36
Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan hiyla manfa-atdor
bo`lgan, o`zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo`jalik
mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish
kuchlari ancha o`sdi. Feodalizm shu jihatdan
avvalgi ibtidoiy jamoa va
quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo, bu davrda hali ham
qoloq texnika mavjud bo`lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivoji sekin
borgan. G’arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V asr oxiri (Rim
imperiyasining qulashi) dan burjua inqiloblari (XVII-XVIII asrlar),
aniqrog`i sanoat to`ntarilishi davrigacha yashadi. Ko`pgina mamlakatlarda
(masalan, O`rta Osiyo, jumladan O`zbekistonda) bu davr undan ham uzoq
vaqtni o`z ichiga oladi (III-XX asrlar).
Bu jamiyatda yuzaga kelgan iqtisodiy
qarashlar keng qamrovli
bo`lib, yerga egalikning qonuniy ekanligini ko`rsatish, tovar-pul
munosabatlari muammolariga munosabatning kuchayishini belgilashga
qaratilgan. O`sha davrdagi iqtisodiy g`oyalarda
tovar-pul munosabatlari
(sudxo`rlikdan tashqari) qo`llab-quvvatlanadi va shu bilan birga feodal
jamiyatning tabiiyligi, uni saqlab qolish zarurligi qayd etiladi.
Bizgacha yetib kelgan yozma manbalarga ko`ra, o`sha davrdagi
iqtisodiy g`oyalarda diniy-axloqiy yo`nalish kuchli bo`lgan.
Bozor
iqtisodiyoti bilan bog`liq fikrlarda ikki tomonlama qarash mavjud (tovar
ishlab chiqarish, sudxurlik va b.). Davlat va dinning iqtisodiyotdagi roli
yuqori qo`yiladi. O`rta
asrlar oxirida, yer egaligi tuzimi yemirilishi bilan
yangi iqtisodiy g`oyalar vujudga keldi.
Daryo bo`yida tahorat qilsalaringiz ham, suvni isrof qilmang.
Hadis
Dostları ilə paylaş: