Mustaqil bajarish uchun vazifalar: 1-amaliy ish: Rozmarinning yer ustki qismidan qaynatma va damlama tayyorlashni o’rganish. Damlama tayyorlash: rozmarinning yer ustki qismidan gullagan vaqtida 2 osh qoshiq ogo’zi yopiladigan sirli idishga solinadi va ustiga 400 ml qaynoq suv solib, biroz vaqt damlab qo’yiladi. Keyin dokadan suzib olinadi. Damlamani yurak sohasi ogo’riganda va oshqozon sanchiganda og’riq qoldiruvchi, oshqozon-ichak kasalliklarida ichish tavsiya etiladi. Qaynatma tayyorlash uchun yer ustki qismini poyasii bilan olib sirli idishga solinadi va sovuq solib, 10 daqiqa qaynatiladi. Qaynatmani xona haroratida sovutiladi va iliq holatida isteo’mol qilinadi.
2-amaliy ish:Damlama tayyorlash uchun 100 gr maydalangan tog’ jambilini ogo’zi yopiladigan idishga solinadi va ustiga 2 litr qaynoq suv solib, 30 daqiqa issiq joyda damlab qo’yiladi. Keyin dokadan suzib olinadi. Damlamani sovutilgan holda ovqatdan oldin, kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi. Bu damlama bilan og’iz chayqalsa tanglay qurishi, milklarning yalligo’lanishini oldini oladi. Qaynatma tayyorlash uchun poyali qismidan olib sirli idishga solinadi va sovuq solib, 10 daqiqa qaynatiladi. Qaynatmani xona haroratida sovutiladi va iliq holatida isteo’mol qilinadi. Tog’ jambili qaynatmasini qon bosimi yuqori kasallar 15 kun 3 mahal 100 grammdan parhezi bilan ovqatdan 1 soat oldin ichishsa, yaxshigina ijobiy natijalar beradi.
2-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Dorivor o’simliklarning sistematik tahlili va tarqalishi
Umumiy ma’lumot: Dorivor o’simliklar fanini asosiy qismi ni o’simliklardan olinadigan dorivor mahsulotlar hamda ularni o’rganish va tahlil (analiz) qilish tashkil qiladi. Fan dasturi va rejasiga binoan o’rganiladigan dorivor o’simliklar ro’yxati ancha katta va ular tarkibi turli kimyoviy birikmalardan tashkil topgan (asosiy ta’sir etuvchi moddalar va boshkalar). Shu sababli dorivor o’simliklarni sinflarga bo’lib o’rganiladi. Dorivor o’simliklarni sinflarga bo’lishda turli omillar asos qilib olingan: ularning morfologik tuzilishi (yer ustki qismi , bargi, guli, mevasi, yer ostki organlari va boshqalar), dorivor mahsulotlarning farmakologik ta’siri, dorivor mahsulot tarkibidagi ayrim birikmalarning xossalari (masalan, saponinlarning turgo’un ko’pik hosil qilishi) va boshqalar. Natijada dorivor o’simliklarning botanik, farmakologik va kimyoviy tasniflari — klassifikatsiyalari bo’lgan va shu asosida ular o’rganilgan.
Dorivor o’simliklarning botanik tasnifi quyidagi jadvalda berilgan.