Iqtisodiy talimot doc


Chikago monetarizm maktabi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

19.3.Chikago monetarizm maktabi 
Keynchilikka muqobil ravishda AQSHda neoliberalizmning Chi-
kago maktabi vujudga keldi, uning monitar (pul bilan bog`liq) g`oyalari 
Chikago universitetida 20 yy. paydo bo`ldi. Ammo, neoliberal yo`nalish 
xarakatida amerika monetarizmi mustaqil keyinchalik ilg`orlik pozitsiya-
larni faqat 50-yillar ohiri - 60-yillar boshida egalladi. Bunda M.Fridmen 
(1912) nashrlari muhim ahamiyat kasb etdi (1976 yilgi iqtisodiyot bo`yicha 
Nobel mukofoti laureati). Fridmen va uning safdoshlari Keynsning pulsiz 
omillari (masalan, investitsiyalar) o`rniga aynan pulli omillarni afzal 
ko`rdilar.
1958 yil A.U.Fillipsning empirik egri chizig`i paydo bo`lishi bilan 
pul hisobidagi ish haqining yillik foiz o`zgarishi va ishsizlik darajasi (his-
sasi) o`rtasidagi bog`lanish aniqlandi. Bunda 1861-1913 yillar Angliyadagi 
real ma'lumotlardan foydalanilgan. 1964 yil P.Samuelson o`zining mash-
hur "Ekonomiks" darsligining 6 nashriga shu grafikni kiritdi va uni Fillips 
egri chizig`i deb atadi. Avvalgi tadqiqotlarda (masalan, Keyns) inflatsi-
yasiz to`la bandlik iqtisodiy siyosatning maqsadi sifatida qarab kelinar edi. 
Bu egri chiziqqa ko`ra, baholar mo`'tadilligi va ishsizlik nomuvofiq xodis-
alar bo`lib chiqdi, aksincha, konflikli maqsadlar ekan: ishsizlikni kamayti-
rish inflatsiyani kuchaytirish yo`li bilan erishiladi, inflatsiyani pasaytirish 
esa odatda ishsizlar ko`payishini taqozo etadi. Shunday qilib, bir vaqining 
o`zida turg`un baholar va to`la bandlikka bo`lgan ishonch, barqaror baho 
va to`la bandlik o`rtasida tanlash bilan o`rin almashdi.
M.Fridmen va uning safdoshlari Fillips egri 
chizig`ini har tomonlama o`rganib, u (egri chiziq) har 
doim ham turg`un emasligi ma'lum bo`ldi, ayniqsa 60-
yillar ohirida ko`pgina mamlakatlarda inflatsiya o`sishi 
"mantiq"qa qarama-qarshi ishsizlikning pasayishi emas, 
balki uning o`sishi va 70-yillar boshida esa inflatsiya va 
ishsizlikning bir vaqtda o`sishi bilan ro`y berdi.
M.Fridmen
iqtisodiy jarayonlarda pul, pul 
massasi va pul muomalasi ahamiyatini ko`tarishga 
harakat qildi. Pulning aslida neoliberal monetar 
konsepsiyasi AQSHning respublika (1969-1970yillar 
M.Fridmen
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


345 
Nikson prezidentligi davrida) hukumati tomonidan sinovdan o`tdi (bunda 
M.Fridmen prezident maslahatchisi edi). Ammo, monetar iqtisodiy 
g`oyalar AQSHning keyingi prezidenti davrida yaxshi natija berdi. Tarixda 
va iqtisodiyotda reygonomika deb nom olgan bu siyosat dollar real 
mustahkamlangan bir sharoitda inflatsiyani kamaytirish mumkin bo`ldi, 
R.Reygan prezidentlik davrida yangi 14 million millioner - tadbirkor paydo 
bo`ldi. Demokrat B.Klinton (8 yil) prezidentligi davrida ham shu siyosat 
davom ettirildi va yaxshi natija berdi. 
Fridmen konsepsiyasi asosiy masala davlatning qattiqqo`l pul siyo-
satidir (boshqalardan, masalan, Keynsdan farqi). Bu Fridmenning "ishsizlik 
tabiiy normasi" tushunchasi bilan bog`liq bo`lib, kon'yutura holatiga 
bog`lanmagan holda, har yili pul massasi 3-4 foizga doim va turg`un (sta-
bil) ravishda oshirib borilishi kerak. AQSH ning qator yillar davomida 
yalpi milliy mahsuloti o`sishi o`rtacha sur'atlarini hisobga olib, milliy iqti-
sodiyotning maksimal mumkin bo`lgan darajasi aniqlanadi. 
Fridmenning "ishsizlik tabiiy normasi" konsepsiyasi institutsional, 
shuningdek qonuniy hujjatlarga asoslanadi (masalan, kasaba qo`mitalari, 
minimal ish haqi to`g`risidagi qonun) . 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin