319
Geraklit: - Bir havuzga ikki marta tushib bo`lmaydi!
Suqrot: - Bunga intilish zarurmikan?
Axir bu gigiyena jihatidan
noto`g`riku!
Geraklit: - Bir hovuzga ikki marta tushib bo’lmaydi!
Suqrot: - Bunga intilish zarurmikin? Axir bu gigiyena jihatidan
noto`g’rik-ku!
Falsafiy dialog.
17-BOB. MUKAMMAL BO`LMAGAN
RAQOBAT BOZORI TA'LIMOTLARI
17.1. Nomukammal bozorning xususiyatlari
XX asr boshlarida erkin (mukammal) raqobatga asoslanga
iqtisodiyot
tobora monopollashib bordi, bu ayniqsa Yevropa va AQSHda
yaqqol ko`zga tashlandi. Iqtisodiy liberializm prinsiplari (erkin savdo-
fritredolik, davlatning iqtisodga aralashmasligi va b.) real hayot talablariga
javob bermay qo`ydi. Monopollashuvning yorqin oqibati sifatida 1929-
1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozining keltirish mumkin.
Deyarli yuz yil davomida J.B.Seyning "bozorlar qonuni"
hamma
yerda tan olingan va unga suyanib ish yuritilgan bo`lsa, bu davrda uning
ahamiyati pasayib bordi. Nomukammal raqobat avval institutsionalizm,
keyin neoklassiklar tomonidan tadqiqot obyekti qilib olindi.
Bu muammolar bilan deyarli bir
vaqtda Garvard universiteti
professori E. Chemberlin va Kembrij universiteti professori J.Robinsonlar
shug`ullandi.
1933 yili amerikalik E.Chemberlin o`zining "Monopolistik raqobat
nazariyasi", ingliz J.Robinson xonim esa "Nomukammal raqobatning
iqtisodiy nazariyasi" asarlarini chop etdilar. Bu asarlarda erkin raqobat
sharoitini inkor etadigan sharoitda bozor
mexanizmlarining harakati
masalalari har tomonlama chuqur tahlil etiladi. Xususan, ikkala muallif
fikricha, bozor bahosi bozor ishtirokchilarining kollektiv faoliyati tufayli
yuzaga
kelmaydi,
chunki
tovar
mahsulotlarining
turli-tumanligi
(differensiyasi) xaridorlarni bu tovarlar bahosi to`g`risida to`liq
informatsiyadan, firma-ishlab chiqaruvchilarni
tanlashda raqobatdan
mahrum etadi. Ular iqtisodiyotda muvozanatning buzilish sabablarini
ilgarigidek iqtisodiy muhitdagi "kategoriya" va "qonun" lardan izlaydilar.
Institutsional yo`nalish tarafdorlariga esa, nomukammal
raqobat iqtisodiy
o`sishga avvalo "inson omili"ning ta'siri oqibatidir. Bu esa jamiyat
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
320
rivojlanishi, shu bilan birga iqtisodiyot sohalarida yuzaga keladigan
ijtimoiy-psixologik, huquqiy va boshqa muammolardir.
Dostları ilə paylaş: