92
Zar qadrini zargar bilar.
Maqol.
5-BOB. MERKANTILIZM IQTISODIY TA'LIMOTI
5.1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
Avvalgi
davrdagi
iqtisodiy
g`oyalarda
natural
xo`jalik
munosabatlariga oid fikrlar ustunlik qilgan. Yangi bozor munosabatlari
shakllanishi tufayli, shunga oid iqtisodiy ta'limot paydo bo`ldi, bu
merkantilizm ta'limotidir.
"Merkantilizm" iborasi birinchi bo`lib
Adam Smitning asarlarida
o`z ifodasini topdi. Lug’aviy ma'nosiga ko`ra, bu so`z italyancha bo`lib,
savdogar mazmuniga ega. Bu so`z yangi ta'limotning mazmun va
mohiyatini o`zida aks ettiradi.
Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining
asosi mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilikda deb
kelinar edi, biz buni yuqorida ko`rdik. Lekin XV asrga kelib ahvol keskin
o`zgardi. Bu ta'limotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy
sabablar turtki bo`ldi. Avvalo,
feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul
munosabatlarining o`sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi
yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik
tizimining paydo bo`lishi, ayniqsa savdo-sotiqning rivojiga turtki bo`ldi.
Noekvivalent savdo tufayli metropoliya koloniyalar
hisobiga beqiyos
boyidi. Ana shu o`zgarishlarni asoslab beruvchi iqtisodiy ta'limot -
merkantilizm yuzaga keldi va muomala sohasini o`rganish bilan
shug`ullandi. Merkantilizm sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi.
Shu davrga kelib Yevropada oltin va kumush qahatchiligi boshlandi.
Hindistonda nodir metallar ko`p, degan mish-mishlar va u yerdagi mavjud
ziravorlar insonlarni yangi yerlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab
topishga otlantirdi.
Pul vazifasini bajargan nodir metallar (hali qog`oz pul yo`q),
ularning ohangrabo kuch-qudrati hammani oyoqqa turg`azdi, insonni
o`ylashga, ixtirolar qilishga, harakatga undadi. Oqibatda,
suvda kemalar
orqali xavfli yo`lga otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, kompas
kashf etildi, kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog`
to`plandi.
Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi
davlatga ko`proq oltin va kumush keltirish, deb aniqlandi. Bu davrda pul
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
93
sifatida qimmatbaho metallar
- oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli
oltin va kumush zahiralarini ko`paytirish borasida ma'lum iqtisodiy
siyosatlar ishlab chiqarildi.
1492 yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan
tasodif tufayli Amerika qit'asini ochdi (u o`zini Hindistondaman deb
o`ylagan, shuning uchun qit'a nomi boshqa dengizchi - Amerigo
Vespuchchiga nasib etdi, tarixning bu xatosini to`g`rilash
uchun bu
qit'adagi bir davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika ko`pchilik
o`ylaganidek oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonni qidirish
yana davom etdi va 1498 yilda Vasko da Gama tomonidan ko`pchilik
intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo`l ochildi. Boshqa dengizchi
Magellanning butun dunyo bo`ylab qilgan sayohati tufayli yangi yer,
orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Yevropa davlatlarining
mustamlakasiga aylantirildi, u yerlarda oltin-kumush konlari ochildi, yangi
xom ashyo, ekin, hayvon turlari ochildi, ularning Yevropaga kirishi
boshlandi (paxta, makkajo`xori, tamaki, kofe, kakao).
Yevropadagi
davlatlar o`rtasida (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya,
Fransiya va Angliya) o`rtasida kurash ham qizidi.
Shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlarning rivo-ji
uchun muhim moddiy turtki paydo bo`ldi. Kapitalizmning shakllanishi va
rivoji uchun kapitalning dastlabki jamg`arilish jarayoni kuchaydi, unga
qulay imkoniyat yaratildi. Ayniqsa, savdo rivoj topdi, bosib olingan
yerlardagi arzon-garov xom ashyolar
Yevropaga oqib kela boshladi, bu
yerda tayyorlangan tayyor mahsulotlar esa u yerlarga olib borib sotildi.
Savdo kapitalining roli beqiyos o`sdi. Tarixan esa bu kapital umuman
kapitalning dastlabki shakli bo`lib qoldi. Undan esa sanoat kapitali ajralib
chiqdi.
Dostları ilə paylaş: