Iste’molchini himoya qilish Yakka tartibdagi iste’molchi bozorda tovarlar va xizmatlarni taqdim
etuvchilar bilan aloqaga kirishganida juda noqulay vaziyatga tushib qoladi.
Shaxsda ishbilarmonlik olamida texnik bilimlar yetishmay qolishi mumkin.
Yakka iste’molchi aldanib qolmasligi yoki chalg‘itib qo‘yilmasligi uchun
hukumat uni himoya qilish choralarini ko‘rgan.
Savdo va tovarlarni taqdim etish qoidalari Qonunchilik taqdim etilayotgan tovarlarning juda bo‘lmaganda uchta
shartga javob berishlarini talab qiladi:
tovarlar sifatli bo‘lishlari lozim. Masalan, agar xaridor o‘ralgan ki-
yimni uyda ochganida unda teshik borligini aniqlasa, u yaroqsiz kiyimni
qaytarib berish huquqiga ega bo‘lishi kerak;
tovarlar o‘zlari mo‘ljallangan maqsadlarga javob berishlari kerak.
Masalan, gazon o‘ruvchi uskuna o‘tni o‘rishi, idish yuvuvchi mashina idish-
tovoqlarni yuvishi kerak va hokazo;
tovar nimaga mo‘ljallanganligi va undan foydalanish usuli sotish
joyida uning o‘ramasi (upakovkasi) ustida, yozilgan bo‘lishi yoki xaridor bu
haqda sotuvchidan bilib olish imkoniga ega bo‘lishi kerak.
Mana shu shartlardan hatto bittasiga rioya etilmaganida xaridor o‘z
pulini qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sotuvchilar e’tiborli va madaniyat-
li, bo‘lishlari lozim. Xaridor o‘zi sotib olgan tovarni o‘rgangan va tovarning
nuqsonlari xarid paytida unga namoyish qilingan hollarda u sotuvchiga hech
qanday talab qo‘yishi mumkin emas.
Tovar xususiyatlarining bayoniga talablar Mazkur talablar tovarlar va taklif qilinayotgan xizmatlarning
xususiyatlarini noto‘g‘ri ta’riflaydigan sotuvchilarga qarshi qaratilgan. Ma-
64
salan, sotuvchi neylon va jundan iborat bo‘lgan mahsulotning tovar
yorlig‘ida uni «toza junmato» deb ko‘rsatdi. Tovar xususiyatlarining
og‘zaki ta’rifi noaniqlikka tenglashtiriladi.