Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   128
iqtisodiyot asoslari

xalqaro mehnat taqsimoti
amalga oshiriladi. 
Buning natijasida ishlab chiqarish jarayonida mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy 
mehnatning iqtisodiyoti va uning natijalarining ayirboshlashi sodir bo‘lishi 
kerak. Xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish qo‘yilgan iqtisodiy maqsad-
larga tezroq va ijtimoiy mehnatni kamroq sarflab erishishga imkon beradi. 
Bundan mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini tezlashtirish uchun hamma 
shakldagi tashqi iqtisodiy almashinuv miqyoslarini oshirish maqsadga mu-
vofiqdir degan xulosa kelib chiqadi. 
Xalqaro tovar almashinuvi
mamlakat uchun agar u, eksprot tovarlarini 
Ishlab chiqarishga eksportdan tushadigan mablag‘ hisobiga importning 
o‘rnini bosadigan tovarlarni ishlab chiqarishga qaraganda kamroq ijtimoiy 
mehnat sarflaydigan hollardagina maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti
ayrim mamlakatlarning o‘zlari almashinadi-
gan ma’lum bir mahsulotlar turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashishlariga 
yordam beradi. Hyech qaysi mamlakat agar u boshqa davlatlardan ajralib
yakkalanib olsa, o‘z xo‘jaligini katta sur’atlar bilan rivojlantira olmaydi. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti bir davlat hududlaridan tashqariga chiqayapti. 
Mahsulotlarning ko‘plab turini milliy ishlab chiqarish borgan sari ichki tal-
ablardan ko‘proq darajada o‘tib bormoqda va ishlab chiqarish eksportini 
hisobga olgan holda tashkil etilmoqda. Shu bilan bir vaqtning o‘zida xalq 
xo‘jaligining bir qator talablarini qondirish mahsulotni chetdan olib kelishga 
mo‘ljallantirilgan. 
Tashqi iqtisodiy aloqalarni
rivojlantirish bir vaqtning o‘zida chetdan 
olib kelinishi iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo‘lgan tovarlarni ishlab 
chiqarish quvvatlarini kengaytirishdan voz kecha borib, ustunlikni mamla-
kat uchun eng samarali bo‘lgan tarmoqlarda konsentratsiyalash (mujas-
samlashtirish) imkonini beradi. Shu munosabat bilan milliy xo‘jalik tuzil-
masini butunlay bo‘lganidek, uning alohida olingan tarmoqlarini ham 
takomillashtirish uchun imkoniyatlar paydo bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish hajmi oshib, mahsulotning yangi turlari, yangi 
texnologiyalar paydo bo‘lib borgan sari bitta mamlakatda mahsulotlarning 
hamma assortimenti jahon texnik darajasida ishlab chiqarish amaliy jihatdan 
mumkin bo‘lmay qoladi. 
Xalqaro iqtisodiy hamkorlik
mahsulot turlari 
ro‘yxatlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarishni konsentratsiyalashni pa-
saytirish va ixtisoslashishini kuchaytirish imkonini beradi. Dunyoning 
ko‘pchilik mamlakatlarida tashqi savdo hajmi ishlab chiqarish hajmiga 
qaraganda ikki barobar tezroq o‘smoqda. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar
ishlab chiqarishni konsentratsiyalash va ixti-
soslashtirishdan milliy chegaralarni olib tashlaydi va ularning samaraliroq 
rivojlanishlari uchun kengaytiradi. 


106 
Tashqi iqtisodiy faoliyat ilmiy-texnik taraqqiyotni dolzarb tadqiqotlarni 
va ishlanmalarni o‘tkazish, bajarish yo‘li bilan tezlashtirish imkonini beradi. 
Bu faoliyat, shuningdek, ularning bazasida iqtisodiyotning butun bir tar-
moqlarini zamonaviy texnika vositalari bilan tezda qayta jihozlash imkoni-
yatini beradi. Tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish ijtimoiy vazifalarni, 
hal qilish ichki bozordagi tovarlar assortimentini boyitish imkoniyatlarini 
yaratadi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish aholining talablarini to‘laroq 
qondirishga yordam qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasida 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin