Iqlimlashtirilgan dorivor o’simliklardan xalq tabobatida foydalanish Rozmarin va tog’ jambildan foydalanish usullari



Yüklə 105,39 Kb.
səhifə20/23
tarix23.06.2023
ölçüsü105,39 Kb.
#134723
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Dorivor amaliy qismi (0)

Ishlatilishi. Na’matak turlarining mevasi turli vitaminlar saqlovchi polivitaminli mevalarga kiradi. Yuqori vitaminli turlari (Roza beggeriana Schrenk. va Rosa fedtschenkoana Rgl.) avitaminoz kasalliklarini davolash va ularning oldini olish uchun qo’llaniladi. Urug’idan olinadigan moyi va mevasining yumshoq qismidan tayyorlangan moyli ekstrakti — karatolin kuyganni, tropik yaralarni, ekzema, teri kasalliklarini, yarali kolit va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Na’matak turlarining bao’zilaridan vitaminli kontsentratlar, sharbat tayyorlanadi, vitamin C (askorbin kislota) olinadi, quruq mevasidan tabletka tayyorlanadi. Bu dorilar avitaminoz kasalligini davolashda va uning oldini olishda ishlatiladi. Askorbin kislota ko’pgina kompleks preparatlar tarkibiga kiradi.
Vitamin C kamroq bo’ladigan Na’matak turlaridan itburun nao’matagi (mevasi tarkibida 0,2-2,2% gacha vitamin C bo’ladi, xolos) mevasidan tayyorlangan xolosas preparati jigar kasalliklarini (xoletsistit, gepatit va boshqalarni) davolash uchun ishlatiladi.
Na’matak turlarining mevasidan tayyorlangan damlama va qaynatmalar xalq tabobatida meo’da-ichak kasalliklarini (ich ketishi, qon aralash ich ketish, ichakning yuqumli kasalliklarini) davolash uchun hamda bachadondan qon oqishini to’xtatuvchi, isitma tushiruvchi, o’t va siydik haydovchi vosita sifatida qo’llaniladi. Bu dori turlari bilan ogo’iz bo’shligo’i kasalliklarida (milk yalligo’lanishi va undan qon oqishi) ogo’iz chayqaladi.
Na’matak mevasi organizmni quvvatlantirish, modda almashinuvini yaxshilash, soxta mevalari ichidagi haqiqiy mevalari — yongo’oqchalari buyrak va siydik yo’llari kasalliklarida siydik haydash uchun ishlatiladi. O’simlik ildizidan tayyorlangan damlama va qaynatma xalq orasida meo’da va jigar kasalliklariga, bargining kukuni esa yaralarga davo qilinadi.
Na’matak turlari mevasidan oziq-ovqat sanoatida vitaminga boy kontsentratlar, konfetlar va boshqa qandolat mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladi.


Ishning bajarilishi:
Na’matakdan qaynatma tayyorlash uchun uning mevalarining yumshoq qismi havonchaga solinadi va maydalanadi. Maydalangan mevasidan bir osh qoshiq idishga solinadi va ustiga 400 ml suv solib, 10 minut qaynatiladi va 1 kun qo’yib qo’yiladi. Keyin dokadan suzib olinadi va shakar qo’shiladi.
Aloydan suyuq ekstrakt olishda konservalangan bargini qiymalab, suvga solib qo’yiladi. Suyuq ekstrakt, asosan, dorixonalarda tayyorlanadi va sotuvga chiqariladi.
Na’matakning pishib yetilgan mevasidan 2 osh qoshiq olinadi va 400 ml qaynagan solib, 10-15 minut qaynatiladi. Sovigach, dokada suzib olinadi.



Yüklə 105,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin