Instituti


U yoki bu menejerning ish hajmi va xususiyatiga qarab, axborot



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

U yoki bu menejerning ish hajmi va xususiyatiga qarab, axborot 
tizimlarining quyidagi turlari tafovut etiladi: 
1) Ma`lumotlarni qayta ishlash xizmati; 2) Axborot markazi; 3) Mashinada 
hisoblash stantsiyasi; 4) Avtomatlashtirilgan axborot boshqaruv tizimi (AABT). 
AABT
- axborot tarmoqlarining oliy, eng samarali shakli, ijtimoiy boshqaruv 
jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish bo`lib, u axborot jarayonlarini tubdan 
o`zgartiradi, ularning oqimini bir tomondan mavjud boshqaruv vositalariga, ikkinchi 
tomondan esa - boshqariluvchi tizimda sodir bo`layotgan jarayonlar bilan 
muvofiqlashtiradi. Tizimning holati, uning normal faoliyatidagi nosozliklar haqida 


52 
axborot tizimga avtomatik ta`sir ko`rsatadi, tizimning belgilangan maqsad sari 
muvofiq ravishda harakat qilishini ta`minlaydi. Inson - boshqaruvchi, operator
menejerning vazifasi bu holda qarorlarni tanlash va qabul qilish, dasturlar ishlab 
chiqish, butun tizimning hamda uning barcha bo`g’inlari va kichik tizimlarining 
normal ishlashini nazorat qilishdan iborat. Ishlab chiqiladigan dasturlar tizimning 
ish rejimini maqbullashtirish va tizimni o`zgarayotgan tashqi sharoitlarga 
moslashtirish, muqarrar sarf-xarajatlar va salbiy omillarni minimallashtirish 
imkonini berishi kerak. Bu erda axborotni qayta ishlash, tizimning holati haqida 
haqqoniy ma`lumotlar olish avtomatlashtiriladi va komp’yuterlashtiriladi. Qayta 
ishlangan axborotdan AABTning barcha bo`g’inlari o`z funktsiyalarini amalga 
oshirish uchun zarur bo`lgan hajmda foydalanadi. Axborotlashtirish va 
avtomatlashtirish 
tizimning 
barcha bo`g’inlariga, boshqaruvning barcha 
jarayonlariga kirib boradi. Mohiyat e`tibori bilan bu erda boshqaruv, menejment 
uchun zarur axborotni tizimli tayyorlash va bunday axborotdan foydalanish haqida 
gap borayotir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin