67
tashkil etish, epidemiyalar bilan kurashish va hokazolar)ga ko‘ra, faqat bo-
zor mexanizmi asosida imkoni bo‘lganidan ko‘ra, yaxshiroq qondirishi
mumkin;
- u bozor mexanizmlari faoliyatining salbiy oqibatlari (fuqarolar fa-
rovonligi – boyligidagi
haddan tashqari katta farq, tijorat firmalarining
faoliyatidagi atrof-muhitga yetkazilishi)ni yumshatishi mumkin. Shuning
uchun XX asrning oxiri tamadduni (sivilizatsiyasi) uchun aralash iqtisodiyot
tizimi ko‘pchilik hollarda qo‘llanilishini ko‘plab kuzatiladigan bo‘lib qoldi.
Bunday iqtisodiy tizimda garchi ayrim mamlakatlar Fransiya, Germani-
ya, Buyuk Britaniya va boshqalarda yetarli darajada
yirik davlat sektori
mavjud bo‘lsada, iqtisodiy resurslarga xususiy mulk asos hisoblanadi.
Davlat sektoriga kapitallari to‘liq yoki qisman davlatga tegishli bo‘lgan
korxonalar kiradilar, ammo bu korxonalar:
a) davlatdan rejalar olmaydilar;
b) bozor qonunlari asosida ishlaydilar;
v) xususiy firmalar bilan teng asoslarda raqobatla-shishga majburdirlar.
Bu mamlakatlarda
muhim bosh iqtisodiy masalalar, asosan, bozor
tomonidan hal qilinadi. Aynan bozorlar Iqtisodiy resurslarning ko‘pchilik
qismini taqsimlaydilar. Shuning bilan birga bu resurslarning bir qismi
markazlashtiriladi va bozor mexanizmining ayrim zaifliklarining o‘rnini
qoplash maqsadida davlat tomonidan buyruqbozlik
mexanizmi yordamida
taqsimlanadi. Iqtisodiy tizim ko‘plab odamlarning cheksiz ehtiyojlarini
qondirishga intilib ko‘plab qarorlar qabul qilishlariga asoslangan. Bu qaror-
lar cheklangan resurslarni taqsimlash muammosi sohasiga oiddir.
Dostları ilə paylaş: