Instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

 
Ikkinchidan, 
ma`lum struktura, tizimosti va elementlarning mavjudligi;
 
Uchinchidan, 
tizimda elementlar o`rtasida aloqa va munosabatlar 
kommunikatsiyasining mavjudligi;
To`rtinchidan, 
tizimning o`zaro aloqadorligi va boshqa tizimlar bilan aloqasi
Beshinchidan, 
boshqa tizimlardan ajratib turish imkoniyat va sifat belgilari. 
23
И.А.Каримов. Ўзбекистон: иqтисодий ислохотларни янада чуqурлаштириш йўлидан. Т., «Ўзбекистон», 
1995. с. 226-227. 


54 
Tizimlarning kelib chiqish bo`yicha barcha rang-barangliklari uch sinfga 
bo`linadi (4.2-rasm): 

tabiiy; 

sun`iy;

aralash tizimlar. 
Bular ham o`z navbatida kichik sinflarga bo`linadi. Barcha sinflar uchun kichik 
sinflar darajasida to`liq emaslik xos, bu tizimlarning etarlicha o`rganilmaganligi 
yoki ular rivojining takomilga etmaganligi bilan bog’liq. Xususan, sun`iy tizimlar 
sinfining to`liq emasligi sun`iy tafakkur tizimining rivojlanishi hali takomiliga 
etmaganligi bilan bog’liqdir. Shuni ta`kidlash joizki, aralash tizimlar quyi sinfining 
zaruriy unsurlari bo`lib tirik organizmlar yoki insonlar hisoblanadi. Masalan, 
ergonomik tizimlarga inson-operator kiradi, biotexnikaviyga - tirik organizmlar, 
tashkiliyga - insonlar jamoasi va h.k. kiradi. 
Tizimiylik 
– moddaning umumiy xossasi, uning mavjud bo`lish shakli, demak, 
tafakkur bilan birgalikda inson amaliyotining ajralmas xossasi.
Tizimiylikning asosiy belgilari quyidagilar hisoblanadi: 

tizimviylikning strukturalanganligi; 

uning tarkibiy qismlarini o`zaro bog’liqligi; 

tashkil etilgan butun tizimning muayyan maqsadga bo`ysunganligi.
Mazkur belgilar insonning ongli va amaliy faoliyatiga mos keladi. Har qanday 
inson faoliyatida muyayyan maqsadni ko`zlaydi. Shu bilan birga har qanday harakat 
yanada maydaroq harakatlarga bo`linadi (strukturalanadi). Bular muayyan 
muntazamlikda, muayyan algoritm bo`yicha amalga oshadi.

Struktura (lot. structūra) 
tushunchasini keng ma`noda elementlar va ular 
o`zaro bog’lanishlari majmui deb ishlatiladi. Struktura- bu sistemaning 
tartiblanganligi, tashkillashganlik darajasidir. 

Tizim strukturasi
- butun sistemaning ichki tashkillanishi, tashkil qilgan 
komponentlarning o`zaro bog’lanishi, ta`sirining o`ziga xos usulidir.

Tizim chegarasini
aniqlash uning modelini ishlab chiqish va tizimviy 
tahlilda muhim vazifa hisoblanadi. Tizim chegarasi hal etilayotgan masalaga bog’liq 
bo`ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin