Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

 
J.M.Keyns 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


330 
Keynsning umumiy bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: Ish bilan 
bandlik ortishi tufayli milliy daromad va, demak, iste'mol ortadi, ammo 
iste'mol daromadga nisbatan sekinroq ortadi, chunki daromad ortishi bilan 
"jamg`arishga intilish" kuchayadi. Uningcha, asosiy psixologik qonun 
shundan iboratki, odamlar odatda daromadlar ortishi bilan iste'molni ham 
o`stiradi, ammo bu o`sish daromadlar darajasida bo`lmaydi. Oqibatda 
daromadlar o`sishi bilan jamg`arish ortadi va iste'mol nisbati kamayib 
boradi. Oxirida esa "samarali talab" kamayadi, talab shunday yo`l bilan 
ishlab chiqarish hajmlariga va bandlik darajasiga ta'sir etadi. 
Iste'mol talabining yetarlicha o`smasligi yangi investitsiyalarga 
harajatlarning oshuvi yo`li bilan qoplanishi, ya'ni ishlab chiqarish 
iste'molining ishlab chiqarish vositalariga qarab oshuvi yo`li bilan 
qoplanishi mumkin. Shu sababli investitsiyalarning umumiy hajmi bandlik 
hajmini belgilashda hal qiluvchi rolni o`ynaydi. Keynsning fikri bo`yicha 
investitsiyalar hajmi investitsiyalarga bo`lgan intilishga bog`liq. Sohibkor 
investitsiyalarni kapitalning "eng yuqori samaradorligi" foiz darajasigacha 
pasaygan 
paytgacha 
kengaytiradi 
(foyda 
normasi 
o`lchanadigan 
rentabellik). Qiyinchilik shundaki, kapitalning rentabelligi pasayadi, foiz 
darajasi esa mo'tadil bo`ladi. Bu holat yangi investitsiyalar uchun 
imkoniyatni pasaytiradi, demak, bandlik o`sishi ham kamayadi. Kapital 
"eng yuqori samaradorligi"ning pasayishi kapital massasining o`sishi, 
shuningdek, 
kapitalist-tadbirkorlarning 
bo`lajak 
daromadlariga 
ishonchsizlikka "moyilligi" bilan tushuntiriladi. Keyns ta'limoti bo`yicha 
bandlikning umumiy hajmi uch omilga - "iste'molga moyillik", "eng yuqori 
samaradorlik" va foiz normasiga bog`liq. 
Keyns ochgan "asosiy psixologik qonun" uningcha istalgan ja-
miyat uchun qo`llanilishi mumkin va iste'mol talabining kamomadi asriy 
tendensiyaga ega hamda barcha uchun yagona iste'mol qonuni mavjuddir. 
"Kapitalning eng yuqori samaradorligi", qo`shimcha kapital birligi 
tomonidan vujudga keltiriladigan bo`lajak foydaning shu birlikka ketgan 
ishlab chiqarish chiqimlariga nisbatidir. Keynsning fikricha daromad, 
foyda keltiradigan narsalar kapital hisoblanadi (boshqa omillarda ham 
shunday). Uningcha, kapital noyobligi, ya'ni cheklanganligi tufayli foyda 
keltiradi. Kapitalning ko`payishi borasida uning samaradorligi yoki 
foydaliligi kamayib boradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida va 
kapitalning tez jamlanishi tufayli bir avlod umri davomida "kapitalning eng 
yuqori samaradorligi" nolga tenglashishi mumkin, deydi u. Kapitalning 
samaradorligi psixologik omillarga bog`liq ekan, endi kapitalistning o`z 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


331 
korxonasining kelajagiga beradigan bahosi uning qayfiyatiga qarab 
o`zgaradi. 
Keyns foizga alohida e'tibor beradi, uni pul qarzi uchun berilgan 
haq deb hisoblaydi. Foiz uningcha muomaladagi pul miqdoriga va 
"likvidlilik afzalligi"ga bog`liq (likvidlilik - pulga tez aylana olish, 
qadrlilik demakdir). Uning miqdori "likvidlilik afzalligi"ga to`g`ri va 
muomaladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir. 
Keynsning fikricha, foiz normasi ma'lum davrga likvidlilikdan, 
ya'ni boylikning likvid, pul shaklidan voz kechish hisobiga beriladigan 
mukofotdir. Boylikning pul shakli eng harakatchan va qulaydir, shu sababli 
kapitalist doim o`z boyligini pul shaklida saqlashga va undan ajralmaslikka 
intiladi. Mana shu niyat, mana shu ishtiyoq Keyns tomonidan "likvidlilik 
afzalligi" deb ataladi. Bu kapitalist likvid shaklda saqlamoqchi bo`lgan 
resurslarning miqdori bilan o`lchanadi. 
Keynsning umumiy nazariyasida investitsiyalarning umumiy 
bandlik hajmini aniqlashdagi asosiy roli to`g`risidagi tezis muhimdir. Ular 
iste'mol talabining yetarli emasligini to`ldirishi (kompensatsiyalash) kerak. 
Bunda ishlab chiqarishni kengaytirish masalasi iste'mol talabi oshuvidan 
alohida qaraladi. Investitsiyalarning ko`payishi ishlab chiqarishga 
qo`shimcha ishchilarni jalb etishga olib keladi, bu esa bandlik, milliy 
daromad va iste'mol o`suvini ta'minlaydi. Yangi investitsiyalar tufayli 
bandlikning dastlabki o`suvi yana qo`shimcha bandlikni vujudga keltiradi, 
chunki qo`shimcha ishchilarning talabini qondirish zarurati tug`iladi. 
qo`shimcha bandlikning o`sish koeffitsientini Keyns multiplikator deb 
ataydi, u bir tomondan investitsiyalar o`sishi, ikkinchi tomondan bandlik 
va 
daromadlarning 
o`sishi 
o`rtasidagi 
nisbatni 
ko`rsatadi. 
Multiplikatorning formulasi
K=dJw:dYw; 
bunda, 
K-multiplikator 
Yw-daromad o’sishi 
Jw-investitsiya o’sishi 
Multiplikator "iste'molga eng yuqori moyillik" bilan bog`liq, 
chunki, u iste'molga ketgan sarflar o`sishining daromadlar o`sishiga 
nisbatini bildiradi. "Iste'molga eng yuqori moyillik" qancha yuqori bo`lsa, 
multiplikator ham shunchalik katta va demakki, bandlik yaxshi bo`ladi. 
Keyns bir qancha hisob-kitoblarga asoslanib, AQSHning multiplikatorini 
aniqladi, u 2.5 ga teng ekan. Bu daromadlar o`sishi investitsiyalar 
ortishidan 2.5 marta ortiq, degani, ya'ni 1 dollar investitsiya 2.5 dollar 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


332 
daromad keltiradi. Olim o`zining iqtisodiy dasturini ilgari suradi. Unga 
ko`ra 
Keyns 
kapitalistik 
jamiyatda 
ishsizlik 
va 
inqirozlarning 
muqarrarligini tan olmaydi. Ammo, kapitalistik tizim mexanizmi bu 
voqealarni avtomatik ravishda hal etish imkoniyatiga ega emas. Hozirgi 
davrda shaxsiy tashabbus asosida yechiladigan masalalarni markazlashgan 
nazorat asosida hal qilish hayotiy zaruriyatga aylanmoqda. Bunda davlat 
soliq tizimi, foiz normasini qisman cheklash, ba'zi boshqa yo`llar bilan 
iste'molga moyillikni oshirishga yordam berishi kerak, deydi u. 
Hozirgi davr tili bilan aytganda, Keynsning fikricha, bozor 
iqtisodiyotida talab va taklif avtomatik tarzda muvozanatga kelmaydi. O`z 
davrida J.B.Sey va biz yuqorida ko`rib chiqqan boshqa olimlar bu 
masalada yagona fikrda bo`lib, har qanday taklif o`z-o`zidan talabni 
yaratadi ("Bozor qonunlari") degan edilar. Keyns "Sey qonuni"ga qarshi 
chiqadi, uni to`g`ri tanqid ostiga oladi. 
Xususiy investitsiyalarni rag`batlantirish uchun foiz normasini 
tartibga solish taklif etiladi. Uningcha, davlat muomaladagi pul miqdorini 
oshirish yo`li bilan foiz darajasini tartibga solish imkoniyatiga ega. 
Muomaladagi pul miqdorini oshirish amalda inflatsiya (pulning 
qadrsizlanishi)ni qo`llash demakdir, ammo bunda ssuda foizi kamayadi va 
pul ishlab chiqarishga qo`yish uchun rag`batlantiriladi. 
To`la bandlikni ta'minlash uchun faqat investitsiyalarning emas, 
balki milliy daromadni ham tartibga solish taklif etiladi. Buni hal qilish 
vositasi sifatida soliqlarga murojaat qilish kerak deyiladi. Aholining 
"jamg`armalari"ni muomalaga kiritish maqsadida soliqlarni oshirish talab 
etiladi va bu omonatlar davlat investitsiyalarini oshirish uchun 
foydalanilishi mumkin deyiladi. Shu vaqtning o`zida boylarning solig`ini 
oshirishga qarshilik qilinadi. Keyns o`z taklifini quyidagicha tushuntiradi: 
Mehnatkashlarning 
soliqlarini 
oshirishdan 
maqsad 

ularning 
"jamg`armalari"ni kamaytirish va iste'molni rag`batlantirishdir. Real ish 
haqini pasaytirish uchun inflatsiya asosida narx-navoni oshirish yo`li 
tavsiya etiladi. Real ish haqini pasaytirmasdan to`liq bandlikni ta'minlash 
mumkin emas, degan fikr ishchilarga uqtiriladi. Daromadlilikning pasayib 
borishi tufayli bandlikning birmuncha ortishi ilgari band bo`lganlarning 
real daromadlari qisqarishi bilan bog`liq. Keyns ishchilarga murojaat qilib, 
ish haqini oshirish uchun kurashish kerak emas, deydi, chunki bu jami real 
ish haqining ishchilarning turli guruhlari o`rtasida qayta taqsimlanishiga 
olib keladi, uning o`rtacha miqdori esa o`zgarmaydi. U ish haqini 
"o`zgartirmaslik" siyosatini o`tkazish va shu yo`l bilan narx-navo o`sishi 
sababli ish haqini oshirish talablarini yo`qqa chiqarishni taklif etadi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


333 
Uningcha, ishchilar real ish haqining pasayishiga chidashlari kerak, chunki 
shu yo`l bilan ishsizlikning oldi olinadi. Kapitalistlarga esa real ish haqini 
pasaytirishning ahamiyati tushuntiriladi. Keyns bundan tashqari nominal 
ish haqini pasaytirishga ham qarshi emas edi. 
Ishsizlik va inqirozlarga qarshi kurash bahonasida unumsiz 
iste'molning barcha ko`rinishlari turli yo`llar bilan reklama qilinadi. 
Iqtisodiyotni harbiylashtirish bilan birga hukmron sinflarning parazitik 
iste'molini oshirish ana shunday yo`llar guruhiga kiritiladi. 
Keynsni hozirgi davrda hammaga yaxshi tanish ibora bo`lgan 
"aralash iqtisodiyot"ning otasi deyish mumkin, bu iqtisodiyotda hukumat 
hal qiluvchi o`rinni egallaydi. Sof iqtisodiyot deyarli hech qaysi davlatda 
yo`q. Keynsning iqtisodiy g`oyalari birinchi navbatda "buyuk inqiroz" 
ta'siri ostida paydo bo`ldi. 1929-1933 yillardagi bu buyuk inqiroz 
Amerikani larzaga keltirdi, ishlab chiqarish yarmiga (50%)ga qisqardi. 17 
mln odam ishsiz edi (25%), 9 mln omonatchi kuyib qoldi. Ana shunday 
sharoitda iqtisodiyotni qutqarishning muhim yo`li - hukumat harajatlari 
ekanligi ko`rsatib berildi. Keyns o`zining asosiy asarining birinchi 
satrlaridan boshlaboq "klassik iqtisodiy maktabga qarshi" ekanligini yozadi 
(ayniqsa davlatning iqtisodiyotga aralashuvi masalasida turli fikrlar 
mavjud). 
Keyns yaratgan sifat jihatidan yangi ta'limotda o`sha davrda aosan 
shaxsiy xususiy tashabbusga berilgan masalalarni nazorat qilish uchun 
markazlashgan nazoratni yaratishni hayotiy zarurat ekanligi ko`rsatiladi 
Davlat iste'molga moyillikni oshirish uchun , qisman , mazkur soliqlar 
tizimi orqali, qisman foiz normasini belgilash va boshqa mumkin bo`lgan 
usullar yordamida o`z rahbarlik ta'sirini o`tkazishi kerak bo`ladi. Chunki 
mavjud sistema (tizim) eng muhimi hozirda ishlayotganlar mehnatini 
taqsimlashda emas, balki bandlik hajmini aniqlashda yaroqsiz bo`lib qoldi, 
deb yozadi Keyns. 
Albatta, to`la bandlikni ta'minlashga zarur bo`lgan markazlashgan 
nazorat muassasalari tufayli davlatning an'naviy funksiyalarini ancha 
kengaytirishni talab etadi. Ammo shu bilan birga, shaxsiy tashabbus va 
ma'suliyatni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar ham doim mavjud 
bo`ladi, deb o`qtiradi u davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga 
solishning samaradorligi davlat investitsiyalari uchun mablag`lar topish, 
aholini ish bilan to`la band qilish va foiz normasini qat'iy belgilashga 
bog`liq bo`ladi.Foiz stavkalari qanchalik past bo`lsa, bu investitsiyalarga 
rag`batni shunchalik oshiradi, investitsion talab oshadi, bandlik o`sadi, 
ishsizlik yo`qolib boradi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


334 
Ishlab chiqarish omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik to`la jalb 
etilsa,amalda o`sib boruvchi boholarga ega bo`lamiz (pulning miqdoriy 
nazariyasi). Resurslar to`liq foydalanilmagan paydo boholarning 
mo'tadilligi saqlanish mumkin . 
Keyns nazariyasi bo`yicha massasini 2 marta oshirish boholarning 
2marta oshuviga olib kelmaydi. Yetakchi iqtisodchilar fikricha, "Keynscha 
inqilob haqiqatda ro`y bergan".

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin