Davlat qarzi – bu hukumatning davlat qimmatbaho qog‘ozlarining
egalari oldidagi qarzining umumiy hajmidir. U o‘tgan davrlardagi byudjet
tanqisliklari (byudjet ortiqchaliklarini olib tashlagandan so‘ng qolgan)ning
summasiga tengdir.
Jahon amaliyoti byudjet tanqisligi muammosini hal qilishining to‘rtta
usulini biladi. Bular:
byudjet xarajatlarini qisqartirish;
qo‘shimcha daromadlar manbaalarini izlab topish;
davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan,
ta’minlanmagan pullarni muomalaga chiqarish (emissiya qilish);
fuqarolardan, banklardan, xo‘jalik tashkilotlaridan boshqa davlatlar va
xorijiy moliyaviy tashkilotlardan pul qarzga olish.
Pulni qarzga olish
davlat qarzini vujudga keltirib, u ikki turli bo‘ladi.
Bular:
Ichki qarz – ichki qarzlarning qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olgan o‘z
mamlakatining fuqarolari, banklari va firmalari, shuningdek, chet el
fuqarolari oldidagi qarz;
Tashqi qarz – hukumatlararo kelishuvlar asosida pul taqdim etgan
hukumatlar, xalqaro banklar, moliya tashkilotlari oldidagi qarzlar.
Davlatning mavjud bo‘lishi va uning o‘z vazifalarini bajarilishi, keladi-
gan xo‘jalik faoliyatini ochiq, oshkor yuritimoqchi bo‘lgan shaxslarning
qiziqishlariga zarar yetkazmaydigan
soliqlarga tortish va davlat
mablag‘larini mohirona boshqaradigan tizimni yaratishini talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosati Xalqaro iqtisodiy hamkorlik – bu davlatni o‘rtasidagi ko‘p qirrali
tashqi-iqtisodiy aloqalarning obyektiv jarayonidir.
Tashqi iqtisodiy aloqalar tovarlar ayirboshlash, ishlab chiqarishni va
ilmiy-texnik hamkorlikni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, shuningdek,
iqtisodiy hamda texnik yordam ko‘rsatish, qo‘shma korxonalar tuzish va
iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllarini qamrab oluvchi xalqaro xo‘jalik
va savdo-siyosiy munosabatlaridir. Bu munosabatlarning barchasi tovar ish-
lab chiqarishning rivojlanishi natijasidir.