341
M.Fridmen, A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi vakillari -
F.Xayek, L.Robbins va b.).
Fransiyada neoliberal g`oyalarning taniqli vakillari sifatida iqtisod-
chilar J.Ryueff, M.Alle va boshqalarni keltirish mumkin. Bu olimlar o`sha
davridayoq yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat
boshladilar. 1938 yili Parijdagi konferensiyada neoliberalizmning asosiy
prinsiplari xalqaro ko`lamda e'lon qilindi. Bu neoliberallarning yig`ilishi
(forumi) "Lippman kollokviumi" deb xam ataladi, buning sababi shuki,
o`sha yili amerikalik iqtisodchi A.Uolter Lippman "Erkin shahar" kitobini
e'lon qildi va undagi g`oyalar neoliberal prinsiplar bilan hamohangdir.
Parijdagi qo`llab-quvvatlangan neoliberal umumiy prinsiplarning mohiyati
shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat qoidalarini qaytarishga g`amo`rlik
qilishlari va ularni barcha xo`jalik subektlari tomonidan bajarilishini
ta'minlashlariga ko`maklashuvi so`raladi. Bu hujjatda xususiy mulk ustun-
vorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat yo`li bilan faqat
ekstremal (urush, stixiyali ofat, katastrofa va b.) holatlardagina qayta
ko`rilishi mumkin deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: