68
Nazariyaning yetakchi bosh (kalit)
taxmini shundaki, odamlar resurs-
larni va o‘zlarining maqsadlarini ko‘proq foyda olish nuqtai nazaridan kelib
chiqib, ratsional ongli ravishda tanlaydilar.
Ratsional (oqilona) qaror qabul qilayotgan odam ishlarning holatini o‘zi
kiritadigan o‘zgartirishlar bu harakatlardan so‘ng kutilayotgan chegara foy-
da kutilayotgan chegara qiymatdan oshishini mo‘ljallab o‘zgartiradi. «Che-
gara» tushunchasi bu yerda «o‘suvchi» yoki kamayib boruvchi ma’nolarini
bildiradi va iqtisodiy o‘zgaruvchanlikdagi o‘zgarishlarga taalluqli bo‘ladi.
Ko‘rib chiqilayotgan bunday o‘zgarishlar, odatda, uncha katta bo‘lmaydilar,
ammo ular haqidagi axborot asosida qabul qilinadigan chegara qaror (ya’ni
bu o‘zgarishlarning chegaralari va ularni hisobga olish haqidagi qaror) iqti-
sodiy amaliyotga sezilarli tuzatishlar kiritishi mumkin.
Tanlov oqilona bo‘lishi uchun vaqt hamda axborot kerak.
Unisi ham,
bunisi ham tanqis va qimmat turadi. Masalan, biz kamdan-kam hollardagina
tanlovni to‘g‘ri amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hamma axborotga ega
bo‘lamiz. Axborot qiymat xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli bu tovar
uchun bizning vaqtimizni va resurslarimizni tejab, uni to‘plovchi, qayta ish-
lovchi iqtisodiy subyektlarga haq to‘laganimiz afzalroqdir.
Bozor iqtisodiyoti
Iqtisodiy tizimning boshqa tiplari oldida bir qator
ustunlikka ega. Mana ulardan ayrimlari:
Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar uchun tanlashda katta erkinlik.
Tizim firmalar o‘rtasidagi raqobatga yordam
berib ularni bozordan
surib chiqarmaslik uchun kattaroq samaradorlikka intilishga majbur qiladi.
Muvaffaqiyatliroq ishlovchi firmalar kattaroq foyda ham oladilar. Bu
yangi tovarlarni ishlab chiqarishi uchun rag‘batdir.
Tizimni boshqarish uchun xizmatchilarning katta sonli apparati kerak
emas.
Tizim iste’molchilarga ko‘p huquqlar taqdim etadi.
Bozor и³тисодиёти
Aralash iqtisodiyot
Buyruqbozlik iqtisodiyot
Uning tavsiflari:
Xususiy mulk
Tanlash erkinligi
Raqobat
Davlatning cheklangan
roli
O‘zida
bozor
va
buyruqbozlik
iqtiso-
diyotlari xususiyatlarili
birlashtiradi
Uning tavsiflari
Davlat mulki
Rejali ishlab chi-
qarish
(resurslar
hukumatning
ko‘rsatmasiga qarab
taqsimlanadi)
Rejali taqsimot (narx
hukumat tomonidan bel-
gilanadi)
Nima ishlab chiqarish? Qandoq ishlab chiqarish? Kim uchun ishlab chiqish? – aso-
siy iqtisodiy muammolarni turlicha usullarda hal qilishlari bilan ifodalanadi.
69
Biroq bozor tizimining kamchiliklari mavjud
ularni davlat hal qilishi
lozim. Bular:
Jamiyatdagi tengsizlik.
Iqtisodiy rivojlanishdagi muqimsizlik.
Hukmronlik qiluvchi firmalar kamroq muvaffaqiyat bilan ishla-
yotganlarni xo‘jalik hayotidan siqib chiqaradi.
Aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilish.
Ijtimoiy xarajatlar va foydalar butun jamiyatning
xarajatlari bilan
bog‘liq.
O‘ta zarur ijtimoiy ne’matlar.
Ijtimoiy ne’matlar, masalan, ko‘chalarni yoritish,
jamoat tartibini
saqlash, soliqlar hisobiga moliyalashtiriladi va davlat tomonidan taqdim eti-
ladi.
Dostları ilə paylaş: