqsadlar inson motivasion sohasining asosiy tashkil etuvchilari bo'lib hisoblanadi.
Shaxsning motivasion sohasini rivojlanganlik nuqtai nazaridan kenglik, egiluvchanlik va ierarxiyalashtirish ko'rsatkichlari bo'yicha baholash mumkin. Motivasion sohaning kengligi deyilganda, darajalarning har birida keltirilgan dispozisiyalar, ehtiyoj va maqsadlar kabi motivasion omillarning sifat jihatidan turli-tumanligi tushuniladi. Odamda turli xil motivlar, ehtiyoj va maqsadlar qanchalik ko'p bo'lsa, uning motivasion sohasi ham shunchalik rivojlangan hisoblanadi.
Motivasion sohaning egiluvchanligi motivasiya jarayonini quyidagicha xarakterlaydi: yuqori darajadagi motivasion maylning qondirilishi uchun quyi darajadagi turli xil motivasion mayllar qanchalik ko'proq qo'llanilgan holatda motivasion soha ham shunchalik darajada egiluvchan bo'ladi. Masalan, bir individ uchun bilim olishga bo'lgan ehtiyoj faqat televidenie, radio va kino hisobiga qondirilsa, boshqasi uchun xuddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi turli kitoblar, davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi holatda motivasion soha egiluvchanroq bo'lib sanaladi.
Ierarxiyalashtirilganlik – bu alohida olingan motivasion sohasidagi har bir tuzilish darajasining xususiyati. Bir xil dispozisiyalar (motivlar, maqsadlar) boshqalaridan kuchliroq bo'lib tez-tez hosil bo'lib turadi; boshqalari kuchsizroq bo'ladi, va kamroq dolzarblashtiriladi. Ma'lum darajadagi motivasion hosilalarningdolzarblashtirish kuchi va chastotasidagi farqlar qanchalik ko'p bo'lsa, motivasion sohaning ierarxiyalanganligi ham shunchalik yuqori bo'ladi.
Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson hulq-atvori qo'zg'atuvchilari sifatida, shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va maqsadlar ham ko'rib chiqiladi. Qiziqish deb, bilish xususiyatiga ega bo'lgan, to'g'ridan-to'g'ri bir xil, ayni damda dolzarb bo'lgan ehtiyoj bilan bog'lanmagan, alohida motivasion holatga aytiladi. Muammo ma'lum maqsadga erishishga yo'naltirilgan harakatni bajarishda organizm engib o'tishi zarur bo'lgan to'siqlarga duch kelganida paydo bo'ladi. Tilaklar va maqsadlar – bu darhol yuz beradigan va ko'pincha bir-birini almashtirib turadigan, harakat bajarish sharoitlarining o'zgarishlariga javob beradigan motivasion sub'ektiv holat.
Inson hulq-atvori motivasiyasi ongli va ongsiz bo'lishi mumkin. Bu inson hulq-atvorini boshqaruvchi ba'zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi.
Shunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo'lishi mumkin. Shaxs yo'nalganligi shakllanishidagi asosiy o'rinni anglangan motivlar egallaydi.
Harakatda motor, sensor va Markaziy tarkibiy qismlarni ajratish mumkin. Ular mos holatda bajarish, nazorat yoki boshqarish vazifalarini bajaradilar. Faoliyat davomida inson tomonidan qo'llaniladigan harakatni bajarish, nazorat va boshqarish uslublari ushbu faoliyatning usullari deb ataladi.