narxlar indeksi qo‘llaniladi.
Narxlar indeksi tovarlar va xiz-
mat narxlari o‘zgarishining o‘rtacha foizdir.
Inflyatsiya iqtisodiyotga turli yo‘llar bilan ta’sir qiladi.
u tezlashish tendensiyasiga ega;
u daromadning taqsimlanishiga ta’sir qiladi: ba’zilar u tufayli yutadi-
lar, boshqalar esa yutqazadilar;
u to‘lov balansining tanqisligiga olib kelishi mumkin;
qarz olganlar qarz berganlar hisobiga yutadilar.
Inflyatsiyaning yuzaga kelishini tushuntirish uchun bir nechta nazariya
yaratilgan. Bular:
narxlarni tepaga tortuvchi haddan tashqari oshib ketgan talab infly-
atsiyani keltirib chiqaradi;
narxlarining o‘sishiga olib keluvchi xarajatlarning oshishi inflyatsiya-
ni keltirib chiqaradi;
monetarlik: pul massasi tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar
ko‘rsatishdan tezroq oshib borganda narxlar o‘sadi.
Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari:
naqd pullarning qadrsizlanishi: inflyatsiyani o‘sishi bilan aholining
real daromadi kamayib boradi;
daromadlar va boyliklar turli sinflar o‘rtasida taqsimlanadi;
mehnatkashlarning ahvolining yomonlashgani turmushning qimmat-
lashgani, turmush darajasining pasaygani, ishsizlikda aks etadi, namoyon
bo‘ladi. Ishsizlik mehnatkashlarning turmush darajasining pasayishini asosiy
sabablaridan biridir. Yana bir sabab ish haqining qisqarishi «qashshoqlik che-
garasi»ga sirg‘anib tushish hollarining 40 foizidan ortig‘i 80-yillarda ishni
yo‘qotish bilan bog‘liqdir. Inflyatsiyadan keyin ishsizlikning yuqori darajasi
uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Iqtisodiy nazariyalarga ko‘ra, inflyatsiyaning
va ishsizlikning o‘sishi o‘rtasida bog‘liqlik qonuniyati bor. Unga ko‘ra, infly-
atsiya darajasini 1 foiz kamaytirish uchun ishsizlikning o‘sishini 2 foizga os-
hirish kerak.
Davlat inflyatsiya bilan kurashni turli usullar bilan olib borishi kerak.
Bular: pul siyosatini mustahkamlash, daromadlarni tartibga solish, narxlarni
chegaralash va hokazolardir.