Ijtimoiy natijalarga hamkorlik asosida sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi,
sohasida ta’minlanadigan ijobiy siljishlar, mehnat sharoitlarining yaxshilan-
ishi kiradi.
Xalqaro hamkorlikning samarasini aniqlashda
iqtisodiy natijalar va xa- rajatlar solishtiriladi .
Iqtisodiy natijalar deyilganda import va shu turdagi mahsulotlarning
o‘zida mamlakatning import mahsulotlariga o‘xshash mahsulotni mamlakat
ichida ishlab chiqarishdan voz kechish munosabati bilan amalga oshiril-
magan
xarajatlarini,
shuningdek,
mamlakat
iqtisodiyotida
import
mahsulotlaridan foydalanishning samarasini ifodalovchi qiymat bahosi
tushuniladi.
Xarajatlar deyilganda mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan kapital
mablag‘lar va xarajatlar hamda ishlab chiqarish jarayoniga yordam berish
uchun qilinadigan, tarkibiga transport sarflari, o‘rnini bosish xarajatlari, ta-
biiy resurslarning cheklanganligini aks ettiruvchi mahsulotni oxirigacha
iste’mol qilmaslikdan iqtisodiyotning yo‘qotishlari (zararlari)ni kiritgan
xalq xo‘jaligi xarajatlari; tashqi savdo tashkilotlari va boshqalarning xa-
rajatlari tushuniladi.
Shuningdek, iqtisodiy samarali bo‘lgan tashqi iqtisodiy bitishuvlarning
u yoki bu tomonini xarakterlaydigan xususiy ko‘rsatkichlar ham
qo‘llaniladi. Bunday ko‘rsatkichlarga importning valyuta samaradorligi
ko‘rsatkichi kiradi.
Eng maqbul va iqtisodiy jihatdan foydali variant milliy iqtisodiyotning
jahon xo‘jaligi iqtisodiyoti bilan integratsiyalashishi, uning foyda va im-
koniyatlaridan foydalanishdir.
Nazorat savollari 1. Tashqi iqtisodiy aloqalar nimalardan tashkil topadi?
2. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini tubdan qayta qurish ni-
ma bilan bog‘liq?
113
3. Tashqi iqtisodiy siyosatni yuritish uchun qanday vositalardan foyda-
laniladi?
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy strategiyasi nimadan ibo-
rat?
5. Tashqi iqtisodiy aloqalarning iqtisodiy samaradorligini baholash
qanday amalga oshiriladi?