Iqlimlashtirilgan dorivor o’simliklardan xalq tabobatida foydalanish Rozmarin va tog’ jambildan foydalanish usullari



Yüklə 105,39 Kb.
səhifə2/23
tarix23.06.2023
ölçüsü105,39 Kb.
#134723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Dorivor amaliy qismi (0)

Tog’ jambili (Thymus vulgaris) labguldoshlar (Labiatae) oilasiga mansub, ko’p yillik xushbo’y o’simlik bo’lib, bo’yi 40–60 sm ga etadigan yarimbuta. Asosiy ildizi pastga qarab burama hosil qilib o’rnashgan. Poyasi tik o’suvchi, yuqori qismidan shoxlanadigan, pastki qismi yogo’ochlangan shoxlari sertuk va to’rt qirrali. Barglari mayda, qisqa bandi bilan poyada qarama-qarshi joylashgan, etli, uzunligi 5-10 mm, eni 2-3 mm keladi. Tuxumsimon shaklda. Gullari mayda, och pushti yoki oqish binafsha, ikki labli. Gullari shingilsimon to’pgulda to’planadi. Avgust-sentabr oylarida meva hosil qilib, urug’ beradi.
Geografik tarqalishi.Tog’ jambilning vatani O’rtaer dengizining shimoliy-G’arbiy qismi hisoblanadi. Krasnodar o’lkasi, Qrimda, Ukrainaning janubiy tumanlarida, Moldaviyada tog’ jambilini efir moyi olish uchun yetishtiriladi.
Kimyoviy tarkibi. Tog’ jamibilning tarkibida efir moyi va timol moddasini olish uchun maxsus ekib o’stiriladi. Bundan tashqari uning tarkibida simol, borleol, pinin, karvakrol, oz miqdorda oshlovchi moddalar va flavanoidlar ham borligi aniqlangan. Bundan tashqari tog’ jambilida azotli moddalar, qand, kletchatka, mineral moddalar bor.
Ishlatilishi. Tog’ jambilidan tabobatda dizenfeksiyalovchi, og’riq qoldiruvchi, balg’am ko’chiruvchi, gijjaga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Quyuq ekstraktlaridan esa tomoq va bronxlar, oshqozon-ichak kasalliklarida, uyqusizlik, bo’g’im kasalliklari, asab va teri kasalliklarida, hamda stamologik muammolarda ishlatiladi. Bu o’simlik spirtli ichimliklarga moyillikni kamaytirib, alkogolizmni davolashda qo’llaniladi. Radikulit, revmatizm va moddalar almashinuvining buzilishi bilan bog’liq kasalliklarda tog’ jambili o’simligidan vanna qilish yo’li bilan davolanish tavsiya etiladi. Bolalar tajribasida esa uyqusizlik, toshma toshishi, teri kasalliklari, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi kabi kasalliklarda ham foydalaniladi. Teri kasalliklarida jambildan tayyorlangan suyuklikka dokani namlab terining xastalangan qismiga bog’lanadi.
Xalq tabobatida tog’ jambil siydik va ter haydovchi, ishtaha ochuvchi omil sifatida, yo’tal va tumovga qarshi, dizenteriya, meo’da xastaliklarida, bosh ogo’rig’i, ichak faoliyatining buzilishida tavsiya etiladi. Qaynatmani sovutilgan holda ovqatdan oldin, kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi. Stomatitda og’iz bo’shlig’i to’liqligicha jambil qaynatmasi bilan chayqaladi. Tog’ jambilining quyuq ekstrakti “Pertussin” tarkibida bo’lib, yo’talni yumshatish, bronxit, yuqori nafas yo’llari kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Qo’llaniladigan qismi. O’simlikning yer ustki qismlari.

Yüklə 105,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin