Sanoat mahsuloti indekslari
1991 yilgacha sobiq sovet tuzumi vaqtida sanoat mahsulotining jismoniy hajmi indeksi taqqoslama(o`zgarmas) baholarda hisoblangan yalpi sanoat mahsulotiga asosan hisoblanilgan edi.
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan beri sanoat yalpi (tovar) mahsuloti joriy bozor baholarida hisoblanadi. Bundan tashqari joriy yil boshiga bo`lgan bozor baholarida ham aniqlanadi. Birinchi ko`rsatkichni ikkinchisiga bo`lib, baho indekslari aniqlanadi. Joriy baholarda hisoblangan yalpi bozor mahsuloti (korxonalar to`plami ko`rsatkichi) indeksini bu baho indeksi asosida deflyatsiyalash yo`li bilan sanoat mahsuloti jismoniy hajmi indekslari hisoblanadi. Ammo bu indekslar katta kamchiliklarga ega, chunki ularga mahsulot tarkibi, uning yangi ishlab chiqarilayotgan turlari, mahsulotlarning material talabchanligi, ishlab chiqarish boshlang`ich nuqtasining o`zgarishi va h.k. salbiy ta`sir etadi.
Shu sababli halqaro standart va talablarga asosan, sanoat mahsuloti indekslari markazlashgan holda respublika va viloyatlar davlat statistika tashkilotlari tomonida boshqa usulda ham tuziladi.
Bu usulga ko`ra sanoat ishlab chiqarishi indeksi hisobi, tovarlar—vakillar to`plami bo`yicha keyinchalik bosqichma –bosqich tarmoqlar va umum sanoat indekslariga bo`linadi, ular esa sanoatning natura — ashyoviy ko`rsatkichlari dinamikasi ma`lumotlariga asoslanadi. Hisoblash uchun butun sanoat tarmoqlarga, har bir tarmoq esa elementar tarmoqlarga (tarmoq ostilariga) bo`linadi.
Har bir tarmoq osti uchun profil bo`yicha tovar — vakil savati shakllantiriladi. Hisoblash 3 bosqichda o`tkaziladi.
Tarmoq ostilar (sof oddiy tarmoqchalar) uchun indekslarni shakllantirish;
Hosil bo`lgan ma`lumotlarni tarmoqlar indekslariga agregatsiyalash (umumlashtirish);
Tarmoq indekslarini umumsanoat indekslariga agregatsiyalash (umumlashtirish) .
Birinchi bosqichda sanoat ishlab chiqarish indeksi hisobot davrining t vaqtidagi mahsulot qiymati oldingi t-1 davrga nisbatan har bir tarmoqosti uchun quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
(52)
Bu yerda itt-1 – berilgan tarmoqosti bo`yicha ishlab chiqarish indeksi, foizda; Qt, Qt-1 – mos ravishda hisobot va bazis davrlarda ishlab chiqarilgan mahsulot vakillarning natural miqdorlari.
Pb – bazis davrda mahsulot birligining o`rtacha yillik bahosi;
n –tarmoqosti indekslarni hisoblashda qatnashadigan tovar – vakillar soni.
Ikkinchi bosqichda ayrim yiriklashtirilgan sanoat tarmoqlari bo`yicha umumlashtirilgan indekslar olish maqsadida ularga qarashli barcha tarmoqosti indekslari agregatlashtiriladi. Buning uchun tarmoqosti indekslari har bir tarmoqostida yaratilgan qo`shimcha qiymat miqdori bilan tortib olinadi, vazn sifatida esa bazis yilning qo`shimcha qiymati olinadi. Umumlashgan indeksni tuzish quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi:
(53)
Bu yerda Itt-1 – sanoat tarmog`ining ishlab chiqarish indeksi.
D – tegishli sanoat tarmog`iga mansub tarmoqostilarda bazis davrda yaratilgan qo`shimcha qiymat. m – tarmoqostilar soni.
Uchinchi bosqichda umumiy sanoat ishlab chiqarish indeksi tuziladi. Buning uchun yiriklashtirilgan tarmoqlar bo`yicha hisoblangan indekslar bazis davrda yaratilgan qo`shimcha qiymatlar bilan totib olinadi:
(54)
bu yerda Iumtt-1 t- hisobot davri uchun t-1 davriga nisbatan hisoblangan umumsanoat ishlab chiqarish indeksi.
Itt-1 – ikkinchi bosqichda sanoat tarmoqlari bo`yicha olingan indekslar.
Dtar – bazis yilda yiriklashtirilgan sanoat tarmoqlarida yaratilgan qo`shimcha qiymat.
k - yiriklashtirilgan sanoat tarmoqlarining soni.
54 – formula bo`yicha olingan indeks qiymati sanoat xarakteriga ega xizmatlar va harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish dinamikasini hisobga olmaydi, shuning uchun ham unga tegishli tuzatishlar kiritish zarur. Bundan tashqari, indeksni tuzishda tovar –vakillar haqidagi ma`lumotlar yirik va o`rta sanoat korxonalari bo`yicha olingan bo`lsa, u holda kichik korxonalar, nosanoat korxonalar qoshidagi sanoat bo`linmalari, yuridik shaxs tuzmay faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlar va uy ho`jaliklarida ishlab chiqarish dinamikasini hisobga olib ham tuzatish kiritish kerak. Pirovard natijada umumsanoat mahsuloti indeksi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(55)
bu yerda Ium.sanoattuzatilgan – tovar–vakillar hisobida qamrab olinmagan ishlab chiqarish dinamikasining hisobga olib tuzatish kiritilgan umumsanoat ishlab chiqarish indeksi;
Ium – (54) formula yordamida tovar – vakillar ishlab chiqarish haqidagi ma`lumotlarga asoslanib hisoblangan sanoat ishlab chiqarish indeksi;
Wi – sanoat mahsuloti umumiy hajmida Ium – tuzishda hisobga olingan mahsulotlar salmog`i;
Ii – tovar-vakillarni ishlab chiqarish indeksini tuzishda mahsulotlar turlari yoki guruhlari bo`yicha sanoat ishlab chiqarish indeksi;
l – tovar-vakillar hisobida qamrab olinmagan ishlab chiqaruvchilar va mahsulot turlari yoki guruhlari soni.
Ii indekslar ko`pincha haqiqiy baholarda hisoblangan mahsulotlar qiymati o`zgarish sur`atini deflyatorlash yoki ekspert baholashlar yo`li bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |