Iqlimlashtirilgan dorivor o’simliklardan xalq tabobatida foydalanish Rozmarin va tog’ jambildan foydalanish usullari



Yüklə 105,39 Kb.
səhifə5/23
tarix23.06.2023
ölçüsü105,39 Kb.
#134723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Dorivor amaliy qismi (0)

O’rta zubturumPlantago media L. O’simligi bargining har ikki tomoni tukli va bandi kalta bo’ladi.
Lansetsimon zubturumPlantago lanceolata L. O’simligining bargi lansetsimon bo’lib, uzunligi 15 sm, eni — 2—2,5 sm.
Zig’ir (linum usitatissmum) zig’irdoshlar Linaceae oilasiga kiradi. Bir yillik o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, ingichka, silindrsimon, yuqori qismi shoxlagan. Bargi lansetsimon yoki chiziqsimon, o’tkir uchli, tekis qirrali bo’lib, poyada ketma-ket, bandsiz o’rnashgan. Gullar poya va shoxlari uchida bo’ladi. Kosacha bargi, toj bargi hamda changchisi (otaligi) beshtadan, onalik tuguni esa besh xonali, yuqoriga joylashgan. Tojbargi zangori, tomiri esa changchi ipiga o’xshab, binafsha rangga bo’yalgan. Mevasi — 10 urug’li, yumaloq, quruq ko’sakcha. Iyun-avgust oylarida gullaydi.
Ekiladigan zig’ir bir necha xil bo’lib, uzun tolali hamda sershoxlisi alohida ahamiyatli hisoblanadi. Uzun tolali zig’ir asosan tola, sershoxlisi esa moy olish uchun ekiladi. Uzun tolali zig’irning balandligi 60—120 sm bo’lib, poyasi ko’p shox chiqarmaydi, ko’saklari pishganda ochilmaydi. Sershox zig’irning balandligi 30—50 sm bo’lib, ko’saklari pishganda ochiladi.
Geografik tarqalishi. Uzun tolali zig’ir Ukraina, Belorus, Rossiyaning Yevropa qismi Markaziy va o’arbiy viloyatlarida, sershox zig’ir esa janubiy tumanlarda, o’arbiy Sibir va Shimoliy Kavkaz hamda O’rta Osiyoda o’stiriladi.
Kimyoviy tarkibi. Zig’ir urug’i tarkibida 30—48% quriydigan moy, 5—12% shilliq moddalar, 18—33% oqsil moddalar, 12—26% uglevodlar, fermentlar va karotin bo’ladi. O’simlikning hamma organlarida (ayniqsa, maysasida) linamarin glyukozidi uchraydi. Urug’ning shilliq moddalari gidroliz qilinsa, galaktoza, ksiloza, arabinoza va ramnoza qandlari hamda galakturon kislota hosil bo’ladi.
Ishlatilishi. Zig’ir moyi tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida va texnikada qo’llaniladi. Zig’ir poyasini ivitib olingan tola to’qimachilik sanoatida keng ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Shilliq eritmasi, 15—20% li qaynatma, urug’ kukuni — poroshogi (uni), livian preparati.

Yüklə 105,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin