Iqtisodiy talimot doc


Keyns g`oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

18.4. Keyns g`oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati 
Shuni aniq qilib aytish kerakki, Keyns ta'limoti inqirozlar, urushlar 
va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo`ldi, chunki favqulotta 
holatlar davrida davlatning roli kuchli bo`lishi kerak. Amalda esa, ayniqsa 
2-jahon urushidan so`ng G’arb mamlakatlarini sotsialistik oriyentatsiyasi 
kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), davlat budjeti qarzlari ko`payib, 
ishsizlik ham o`sgan, inflatsiya kuchli. Bu ijtimoiy ishlarni ko`paytirishga 
qaratilgan tadbirlar oqibatidir deb tan olinmoqda. Ishsizlikning ish haqini 
pasaytirish yo`li bilan hal etish tarafdorlari ham mavjud, ammo pul 
massasini ko`paytirish (inflatsiyaga olib keladi), ya'ni emissiya yo`li 
ko`pchilikka oson ko`rinadi. Bu konsepsiya ma'lum davr mobaynida 
inflatsiya bo`lmagan holda minemal ishsizlik darajasini isbotlashga imkon 
beradi. 
70-yillardan boshlab Keyns ta'limotiga nisbatan davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi bo`yicha neoliberalizm g`oyalari asosiy bo`lib 
qoldi, chunki bu davrda jahoning ko`pgina mamlakatlarida inqiroz holatlari 
doim voqeaga aylanib qoldi. Inflatsiya, davlat budjetining kamomadi, 
ishsizlik toboro kuchaydi. Neoliberallar keynschilarni tanqid qilar ekanlar, 
iqtisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin raqobatning kamayishi, 
iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiyalar kamayganligi ular 
g`oyalarining sayozligidan dalolat beradi, deb hisoblaydilar. 
70-80-yillar neoliberal g`oyalar iqtisodiyotda tobora ustunligini 
egallay boshladi. Ko`p davlatlarda iqtisodiyotni denatsionalizatsiya qilish 
kuchaydi (nodavlat shakllariga o`tildi). Buning oqibatida Buyuk Britaniya 
(Tetcherizm), Fransiya, Yaponiya, Chili (Pinochet), Ispaniya va boshqa 
mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimallashtirildi va 
iqtisodiy ahvol yaxshilandi.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


339 
XULOSA 
1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi avvalgi "sof ta'limot" 
nazariyotchilarining fikriga qo`shimchakiriishni talab etdi. Iqtisodiy 
ta'limotlar tarixida Keyns inqilobi deb nom olgan o`zgarish ro`y berdi. 
Agar avvallari bozor iqtisodiyoti barcha muammolarni avtomatik ravishda 
hal qiladi degan g`oya ustun bo`lsa, Keyns ularga boshqacha qarab, 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvini zarur deb hisobladi. Bandlik, foiz, 
milliy daromad, investitsiyalar o`rtasidagi munosabatlar o`rganilib, 
"aralash iqtisodiyot", multiplikator tushunchalari kiritildi. Keynschi va 
Neokeynschilar davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qo`llab, "akselerator 
koeffitsienti"ni qo`lladilar, unga ko`ra daromadlarning investitsiyalarga 
ta'sirini ko`rish mumkin. Keynschilikning ayrim shakllarida indikativ 
rejalashtirish ham qo`llab-quvvatlanadi. Ishsizlik va inflatsyani bandlik 
yo`li bilan hal etish mumkin degan g`oya ustun. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin