Iqtisodiy o‘sish modellari Iqtisodiy o‘sish nazariyasining eng muhim muammolari :
o‘sishni tendensiyalari va manbaalari;
uning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash;
tanlanayotgan texnologik siyosatning oqibatlari;
milliy xo‘jalik tuzilmalarining yangilanish sur’atlari;
omillar va natijalar o‘lchovidir.
Neoklassik model . Iqtisodiy o‘sishning neoklassik konsepsiyasining
asosiy boshlang‘ich elchisi ishlab chiqarishning har bir omili Ishlab chiqari-
ladigan mahsulotning tegishli ulushini «ta’minlashi» haqidagi taxminidir.
Iqtisodiy o‘sishning neoklassik tahlilining asosiy vositasi ishlab chiqarish
vazifasi (faoliyati)dir.
Multiplikator akselerator (tezlatkich)ning neokeyns modeli. Jamg’armalar – iste’molga sarflanmaydigan hamma resurslar.
Investitsiyalar – bu jamiyatning real kapitalini oshirishga, ya’ni ishlab
chiqarish apparatini kengaytirish va modernizatsiyalashga yo‘naltiradigan
iqtisodiy resurslar.
Neokeyns makroiqtisodiy tahlilda quyidagi shart qabul qilinadi:
DS=dI bunda, DS – o‘sgan jamg‘armalar;
dI – o‘sgan investitsiyalar.
Neokeyns makroiqtisodiy modellari zarur shart sifatida investitsiyalarn-
ing jamg‘armalarga teng bo‘lishini, ya’ni jamg‘arishga ajratiladigan
mablag‘larning to‘liq sarflanishini ko‘zda tutadi. Bu kattaliklarning
tengsizligi Iqtisodiy muvozanatning buzilishi deb sanaladi. I ning sidan
oshiqligi resurslarning investitsiya talabiga solishtirganida yetishmasligini.
S ning I dan ortiqligi esa resurslarning yetarli darajada to‘liq band emaslig-
YaMM1
YaMMO
=
·100%
YaMMning o‘sishsur’ati
116
ini bildirishi kerak. Bu ma’noda iqtisodiy tartibga solishning vazifasi milliy
daromadni samarali talab manbai sifatida to‘liq ishlatishga erishishdadir.