Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Savdo shartnomalari
savdoga, savdo va dengizda suzishga, savdo va 
kemalar qatnoviga taalluqli bo‘lishi mumkin. Bu hujjatlar tashqi savdoning 


108 
bo‘lganidek davlat bilan iqtisodiy munosabatlarning Boshqa shakllarining 
ham umumiy tamoyillari va huquqiy asoslarini o‘rnatadilar. Ular savdo 
munosabatlarining huquqiy rejimini belgilaydilar. Savdo shartnomalari 
ma’lum muddatga bo‘lganidek, muddati ko‘rsatilmasdan ham tuziladi. Sav-
do shartnomalari ratifikatsiya qilinishi kerak va ular ratifikatsiya yorliqlari 
almashilganidan keyingina kuchga kiradi. 
Savdo kelishuvlari
tovar aylanmasiga taalluqlidir, ya’ni hujjatda 
tomonlar ma’lum bir vaqt mobaynida bir-biriga yetkazib beradigan to-
varlarning nomlari va miqdori o‘rnatib qo‘yiladi. Bu hujjatlar tomonlarning 
tovarlarni aniq yetkazib berish niyatlari belgilab qo‘yiladi. Uzoq muddatli 
kelishuvlar bu mamlakatlar bilan savdoning istiqbolli rivojlanishini yarat-
ishga yo‘naltirilgan. 
Uzoq muddatli savdo kelishuvlarining ijro qilinishi uchun, odatda, har 
yili tovarlarni o‘zaro yetkazib berish haqidagi bayon (protokol)lar imzola-
nadi. Kelishuvlarda ikkinchi tomonga obyektlarning qurilishi va ulardan 
foydalanish bilan bog‘liq texnik hujjatlar, litsenziyalarni o‘tkazish ko‘zda 
tutilishi mumkin. 
Hamkorlikning yana bir shakli ilmiy-texnik hamkorlik haqidagi 
kelishuvga muvofiq amalga oshiriladigan ilmiy-texnik tajriba almashi-
nuvidir. 
To‘lov kelishuvlari
– bu ikki yoki bir nechta davlat hukumatlari 
orasidagi tashqi savdo boshqa amallar bo‘yicha hisob-kitoblarning tartibi 
haqidagi kelishuvdir. 
Ularning bank hisob raqamini ochish tartibi o‘rnatilib, valyuta belgila-
nadi. 
Kredit kelishuvi
– bu kredit taqdim etish va uni qaytarish shartlari 
haqidagi kelishuvlardir. U tovar va xizmatlar to‘lov muddati kechiktirib 
sotilayotganda, Shuningdek, pul va moddiy qiymatlarni qaytarib berish va 
muayyan foiz to‘lash shartlari bilan o‘tkazish (berish)da tuziladi. 
Bojxona ta’rifi
– bu tovar bojxona chegarasidan o‘tkazilganida oli-
nadigan boj to‘lovlarining tizimlash-tirilgan ro‘yxatidir. Unda import bojla-
rining ikki turi bor. Bular: minimal va maksimal bojlardir. Minimal boj eng 
katta qulaylik rejimi tamoyilini tanlangan davlat tovarlariga qo‘llaniladi. 
Boshqa mamlakatlarga nisbatan maksimal bojlarini qo‘llash ko‘zda tutiladi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin