Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128
iqtisodiyot asoslari

2. Hisob stavkasi siyosati
– pul muomalasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tart-
ibga solish chorasi. U hisob stavkalarining turli variantlarini qo‘llashda 
ifodalanadi. Ya’ni stavkalar turli vaziyatlarda turlicha miqdorda belgilanadi 
yoki moliyaviy qudrati har xil bo‘lgan tashkilotlarga stavkalar darajasi har 
xil (boshrog‘iga ko‘proq, oxirigacha pastroq) qilib belgilanishi. Kredit 
faoliyatini boshqarish uchun qo‘llaniladi. 
3. Minimal zaxiralar siyosati
– bu pul-kredit siyosatining eng katta 
chorasidir. Tijorat banklari Markaziy bankining hisoblarida saqlashga 
majbur bo‘lgan zaxiralar me’yorini variatsiya qilishda ifodalanadi. Tizim-


123 
dagi kredit massasini tez siqish yoki kengaytirish uchun vosita sifatida 
qo‘llaniladi. 
Emissiya banki
o‘z vositalari (choralari) yordamida xaridorlarda pul-
larning bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ularning mi-
qdorini kamaytirar yoki ko‘paytirar ekan u buning uchun faqat impuls (tur-
tki) bera oladi, xolos. Monetar impulslarni ko‘chirish shuning uchun ham 
shunday mexanik aloqaga eng kam darajada mos keladi. 
Pul-kredit siyosati 
Pul-kredit siyosati – pul emissiyasining hajmini, pul massasining kattal-
igi va tuzilmasini inflyatsiya o‘sishining oldini olish va iqtisodiyotning bar-
qaror o‘sishini qo‘llash uchun tartibga solish. 
Kredit
– odatda, foiz to‘lab qaytarilish sharti bilan pul yoki tovar 
shaklida beriladigan ssuda, uning harakati davomida kreditor va qarzdor 
o‘rtasida ma’lum iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi. 
Kredit munosabatlarining mohiyati shundaki, almashinish ekvivalentini 
to‘lash muddatlari bilan variatsiyalarni qo‘llash (variatsiyalash) iqtisodiy 
tizimdagi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish sikllarining 
vaqtincha mos kelmasligini bartaraf etish imkonini beradi. Kreditning aso-
sini bitishuvning ssuda deb ataluvchi tipi tashkil qiladi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin