342
V.Rebke, L.Erxard, V.Oyken (asli tarixchi) va boshqalar tomonidan davom
ettirildi.
V.Rebekning "nemis iqtisodiy siyosati to`g`rimi?"(1950) degan ki-
tobi muqaddimasida GFR kansleri K.Adenauer "ijtimoiy bozor xo`jaligi"
modeli mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida qilin-
ganligini bayon etadi.
V. Rebke xarakteristikasi bo`yicha, "ijtimoiy bozor xo`jaligi" -
"iqtisodiy insonparvarlik" sari o`ldir. U o`zining "Insonparvar jamiyat"
asarida kollektivizmga - persinolizm, hokimiyat konsentratsiyasiga - erk-
inlik, sentralizmga - desentralizm, tashkilotchilikka - o`zini-o`zi boshqar-
ishni qarshi qo`yadi va boshqalar. 1957 y. XDS ning navbatdagi syezdida
L.Erxard, V.Rebke g`oyalarini qullagan holda GFR da "ijtimoiy bozor
xo`jaligi"ning 2- bosqichi boshlanganligini tasdiqladi. 60-yillarda L.Erxard
o`z maqolasida avvalo "erkin musobaqa ijtimoiy bozor xo`jaligining eng
asosiy elementi hisoblanadi" deb ta'kidlangan edi. 1965 y. partiyaning
navbatdagi syezdida L.Erxard GFRda "Ijtimoiy bozor xo`jaligi" ni tashkil
etish dasturining nihoyaga etganligini e'lon qildi. Bu dastur mamlakatni
"rasmiylashgan jamiyat"ga aylantirildi.
"Rasmiylashgan jamiyat" doktrinasi L.Erxard va uning maslahat-
doshlari bo`yicha bu eng yaxshi "tabiiy iqtisodiy tartib" ni izlash bo`lib,
unga "ijtimoiy bozor xo`jaligi" orqali yetishish mumkin. Unda ijtimoiy
tizim va ishlab chiqarish munosabatlarining besh shakli (tipi), sinflarining
antogonizmi to`g`risidagi markscha g`oyalar qat'iyan inkor etiladi. Bu
g`oyalar V.Oykenning inson jamiyati uchun faqat ikki tipdagi iqtisodiyot:
"Markazdan boshqariladigan" (totalitarizm) va "Almashuv iqtisodiyoti"
(boshqacha matn bo`yicha-"erkin, ochiq xo`jalik") xos, konkret tarixiy
sharoitlarda biron tip belgilarining ustuvorligi bilan qo`shma
shakli ham
mavjud bo`ladi.
Valter Oyken (1891-1950) "Milliy iqtisodiyot asoslari" (1947)
asarida (9 mrta qayta nashr etilgan) iqtisodiyotni qayta tashkil etishning
asosiy shakllarini tiplarga bo`lish muammolarini fundamental ishlab
chiqdi. Asli tarixchi bu olim kitobning "Iqtisodiy tizimlar" bobida bir xil
jamiyatda ikkita ideal iqtisodiyot tiplari o`zaro birga yashaydi, bular al-
mashuv va markazdan boshqariladigan iqtisodiyotlardir. Markazdan bosh-
qariladigan iqtisodiyotga
xos narsa shuki, har kungi jamiyatning iqtisodiy
hayoti bir markazdan keluvchi reja (plan)lar bilan tartibga solinadi. Agar
jamiyat iqtisodiyoti ikki yoki undan ortiq alohida xo’jaliklardan iborat
bo`lsa (ularning har biri o`z rejalarini tuzadi va amalgi oshiradi), bu "al-
mashuv iqtisodiyoti" sistemasidir.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
343
Turli tarixiy sharoitlarda ko`pinsa bu sistemalar aralash holda
bo`ladi, bu bir qancha misollar bilan isbotlab beriladi. Shu bilan birga,
Oyken bo`yicha, eslab o`tilgan tiplar uch shaklda amalga oshadi, uning har
biri quyidagicha ta'riflanadi: a)totalitar markazdan boshqariladigan iqtiso-
diyot (almashuv umuman inkor etiladi; mahsulotni ishlab chiqarish, taqsi-
mot va iste'mol ohirgi maydo-chuydaga markaziy
boshqarma buyruqlari
asosida amalga oshiriladi); b) iqtisodiyotni markazdan boshqarish asosida
iste'mol mollarini erkin almashuv (markaz tomonidan belgilanadigan "ish-
lab chiqarish kuchlaridan" foydalanish usullari, ishlab chiqarish jarayonin-
ing vaqtli tarkibi, maxsulotlarni taqsimlash usullari va boshqalar asosida
amalgi oshiriladi. 1-variantdan farqli ravishda bu yerda iste'molchilar al-
mashuv yo`li bilan ajratilgan iste'mol mollariga o`zgartirishlar kiritishlari
mumkin); v) erkin iste'mol tanlovi asosidagi markazdan boshqariladigan
iqtisodiyot (boyliklarni iste'mol uchun odatda
markaziy inspatsiya ishlab
chiqarishni belgilagan maxsulotlar ichidan erkin tashlash mumkin).
"Eruiye bozor xo`jaligi" avtomatik ravishda faoliyat yurita olmas-
ligini V.Rebke va L.Erxard, ishlab chiqarish anarxiyasining har qanday
ko`rinishlariga qarshi davlatning shunga muvofiq choralarni qo`llash
uchun iqtisodiyotga aralashuvi zarurligi tan olinadi. Bu aralashuv erkin va
ijtimoiy zarur jamiyat tuzumi sintezi (qo`shilishi)ni ta'minlashi kerak. Re-
bke-Erxardning obrazli ifodasiga ko`ra, davlat roli futbol maydonidagi
sudya (arbitr) bilan tenglashtiriladi, arbitr futbol komandalari o`yinini
ma'lum qoidalar asosida diqqat bilan kuzatib va boshqarib boradi, ammo,
o`yinda bevosita ishtirok etishiga haqqi yo`q. Boshqa so`z bilan aytiladigan
bo`lsa, davlat erkin bozor xo`jaligining ideal tipi bo`lgan "ijtimoiy bozor
xo`jaligi" faoliyati sharoitini ta'minlash uchun erkin raqobat ("halol o`yin")
"qoida"larining saqlanishi ustidan nazoratini olib borishi kerak.
Undan
tashqari davlat baho shakllanishi sharoitini nazorat qilishi, monopol baho
o`rgatilishiga bo`lgan urunish harakat oldini olishi, monopoliyasiz tovar-
pul xo`jaligida xususiy mulkning qo`riqlanishi ustuvor ahamiyatini kafolat-
lashi kerak.
60-70-yillarda neoliberalizm konsepsiyasi "ijtimoiy bozor xo`jaligi"
modelini yaratish va amalga oshirish prinsiplari institutsionalizmning "bar-
cha uchun farovonlik jamiyati" konsepsiyasi bilan hamohangdir. Chunki,
ikkala modelda insonni inson tomonidan ekspluatatsiya va sinfiy antego-
nizm inkor etiladi. Bu modellardan bundan tashqari
davlatning faol ijti-
moiy vazifasi (funksiyasi) g`oyasi bor. Davlat barcha fuqarolarga ijtimoiy
xizmatni olish va ular farovonligini oshirish uchun teng huquq va teng
imkoniyatlar yaratishi zarurdir. Bunda jamiyatning turli qatlamlarida ak-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
344
sionerlar sonining ortishi bilan birga, barcha ijtimoiy institutlar barqaror-
ligining o`sishi, asosiy mehnatkash aholining ertangi kunga ishonchi va
boshqalar ko`zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: