124
aynan kontseptual loyiha bilan bir xil bo`lmaydi, chunki undan kam ahamiyatli
detallar olib tashlanib, o`lchamini kichraytirish yo`li bilan yaratiladi.
Zaruriy abstraktsiya darajasi tahlil turi hamda echimning qanoatlantiruvchi
parametrlarning aniqligiga bog’liq bo`ladi. Demak, abstraktsiyalash jarayonini
avtomatlashtirish ancha murakkab, shuning uchun analitik modellar alohida
yaratiladi.
Aslida abstrak model ishchi chizmalarni ishlab chiqish tizimida yoki geometrik
modellashtirish tizimida, ba`zida esa qurilgan analitik paket vositalari yordamida
yaratiladi. Analitik paketlarga kompyuterda ishlov berish qulay bo`lishi uchun
o`rganilayotgan ob`ekt strukturasini alohida-alohida qismlarga bo`lib, o`zaro
bog’liq turlar ko`rinishida bo`lishi talab etiladi.
Agar analitik paket mahsulot turini avtomatik ravishda yaratsa, u holda loyihachiga
faqat abstrakt ob`ekt chegaralarini belgilash qoladi. Aks holda mahsulot turi ham
loyihachi tomonidan yoki interaktiv rejimda, yoki avtomatik ravishda ammo boshqa
dasturda yaratiladi.
Mahsulot turini yaratish jarayoni yakuniy elementlar usulida
modellashtirish deb ataladi.
Bu usulda modellashtirish o`z ichiga chegaraviy
shartlar va tashqi yuklamalar masalalarini ham oladi.
Analiz kichik jarayoni qandaydir parametrlar bo`yicha loyihani optimallashtirish
bosqichida bajarilishi mumkin. Optimal qarorlarni izlashning ko`plab algoritmlari
ishlab chiqilgan bo`lib, ular asosida hammabop tijorat dasturlar qurilgan.
Optimallash protsedurasi
loyihani avtomatlashtirilgan tizimining bir komponenti
hisoblanadi, bu protsedurani alohida qarab chiqish maqsadga muvofiq.
Loyihani baholash bosqichi ham kompyuterlashtirishdan ko`p narsa yutadi. Agar
loyihani baholash uchun prototip lozim bo`lsa, biz berilgan loyiha bo`yicha tez
prototiplovchi mashina uchun kodlarni ishlab chiquvchi dasturlar yordamida
loyihadagi mahsulotni juda tez konstruktsiyalashimiz mumkin.
Bunday paketlar
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (CAM) dasturi hisoblanadi.
Prototip shakli
kirish ma`lumotlari to`plamidan oldin aniqlanishi lozim. Formani, ya`ni shaklni
belgilovchi ma`lumotlar geometrik modellashtirish natijasida olinadi.
Jadal prototiplash –prototiplarni konstruktsiyalashning qulay usuli bo`lsada, virtaual
prototipdan foydalanish ancha qulay hamda u foydali ma`lumotlar olish imkonini
beruvchi “raqamli nusxalar” deb ataladi.
Ishlab chiqish jarayonining oxirgi bosqichi – loyihaviy hujjatlarni tayyorlash. Bu
bosqichda ishchi chizmalarni tayyorlash tizimini qo`llash o`ta foydalidir.
Kompyuter texnologiyasi zamonaviy ishlab chiqarish bosqichida keng
qo`llanilmoqda. Ishlab chiqarish bosqichi o`z ichiga ishlab chiqarishni rejalashtirish,
yangi uskunalarni loyihalash va sotib olish, materiallarga buyurtma berish,
mashinalarni dasturiy boshqaruvini dasturlash sifatini nazorat qilish hamda
qadoqlashni oladi.
Bu operatsiyalarda qo`llaniladigan kompyuterlar tizimini
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimi deb klassifikatsiyalash mumkin.
Qayd
etib o`tganimizdek, ishlab chiqarishni tayyorlashda avtomatlashtirish o`ta murakkab
bo`lgani uchun to`liq avtomatlashgan texnologik tayyorlash tizimi mavjud emas.
Dostları ilə paylaş: