Iqtisodiy indekslar


Ishlab chiqaruvchilar baholari indekslari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə16/21
tarix13.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#51229
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
5 мавзу Iqtisodiy indekslar

Ishlab chiqaruvchilar baholari indekslari

Ishlab chiqaruvchilar baholari indekslari sanoat, qishloq ho`jalik, qurilish va boshqa mahsulotlar narxlari indekslaridan tarkib topadi.

Ular kuzatish uchun tanlab olingan tayanch sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan tovar - vakillar narxlarini muntazam qayd qilib borish natijalariga asoslanadi. Indekslarni tuzishda vazn qilib o`tgan yilda ishlab chiqarishning sanoat tarmoqlari bo`yicha tuzilishi olinadi. Odatda qayd qilish uchun joriy oyda ishlab chiqarilgan va yuklab mamlakat bozoriga jo`natilgan mahsulotlarning haqiqiy baholari qo`shilgan qiymat, aktsizlar va boshqa soliqlarsiz olinadi. Ro`yxatga olinadigan narxlar tarkibiga mahsulotni tashish va ulgurji bahoni belgilashda hisobga olinmaydigan boshqa xarajatlar kiritilmaydi.

O`zbekistonda bu indekslar 280 asosiy sanoat mahsuloti turlaridan tuzilgan tovar - vakillar to`plami bo`yicha hisoblanadi.



Qishloq ho`jalik mahsulotlari bahosi indeksi

Bu indekslar qishloq ho`jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlatga va boshqa iste`molchilarga sotilgan mahsulot vakillari to`plami bo`yicha o`rtacha bozor baholarining o`zgarishini ta`riflaydi. O`zbekistonda tovar - vakillari to`plami 37 qishloq xo`jaligi mahsulot turlarini o`z ichiga oladi. Davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan mahsulotlar bo`yicha baholar indeksi tayyorlov tashkilotlaridan olinadigan ma`lumotlarga asoslanadi. Barcha sotish yo`llari bo`yicha baholar indeksini aniqlash uchun o`rtacha bozor baholari hisoblanadi. Bunda transport, ortish - tushirish, tayyorlash xarajatlari inobatga olinmaydi. Umumiy baholar indekslari Paashe formulasi asosida hisoblanadi.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin