12.6. Markscha iqtisodiy ta'limotning tarixiy taqdiri
Markscha g`oyalar davr sinovidan o`tdimi? degan o`rinli savol
tug`iladi. Umuman, o`z davrida sotsialistik va konkret Sovet davlati va
dunyoning 1.5 mlrd aholisini o`z ichiga olgan sotsialistik lager deb atalgan
mamlakatlardagi ijtimoiy tuzumning mazmuni nimadan iborat edi, hozirda
bu yo`lni davom ettirayotgan davlatlarning istiqboli qanday? kabi muam-
molar bugungi kunda oz emas. Bu murakkab savollarga baholi kudrat o`z
fikrimizni bildiramiz.
Imperializm sotsialistik inqilob arafasi ekanligi dastlab Rossiyada,
keyinroq qisqa vaqt bo`lsa ham Germaniya (Bavariya), Vengriya, Mon-
goliya va II Jahon urushidan keyin ba'zi davlatlarda isbotlandi. Lekin bu
inqilob yuksak rivojlangan, ishchi sinfi ko`pchilikni tashkil etgan joylarda
emas, nisbatan o`rta yoki kam rivojlangan davlatlarda ro`y berdi.
Markscha ta'limot asoschilarining umumxalq mulkini yaratish,
xususiy mulkchilikni yo`q qilish, iqtisodiyotni qat'iy rejalashtirish, raqo-
batni yo`qotish, ya'ni bozor iqtisodiyotini bekor qilish to`g`risidagi
g`oyalari (Sovet davlati va boshqalarda) o`zini oqlamadi.
Lenin va leninchilarning oktabr to`ntarilishi jahon revolutsiyasiga
aylanadi, degan umidlari ham ro`yobga chiqmadi. Oqibatda Sovet davlati
amalda yagona sotsialistik mamlakat bo`lib qoldi. Bizda bashorat qilingan
umumxalq, ya'ni davlat mulki asosiy bo`lib oldi, qisman kolxoz-kooperativ
jamoat mulki saqlandi, xususiy mulkchilik barham topdi, bozor iqtisodiyoti
o`rniga markazdan rejalashtirilgan iqtisodiyot keldi, ilgari qoloq davlat
qisqa vaqt ichida ancha ilg`or mamlakatlar qatoriga o`tib oldi. Agar shu
yutuq bo`lmaganda, Gitler Germaniyasi sobiq Ittifoqni yer bilan yakson
qilib yuborgan bo`lar edi. Lekin 70-yillarda, ayniqsa, 80-90 yillarda Sovet
Ittifoqi inqirozga yuz tutdi. Xo`sh, sotsializm va kommunizm g`oyasi puch
bo`lib chiqdimi yoki gap boshqa yerdami?
Bu yerda tarixga ekskursiya qilishga to`g`ri keladi. Kapitalizm
(ayniqsa imperializm, davlat-monopolistik kapitalizm bosqichida) avvalgi
jamiyatlardan ijobiy farq qiladi, uning ko`plab imkoniyatlari borligi
aniqlanmoqda; ayniqsa burjuaziya katta tajribaga ega (XVIII asrning
o`rtasida paydo bo`lgan bu sinfning 250 yillik tajribasi bor), o`z boshidan
qanchadan-qancha jarayonlarni o`tkazdi, u feodal munosabatlarga qarshi
qonli kurashda hokimiyatni qo`lga olgach, asosiy ishlab chiqarish vosita-
larining egasiga aylandi, dastlab ekspluatatsiyaning jirkanch usullari
qo`llanildi (14-16 soatlik ish kuni, bolalar va ayollarning mehnatidan foy-
dalanildi, ish haqi nihoyatda oz, sotsial sharoit g`oyatda og`ir edi), oqi-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
258
batda bir qancha sotsial inqiloblar va iqtisodiy inqirozlarni boshidan ke-
chirdi, bu sinf kurashlarda chiniqdi, tajriba orttirdi, o`zini himoya qilish,
yashash uchun yo`l kidirdi, ilojini topdi. Dastlabki va keyingi yillarda
mustamlakalar (koloniyalar) joniga oro kirdi, ular hisobiga metropoli-
yaning iqtisodiy va demakki, siyosiy ahvoli nisbatan yaxshilandi.
Mustamlakachilik sistemasi tugagan hozirgi paytda ham ilgari ko-
loniya bo`lgan davlatlar o`z qarzlarini emas, hatto foizlarini to`lashga ham
qodir emaslar (masalan, Janubiy Amerika davlatlari AQSH ga juda katta
qarzdor). Yana bir fikr shuki, barcha kapitalistik davlatlarning ravnaqi bir
xil emas, balki turlichadir.
Rossiyadagi inqilob (chet el intervensiyasi bejiz emas), sotsializm
yo`lini birinchi bo`lib tanlagan davlatlar - SSSR, Mongoliya va boshqalar,
II Jahon urushi, yangi sotsialistik yo`ldan borishni istagan davlatlar,
mustamlakachilik sistemasining yemirilishi, iqtisodiy va siyosiy inqirozlar
kapitalistik davlatlar oldiga yangidan yangi muammolarni qo`ydi. Katta ta-
jribaga ega bo`lgan burjuaziya ilmiy-texnika progressidan unumli foy-
dalandi, ishlab chiqarishni o`stirdi, foyda oshdi, ishchilar sinfi va xalqning
moddiy turmush darajasini oshirishga va sotsial tenglikni yumshatishga er-
ishdi. Masalan, AQSHda milliy boylikning 60 foizi 1 foiz aholining
qo`lida, bunga xalq jim qarab tura olmaydi. Shuning uchun bu sistema
yo`qolish xavfining oldini olishga majbur edi (SSSR tajribasi).
Shu vaqt davomida SSSR deb atalgan sobiq mamlakatda rivojlanish
tobora susayib bordi, sotsial tanglik kuchaydi, bunga bir qancha sabablar
bor. Avvalo voqealarni sun'iy tezlashtirishga urinildi. 1928 yildan boshlab
yangi iqtisodiy siyosat vazifalari inkor etildi, vaholanki bu jiddiy va uzo-
qqa mo`ljallangan siyosat edi. Kapitalistik munosabatlarga chek qo`yishga
shoshildik, ma'muriy-buyruqbozlik usulini joriy qilib, ayniqsa qishloq
xo`jaligida majburiy kollektivizatsiya kabi yirik xatolarga yo`l qo`ydik,
dehqonlar va ishbilarmonlarning faoliyatiga sun'iy to`siqlar yaratdik. Ik-
kinchi beshyillik oxirida sotsializm qurib bitkazilganligini e'lon qildik va
AQSHga yetib olish va undan o`zib ketish vazifasini belgiladik. II Jahon
urushi oqibatlari va undan keyingi voqealar, sovuq urush, qurollanish poy-
gasi (40-50 foiz harajat), boshqa davlatlarga beg`araz yordam, ilmiy-
texnika taraqqiyotiga e'tiborning kamligi (kibernetika va genetikani dastlab
inkor etish) iqtisodiyotda qo`pol xatolar va yomon oqibatlarga olib keldi.
Ayniqsa, og`ir sanoatning ustun rivojlanish qonuni katta ziyon keltirdi.
1953 yilda Stalin vafotidan so`ng G.M.Malenkov tomonidan xalq iste'mol
mollarini ko`proq ishlab chiqarish g`oyasi zararli deb e'lon qilindi. Ayniqsa
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
259
N.S.Xrushchevning iqtisodiy siyosati xalq xo`jaligini keskin og`ir ahvolga
solib qo`ydi.
Ilg`or kapitalistik davlatlarda qayta qurish (agar shunday deyish
joiz bo`lsa) ancha ilgari boshlandi. Masalan AQSHda 1929-33 yillar buyuk
inqiroz davrida 17 mln ishsiz bo`lgan paytda sotsializatsiya rejalari tuzildi,
insonning manfaatlarini ta'minlamay, himoyalamay borib halokatga
uchrash mumkinligi ayon bo`lib qoldi (buning uchun 200-250 yil kerak
bo`ldi).
II Jahon urushidan keyin Germaniyada L.Erxard tomonidan ijti-
moiy yo`naltirilgan iqtisodiyotga yo`l ochildi, Shvetsiya va bir qancha
mamlakatlarda davlat tomonidan sotsial himoya kuchli qilib qo`yildi.
Yuqorida aytilganidek, bir qancha davlatlar sotsializm g`oyasidan
voz kechmagan. XXRda sotsializm asoslarini qurish 50-100 yillik vazifa
qilib belgilangan, KXDR, Kuba va Vyetnam sotsialistik respublikasida
ham bu jamiyatni qurish uchun harakat bor.
Markscha ta'limot tarix sinovidan to`la o`tmadi. Uning taqdiri kela-
jak tarixi hukmiga havola etiladi.
XULOSA
Sen-Simonizm ta'limoti o`z rivojida to`rtta bosqichni bosib o`tdi.
Birinchi bosqich uning 1815 yilgacha yozilgan asarlarida yoritilib,
olimning ijtimoiy-iqtisodiy tafakkuri endi shakllanib borayotgan edi.
Ikkinchi bosqich Sen-Simon hayotining so`nggi o`n yilligida yozilgan
asarlarni o`z ichiga olib, ularda kapitalizm tabiiy va abadiy degan fikrdan
qaytib, yangi, qarama-qarshilik va raqobat o`rniga birodarlik va
hamkorlikka asoslangan jamiyat vujudga kelishi ko`rsatiladi. Bu
almashinuv tinch yo`l bilan, "industriallar jamiyati"ning rivojlanishi va
feodallarni tugatish asosida olib boriladi. Sen-Simon umuman xususiy
mulkchilikka qarshi chiqqan emas, u faqat jamiyatda ma'lum nazorat
o`rnatilganligi maqsadga muvofiqdir, deb hisoblaydi.
Uchinchi bosqichga Sen-Simonning vafotidan keyin olti yil ichida
uning shogirdlari yaratgan asarlar hamda ularning tashviqot va amaliy
faoliyati kiradi. Bu bochkichda Sen-Simonizm sotsialistik ta'limotga
aylanib, xususiy mulkchilikni bartaraf etishni, boylikni har kimning
mehnati va layoqatiga qarab taqsim qilishni , ishlab chiqarishni esa
rejalashtirishni talab qiladi. Bu g`oyalar to`liq ravishda 1829 yillarda Sen-
Simonning yaqin shogirdlari S.A.Bazar, B.P.Anfonten, B.O.Rodrig
tomonidan Parijda o`qilgan ommaviy ma'ruzalarda o`z aksini topdi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
260
Sen-Simon va uning shogirdlari asarlarida siyosiy iqtisodning
asosiy kategoriyalarining ilmiy tahlilini uchratmaymiz. Ular qiymat
shakllarini, ish haqi, foyda va yer rentasining xususiyatlarini o`rganishni
maqsad qilganlari yo`q. Balki, siyosiy iqtisod fani oldiga yangi vazifalarni:
kapitalistik ishlab chiqarish usulining vujudga kelishi va rivojlanishi,
undagi qarama-qarshiliklar, nima uchun va qanday ko`rinishda
sotsializmga o`rin bo`shatishi kerakligini o`rganishni qo`yadi.
1831 yilda boshlangan to`rtinchi bosqich Sen-Simonizm inqirozi
bosqichidir. Ishchilar orasida mustahkam o`rin egallamagan Sen-
Simonchilar dastlabki revolutsiyalar davrida ancha o`zlarini yo`qotib
qo`ydilar. Natijada ular orasida kelishmovchiliklar vujudga kelib, ikkiga
bulinishga, keyinchalik esa umuman Sen-Simonizmning oqim sifatida
tarqalib ketishiga sabab bo`ldi.
Sen-Simon agar yangi jamiyatning umumiy qiyofasini, ya'ni
eskizini yaratgan bo`lsa, Furye o`z navbatida undagi mehnatni va hayotni
tashkil qiluvchi alohida yacheykalarning mohiyatlarini o`rgandi. Furye
asarlari va g`oyalarining ahamiyati shundan iboratki, olimning o`zi
kapitalizm qonuniyatlarini o`rganishga harakat qildi. Uning mehnatni
tashkil qilish, mehnatni tabiiy zarurat o`rnida bilish va musobaqalar
to`g`risidagi g`oyalari hozirgi davrda ham katta ahamiyatga egadir.
Xayoliy sotsialistlar ichida Ouen birinchi bo`lib klassik iqtisodiy
maktab prinsiplari asosida kapitalizmga qarshi xulosalarni chiqardi. U o`z
qarashlarini Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi asosida yaratib,
ayrim hollarda Buagilber qarashlaridan ham keng foydalandi.
Sen-Simon va Furye ta'limotlari bilan tanishgan chogimizda
ularning g`oyalari to`liq sotsialistik bo`lmay, hali xususiy mulkni saqlab
qolganliklari, kapitalistlarning sinf sifatida saqlab qolinishi va ularning
ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib, foyda olishlari mumkinligini
kuzatamiz. Ouen sistemasi esa ulardan farq qilib, nafaqat sotsialistik
qarashlarni rivojlantirdi, shu bilan birga ikkinchi yuqori faza bo`lmish
kommunizmni ham tasvirladi.
Lekin Ouen ta'limoti ham qarama-qarshiliklar va tartibsizliklardan
xoli emas edi. Chunki sinfiy munosabatlarning yetilmaganligi jamiyatni
qayta qurish imkoniyatini bermas edi. Garchand Ouen ishchilar sinfining
tutgan o`rnini to`g`ri tushunmagan bo`lsada, o`z g`oyalari bilan marksistik
iqtisodiy ta'limotning vujudga kelishida alohida o`rin egallagan edi.
R.Ouen tashviqotlaridan ruhlangan klassik iqtisodchilar Smit va
Rikardo ta'limotlari bilan yaqindan tanish bo`lgan va siyosiy iqtisodda
ishchilar manfaatlarini birinchi bor ifoda etgan kishilar sotsialist-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
261
rikardochilar edi. Ularning iqtisodiy g`oyalari Ouennikiga nisbatan ancha
mukammal bo`lib, Rikardo ta'limotini ilmiy rivojlantirishga urindilar.
Sotsialistlar Rikardoning "qiymatning mehnat nazariyasi"ni chuqur
o`rganib, uni mantiqiy nihoyasiga yetkazdilar. Ular mehnat bilan kapital
o`rtasidagi ayirboshlashni mavjud qonunlarga zid deb fanda foydani ilmiy
izohlash zarur deb ko`rsatdilar. Lekin o`zlari bunga haqiqiy ilmiy ta'rif
bera olmadilar.
XIX asrning 20-30 yillarida sotsialist-rikardochilar ilk ishchilar
harakatlari shakllanayotgan davrda katta ijobiy yutuqlarga erishdilar va
iqtisodiy ta'limotlar tarixi fani rivojiga ma'lum hissa qo`shdilar.
XIX asrning o`rtalarida marksizm iqtisodiy ta'limoti vujudga keldi.
Bu ta'limot bo`yicha kapitalizmning o`z davri uchun (avvalgi
formatsiyalarga nisbatan ustunligi ijobiy tomonlari ko`rsatib berildi. Lekin
bu jamiyatning kelajagi yo`q ekanligi, o`z o`rnini yangi jamiyatga
bo`shatib berishi "isbotlandi"). qiymatning mehnat nazariyasi asosida
ishchilarning ishlab chiqarish vositasidan mahrum qilinishi (yoki
kapitalistlar tomonidan egallanishi) natijasida kapitalistlar qo`shimcha
qiymat olish yo`li bilan doimo boyib borishi, ishchilarning "ekspluatatsiya
qilinishi va qashshoqlashib borishi" qonuni ochildi.
Kapitalizm ichki qarama-qarshiliklarining chuqurlashuvi tufayli
bozor mexanizmi ularni tartibga sola olmadi. Korxonalarning hajmi
inqirozlar tufayli doimo o`sib borishi, firmalarnng yiriklashuv tendensiyasi
kapitalizm
xususiyatidir.
Ayrim
odamlar
tomonidan
mulkning
monopolizatsiyasi ro`y beradi, ishchi kuchi tovarga aylanadi, ommaning
proletarlashuvi kuchayadi, ularning ko`pchiligida ishsizlik va boshqa
negativ holatlar tufayli norozilik ortadi, oxir-oqibatda kapitalistik jamiyat
yemiriladi. Bu jarayon dastlab eng rivojlangan bir qancha mamlakatlarda
bir vaqtning o`zida ro`y beradi, deb bashorat qilindi. Yangi jamiyatda
xususiy mulk o`rniga umumxalq mulkining ustun bo`lishi ko`rsatildi.
XIX asrning oxiri va XX asr boshida kapitalizmning
monopoliyalashgan davrida leninizm ta'limoti yuzaga kelgan bo`lib,
marksizm to`ldirildi va rivojlantirildi. Bu ta'limotga ko`ra kapitalizmning
yemirilishi va inqilob nisbatan past rivojlangan, imperializm zanjirlari
bo`sh bo`lgan ayrim mamlakatlarda ham ro`y berishi mumkinligi
ko`rsatildi. Bu bashorat XX asr boshida qisman Rossiya, Mongoliya, II
Jahon urushidan keyin bir qancha Yevropa, Osiyo va Amerika
mamlakatlarida oqlandi. 70 yildan ortiq davom etgan "sotsialistik" jamiyat
qurish tajribasi o`zini to`la oqlamadi. Ayniqsa, sof bozor munosabatlaridan
voz kechish, davlat mulkining yetakchi bo`lib olishi va davlatning
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
262
iqtisodiyotga faol aralashuvi, xususiy mulk va xususiy savdoning inkor
etilishi, yerga davlat monopoliyasi, erkin raqobatning musobaqa bilan
almashtirilishi,
baholarning
yuqoridan
qat'iy
belgilanishi,
planlashtirishning yuqoridan qat'iy joriy qilinishi, erkin tanlash huquqining
cheklanganligi va boshqalar bozor munosabatlarining yangi shakli -
ma'muriy-buyruqbozlik asosidagi iqtisodiyotni keltirib chiqardi, erkin
bozorga zid iqtisodiyotni vujudga keltirdi. Oqibatda sobiq SSSR va boshqa
"sotsialistik" deb atalgan mamlakatlarda iqtisodiy va siyosiy inqiroz ro`y
berdi, ular parchalandi va bozor iqtisodiyoti yo`liga o`tishga majbur bo`ldi.
Dostları ilə paylaş: |