Instituti


Mazkur tizimlarning afzal jihatlari shundaki, ular



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Mazkur tizimlarning afzal jihatlari shundaki, ular: 
─ 
Tizim va uning qismlari uchun kim javobgarligi; 
─ 
ijtimoiy boshqaruv ob`ekti sifatida tizimning xususiyatlari, uning tarkibiga 
qanday kichik tizimlar kirishi
─ 
mazkur tizimni boshqarishning yakuniy yoki oraliq natijasiga qachon 
erishilishi; 
─ 
muammo va uning istalgan qismi qanday, qaysi usulda hal qilinishi; 
─ 
natijaga qaerda erilishili; 
─ 
natijaga erishish uchun qancha kuch va vositalar talab etilishi haqida 
istalgan payt axborot olish imkonini beradi. 
Boshqaruv axborot tizimlari boshlang’ich axborot asosida yangi axborot 
olishda amalga oshiriladigan operatsiyalar, metodlar, protseduralar, yondashuvlar 
majmuidan tashkil topadi; bu boshqaruv uchun zarur axborotlar majmuidir; bu 
ma`lumotlarni qayta ishlaydigan vositalar va xizmatchilar majmuidir. 
Inson, uning ijtimoiy jarayonlarni boshqarish vazifalarini hal qilishga 
yo`naltirilgan ijodi, irodasi, mehnati axborot tizimining negizini tashkil etadi.
Insonning mehnat va ijod predmeti - axborotga, komp’yuter va boshqa texnika 
vositalaridan foydalanib, axborotni qaror qabul qilish va samarali boshqarish uchun 
zarur shaklga solishga yo`naltirilgan maqsadga muvofiq, ijodiy mehnati axborot 
tizimining mohiyatidir. 
Axborot tizimining bosh vazifasi boshlang’ich ma`lumotlar bazasi asosida 
qarorlar qabul qilishning negizi bo`lib xizmat qiladigan ijtimoiy muhim, qimmatli 
axborotni olishdan iborat. Boshlang’ich axborotni samarali, maqbul boshqarishni 
ta`minlash uchun axborot tizimini ishga solish vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Axborot tizimi axborotni to`playdi, qayd etadi, qayta ishlaydi va saralaydi. U 
yuklangan dasturga muvofiq hisob-kitoblarni amalga oshiradi, boshqarilayotgan 
tizimda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan turli vaziyatlarni baholaydi, ma`lumotlarni 
taqqoslaydi, talqin qiladi, ularni interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya qiladi.
Axborotni integratsiya qilish - axborot tizimining yana bir vazifasidir. 
Integratsiyaning mohiyati axborotdan kompleks, har tomonlama foydalanish, imkon 


53 
qadar ko`p vazifalarni hal qilish uchun maksimum qimmatli axborot olishdadir. 
Axborot tizimi minimum birlamchi, boshlang’ich axborotdan qarorlar qabul qilish, 
jarayonlarni oqilona boshqarish uchun maksimum ikkilamchi, hosila, sintez qilingan 
axborot olish imkonini beradi. Integratsiyaning maqsadi - axborotni tizimning 
samarali ishlashi va rivojlanishini ta`minlaydigan boshqaruvni amalga oshirish 
imkonini beruvchi hajm, assortiment va shakllarda taqdim etishdan iborat.
Hozirgi zamon axborot jamiyatida axborot global va mintaqaviy, sohaviy va 
shu kabi ma`lumotlar banklarida ijtimoiy borliqning barcha sohalarida 
integratsiyalashadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin