Iqlimlashtirilgan dorivor o’simliklardan xalq tabobatida foydalanish Rozmarin va tog’ jambildan foydalanish usullari



Yüklə 105,39 Kb.
səhifə21/23
tarix23.06.2023
ölçüsü105,39 Kb.
#134723
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Dorivor amaliy qismi (0)

13-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Kiyiko’t va yalpizdan foydalanish usullari


Dars maqsadi: Talabalarning kiyiko’t va yalpizning dorivorlik xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarini boyitish, ulardan to’g’ri foydalanish usullarini o’rgatish, amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.
Umumiy ma’lumot: Kiyiko’t (Ziziphora pedicellata) labguldoshlar (Labiatae) oilasiga mansub, bo’yi 16-40 sm bo’ladigan ko’p yillik o’t o’simlik. Poyasi sershox. Barglari navbatma-navbat joylashgan, murakkab, oq patsimon, 1-14 juft nashtarsimon bargchalardan tashkil topgan. To’pgullari sariq rangli, 10-20 ta guldan iborat boshchasimon go’uj shingildir. Mevasi tukli, tuxumsimon dukkak. May-iyun oylarida gullaydi, mevasi iyulda yetiladi.
Geografik tarqalishi.
Kiyiko’t O’rta Osiyo, Ukraina, Kavkaz va Rossiyaning Yevropa qismida ochiq joylarda, dashtlarda tepaliklar va dalalardi, o’rmon chetlarida o’sadi. Chorva mollari boqiladigan yerlardan tezda yo’qolib ketadi.
Kimyoviy tarkibi. Kiyiko’tda triterpen glikozidlar, flavonoidlar, oshlovchi moddalar, kumarinlar bilan oksikumarinlar, aminokislotalar, vitaminlar, jumladan, tokoferol bor. Kiyiko’t selen to’plab boradigan o’simliklar qatoriga kiradi. Bu o’simlikda har xil mikro- va makroelementlar (kaltsiy, kremniy, alyuminiy, temir, magniy, kobalt, rux, mis, marganets, molibden, xrom) bor.
Ishlatilishi. Kiyiko’tning yelimi tarkibida ko’zga davo bo’ladigan dorilar bor. U issiq yo’talni yumshatish xususiyatiga ega, o’pka yaralaridan keladigan zararni kamaytiradi va ovozni yaxshilaydi.
Xitoy tabobatida ildizidan tayyorlangan tinktura yoki kukun turli meo’da-ichak kasalliklarigan qarshi, shuningdek, siydik haydaydigan va terlatadigan dorisifatida qo’llaniladi. Uni diabetda, furunkulyoz, piodermiyada boshqa dorivor o’simliklar bilan birgalikda ishlatish buyuriladi. Kiyiko’tning ildizidan tayyorlangan ekstrakt infektsiya tushgan jarohatlarga, yaralarga qo’yish uchun ishlatiladi.
Zamonaviy tibbiyotda kiyiko’tdan tayyorlangan damlama va qaynatmalar (10% li) gipertoniya kasalligi, stenokardiya, qon aylanishining yetishmovchiligi, o’tkir glomeruloneftritlar, buyrak-tomirlar kasalligida, shuningdek, diabet, stomatit, paradontozda, furunkulyoz va boshqa teri kasalliklarida ishlatiladi.
20% li damlamasi aritmiyalar (taxikardiya, ekstrosistoliya) bilan o’tayotgan yurak-tomirlar yetishmovchiligida, shuningdek, nevrasteniyada foyda beradi.
Kiyiko’tning galen preparatlari (damlama va qaynatma) qon bosimini pasaytiradigan, yurakka quvvat beradigan tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Bu preparatlar yurak toj tomirlarini kengaytiradi, buyrakda qon aylanishini kuchaytiradi va siydik ajralishini ko’paytiradi.
Qo’llaniladigan qismi. O’simlikning yer ustki qismlari va ildizi.
