Instituti


o`tgan asrning 60 yillaridan loyihalash jarayonlarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

o`tgan asrning 60 yillaridan loyihalash jarayonlarini 
avtomatlashtirish davri boshlandi
hamda quyidagi muhim afzalliklarni o`zida 
mujassamlashtirdi: 
-
loyihalashning matematik modellashtirish, optimallashtirish, qarorlar 
qabul qilish usullari kabi printsipial yangi usullarni amalda qo`llash imkoniyati; 
-
loyihalanayotgan ob`ektni nisbatan aniq va murakkab modellaridan 
foydalanish; 
-
loyiha qarorlarining ko`p sonli variantlarini tahlil qilish imkoniyati; 
-
loyiha hujjatlarini shakllantirishda va hisob-kitoblarda xatolarni bartaraf 
etish; 
-
Loyihachilar mehnati samaradorligini bir necha bor oshirib, loyiha 
sifatini yaxshilash; 
Natijada loyihachilarning mehnati yana ancha ijodiy tus oldi. Loyihalashning usul 
va vositalari o`z navbatida loyihalash nazariyasini rivojlanish holatiga jiddiy ta`sir 
ko`rsatdi. 
Elektr tizimlariga joriy etilishiga qarab, loyihalash nazariyasi quyidagicha 
rivojlandi. 
Qo`lda loyihalash davrida asosiy e`tibor elektrofizik va elektroenergetik 
jarayonlarni matematik ifodalash va shunga mos hisob-kitob usullarini yaratishga 
qaratildi. Bu davrda dispetcherlik boshqaruvi, maksimal quvvatni uzatish, rezonans 
hodisalari, chastota va kuchlanishni avtomatik boshqarish, o`rnatish va o`tish 
jarayonlari masalalari, ularning hisob-kitobi usullari shakllantirildi. Nazariy baza 
sifatida elektr zanjirlari, tebranish, barqarorlik va boshqa mumtoz nazariyalardan 
foydalanildi. Muhandislik amaliyoti uchun hisob-kitob usullarini soddalashtirib, 
qulayligini oshirish maqsadida loyihalash tizimini bir qatorlashtirish, ekvivalent 
o`zgartirish, almashtirish sxemalaridan keng foydalanildi. 
Shunday qilib yaratilgan elektr tizimi nazariyasi loyihalash davrida asosan berilgan 
tizimning funktsional jarayonlarini tahlil qilish uchun qo`llanildi. Tizimdagi loyiha 
varianti topshirig’ining o`zi loyihachi tomonidan hayotiy tajriba va ichki his tuyg’u 
asosida xato va sinovlar usulida amalga oshirilardi. Ammo o`tgan asrning 50-60 
yillaridagi loyihalashga bunday yondoshuv jamiyatdagi ilmiy texnik taraqqiyot 
talablarini qondira olmay qoldi. 


119 
Ikkinchi jahon urushi elektrotexnik tizimni integratsiyalashuvi yo`nalishiga
nochiziqli elementlarning katta sinfini qo`shish uchun katta turtki bo`ldi. Murakkab 
energetik va axborot tizimilarini endi qo`lda loyihalash usulida talab darajasida
loyihalash uchun imkoniyat bo`lmay qoldi. Loyihalash nazariyasi darajasi va xalq 
xo`jaligi talablari orasidagi bu ziddiyatni hisoblash texnikasini rivojlantirish 
hisobiga bartaraf etilib, shu davrdan boshlab loyihalash jarayonlarini 
avtomatlashtirishga poydevor qo`yildi. Avval elektron hisoblash mashinalarida
loyihalashning hisob-kitoblarining sodda algoritmini yaratish odat tusiga kirdi. 
Keyinchalik differentsial tenglamalar va nochiziqli bog’lanishlarni EHMda 
hisoblashning sonli usullari jadal rivojlantirildi. Natijada hatto EHMlarning birinchi 
avlodi bilan loyihalash hisoblarini bajarish hisobiga mehnat samaradorligi keskin 
oshdi. Lekin EHMlarning loyiha variantlarini katta miqdorini ko`ra olish 
imkoniyatiga ega loyihachilar loyiha variantlarini etkazib berish uchun jismonan 
ulgura olmadilar. Bu ziddiyat esa ikkinchi avlod EHMlarini yaratish, loyiha 
qarorlarini qabul qilishda kibernetik usullarni rivojlantirish hisobiga bartaraf etildi. 
EHMlarning xotira hajmini va tezkorligini oshishi loyihalashda optimallash 
masalalarini echish imkonini yaratdi. Loyihalash davri qisqarib uning sifati 
yaxshilandi. 
Elektron hisoblash mashinalarining mashina grafikasi va boshqa uskunalar 
vositalariga ega bo`lgan uchinchi avlodini yaratilishi loyihalash jarayonlarida 
nafaqat hisob-kitob ishlarini, balki loyihalashning konstruktorli texnologik 
bosqichini ham avtomatlashtirish uchun imkoniyat yaratdi. Har xil sohalardagi 
loyihachilar (hisobchilar, konstruktorlar, texnologlar) mehnatini bir jamoaga 
birlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy texnik vositalarini yaratish keskin 
rivojlandi. Hisoblash texnikasi uchun dasturlashtirish umumlashtirilib, undan
foydalanishda maxsus bilimni talab etmaydigan holga keltirildi. 
Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlarini yaratish usuli bilan 
loyihalashning hamma jarayonlarini konveyer holda avtomatlashtirish muammosi 
bugungi kunda dolzarb bo`lib qolmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin