Hozirgi zamon axborot jamiyati -
bu negizini alohida substantsiya - insonning moddiy va ma`naviy olami bilan o`zaro ta`sirga kirishadigan axborot tashkil etuvchi sivilizatsiyadir. Axborot yangi texnologiyalar, kompyuter dasturlari,
telekommunikatsion protokollar rolini bajarib, hozirgi zamon odamining moddiy
muhitini shakllantiradi, muttasil vujudga kelib, bir odamdan boshqa odamga
o`tishda shaklini o`zgartirib, shaxslar o`rtasidagi munosabatlarning asosiy vositasi
bo`lib xizmat qiladi. Hozirgi zamon jamiyatida axborot oqimlari jamiyat hayotining
barcha sohalarini, uning ma`naviy, ijtimoiy-madaniy hayotini, moddiy hayoti:
iqtisod, moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy boshqarish va hokazolarni qamrab oladi.
Hozirgi zamon O`zbekiston jamiyati o`zining original, ijodiy ishlab chiqilgan
demokratik islohotlarni amalga oshirish va fuqarolik jamiyati qurishning «O`zbek
modeli»ni bosqichma-bosqich amalga oshirish jarayonida axborot tsivilizatsiyasiga
qo`shilar ekan, birinchi Prezidentimiz I. Karimovning quyidagi g’oyasiga
tayanmoqda: «Demokratik jamiyat qurish ijtimoiy hayotning barcha sohalarida
amalga oshirilayotgan islohotlarga o`zining erkinlik, baxt-saodat, farovonlik
haqidagi orzu-umidlarini bog’layotgan ko`p millatli O`zbekiston xalqining
manfaatlariga to`la javob beradi. Biz bu umidlarni oqlashimiz, chinakam erkin
odamlar davlatini qurishga intilishimiz kerak»
23
.
3.Jarayonlarni o`rganishda tizimli tahlil Tizim (qad. yunon.
σύστημα -
sistema ) — muayyan yaxlit tuzilma, birlikdan
iborat, bir-biri bilan qonuniyat asosida boglangan unsurlar (narsalar, hodisalar,
qarashlar, bilimlar va h.k.) majmuidir.
Tizim belgilari: Birinchidan, yaxlitlik mavjudlikning umumiy sharti;