Yalpiz (Mentha) labguldoshlar (Labiatae) oilasiga mansub, Bo’yi – 30 sm dan 100 smgacha boradigan ko’p yillik o’tsimon o’simlik. O’ziga xos o’tkir hidi bor, barglari chaynab ko’rilganida og’izna sovutib qo’ygandek bo’lib tuyuladi. Ildizpoyasi sershox, er tagida yon tomonga qarab ketgan shoxlar chiqaradi. Ildizlari ingichka, popuk ildiz, ildizpoyasining bo’g’imlaridan chiqadi. Poyalari eng tagidan boshlab kuchli shoxlanadi, yalango’och yoki siyrak kalta tukli bo’ladi. Barglari kalta bandli, cho’zinchoq – tuxumsimon shaklda, chetlari tishli, uzunligi 8 sm va eng 2 sm gacha boradi. Gullari pushti va och binafsha rangda, mayda – mayda bo’lib, to’pgullar hosil qiladi. Mevalari – to’rt qo’shaloq yongo’oqcha.
Iyun – avgustda gullaydi, sentabr – oktabrda mevalari etiladi.
Geografik tarqalishi. Yalpiz Ukraina, Belorus, Moldava, Shimoliy Kavkaz, Tojikistonda ko’p ekiladi. Osiyo yalpizi O’rta Osiyodagi hamma respublikalarda keng tarqalgan.
Kimyoviy tarkibi. Yalpiz barglarida anchagina efir moylari, jumladan mentol, shuningdek dipeptan, fellandren, sineol, pulegon, mentofuran, mentol bilan sirka va valerianat kislota efirlari, karotin, gesperidin, betain, urosolat va oleonat kislotalar bor. Barglaridan flavonoidlar ham topilgan.
Osiyo yalpizida efir moylaridan tashqari oshlovchi moddalar, vitamin C, katexinlar ham topilgan. Yalpizning tarkibida efir moyi va timol moddasini olish uchun maxsus ekib o’stiriladi. Bundan tashqari uning tarkibida simol, borleol, pinin, karvakrol, oz miqdorda oshlovchi moddalar va flavanoidlar ham borligi aniqlangan.
Ishlatilishi. Yalpiz bargi preparatlari, efir moyidan tayyorlangan yalpiz suvi, nastoykasi ko’ngil aynishiga va qusishga qarshi hamda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashda ishlatiladi. Bundan tashqari, yalpiz suvi og’iz chayqash va miksturalar tao’mini yaxshilash uchun qo’llaniladi. Efir moyidan ajratib olingan mentol quloq, burun, nafas yo’llari kasalliklarida hamda tish ogo’rig’ini qoldirish uchun ishlatiladi. Mentoldan bosh ogo’rig’ini qoldiradigan migren qalami tayyorlanadi. Mentol preparati — validol, ko’krak qisish (stenokardiya) kasalligida ishlatiladi. Yalpiz - xalq tabobatida yuqori nafas yo’llarining o’tkir va surunkali kasalliklarida ko’p ishlatiladi. Galen preparatlari tinchlantiruvchi, o’t va siydik haydovchi, yalligo’lanishga qarshi, og’riq qoldiradigan, antiseptik, terlatadigan, el haydaydigan, ich surishini to’xtatadigan xossalarga ega.
Ibn Sino fikriga qaraganda, bosh ogo’rig’i, ko’ngil aynishi va qayt qilish vaqtida, hiqichoq tutganida, sariq kasalligi, yurak va hazm organlari ishi buzilganida yalpiz naf beradi. Yalpiz urug’i issiqlik bo’lib, tananing ichkarisidagi shiralarni tortib oladi va shu tariqa odamni terlatadi. Yalpiz urug’ini may (sharob) ga solib qaynatib yoki anjir bilan qo’shib ichilsa, balg’am ancha yumshaydi, lat egan joylarga bog’lam qilib qo’yilsa, qontalashlarni yo’qotadi.
Odam eti uvishib, qaltiraganida, uni chayon chaqib olganida, muskullari lat eganida yalpiz qaynatmasini ichish buyuriladi. Undan vanna qilish uchun ham foydalaniladi.
Yalpiz preparatlari kapillyarlarda qon aylanishi va ichak harakatini, hazm bezlari ishini kuchaytiradi, o’t va siydik ajralishini ko’paytiradi. Yalpiz barglarida mentol bo’lganligidan, u mikroblarga qarshi ta’sirni ham namoyon qiladi.
Qo’llaniladigan qismi. O’simlikning barglari va to’pgullari.

Yüklə 105,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin