Ishning borishi:
1-amaliy ish: Kanakunjut moyi tibbiyotda eng yaxshi surgi dori sifatida ishlatiladi, shuningdek, ginekologiyada hamda ko’z kasalliklari, yaralar, tananing kuygan yerini, leyshmanioz va boshqa teri kasalliklarini davolashda qo’llaniladi. Kanakunjut moyi soch o’sishiga yordam beradi. Kanakunjut moyi past bosimda, 240-300°C issiqlikda qizdirilsa, tarkibidagi ritsinol kislota parchalanib, geptaldegid etantol va undetsilen kislota hosil qiladi. Hosil bo’lgan undetsilen kislota fungitsid (parazit zamburug’larni o’ldiradigan) xossaga ega bo’lganidan teri kasalliklari — dermatozlar hamda psoriaz kasalliklarini davolashda qo’llaniladi.
2-amaliy ish: Po’sti olib tashlangan chuchuk bodom urug’idan tayyorlangan emulsiya me’da va ichak og’riqlarini qoldirish uchun, bodom moyi esa ich yumshatuvchi dori sifatida qo’llaniladi. Farmatsevtikada bodom moyi ba’zi dorilar (kamfora va boshqalar) ni eritish hamda surtma tayyorlash uchun ishlatiladi. Achchiq bodom urug’i kunjarasidan olingan achchiq bodom suvi og’riq qoldirish uchun va tinchlantiradigan dori sifatida qo’llaniladi. Shirin bodom oziq-ovqat sanoatida va parfyumeriyada ishlatiladi.
6-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Tarkibida efir moylar bo’lgan dorivor o’simliklar
Dars maqsadi: Talabalarning tarkibida efir moylar bo’lgan dorivor o’simliklar (kiyiko’t, yalpiz, limono’t, tog’rayhon, marmarak, qora zira, oddiy tog’jambil, qarago’ay (kurtagi), archa (qubbasi) va b.) to’g’risidagi bilimlarini boyitish, ulardan to’g’ri foydalanish usullarini o’rgatish, amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.
Umumiy ma’lumot: Dorivor limono’t (Melissa Officinalis) yasnotkadoshlar Lamiaceae (labguldoshlar — Labiatae) oilasiga kiradi. Ko’p yillik, sertukli, 30—60 sm balandlikdagi o’t o’simlik. Poyasi bitta yoki ko’p, qarama-qarshi shoxlangan. Barglari tuxumsimon, bir oz o’tkir uchli, ser tukli (ustki tomonidan), arrasimon qirrali bo’lib, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida qarama-qarshi o’rnashgan. Oq rangli, tukli, ikki labli gullari gul bandi bilan barg qo’ltig’iga joylashib, to’p gulni hosil qiladi. Mevasi — 4 ta yongo’oqcha.
Iyun-avgustda gullaydi, mevasi iyul-avgustda yetiladi.
Geografik tarqalishi. O’rta Osiyo, Qrim, Kavkaz, Rossiyaning Yevropa qismining janubida va boshqa davlatlarda daraxt soyalarida, tog’li tumanlarda toshlar soyasida va boshqa soya yerlarda o’sadi. O’zbekistonning Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi.
Kimyoviy tarkibi. Yer ustki qismi tarkibida 0,01—0,33% efir moyi, S vitamini, karotin, fenilkarbon kislotalar (kofe, xlorogen, rozmarin, ferul, protokatex va boshqalar), triterpenlar, flavonoidlar (lyuteolin-7-glikozid va boshqalar), 5—10% oshlovchi va boshqa moddalar, urug’ida 20—27% yogo’ bor.
Limono’tning efir moyi geraniol, linalool, nerol, farnezol va ularni sirka kislotasi bilan birikmasi, limonen, pulegol, geranial, neral va boshqa terpenlardan tashkil topgan.
Dorivor preparatlari. Damlama.
Dostları ilə paylaş: |