Iqtisodiyot” kafedrasi “ ” fanidan



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə4/15
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#163597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O‘zbekiston Respublikasida to‘lov balansi

Kurs ishini maqsadi: To‘lov balansining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rnini tahlil qilish asosida ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarni hal qilish kerak:
To‘lov va hisob-kitob balansining mohiyati va qiymatini aniqlashni o‘rganish.
To‘lov va hisob-kitob balanslarini tuzish metodologiyasini, uning tuzilishini ochib berish va tushunish.
Ikkinchi bobda O‘zbekiston Respublikasida to‘lov balansini tuzish muammolarini tahlil qilish bo‘yicha CBU.UZ saytidan ma’lumotlar olish va uchbu ma’lumotlarni yillar kesimida tahlil qilish.
Uchinchi bobda O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi va uning turli yillar orasidagi farqlarini aniqlash va solishtirish.
Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun to‘lov va hisob balansining davlat tomonidan o‘rganish va tartibga solish ob'ekti sifatida ahamiyati ayniqsa yuqori. Shunday qilib, balansni, uning asosiy daromadlari va xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar milliy iqtisodiyot rivojlanishini sezilarli darajada rag‘batlantirishi mumkin.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Mazkur kurs ishiga kirish, 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I-BOB. TO‘LOV BALANSI VA UNING MAZMUN MOHIYATI
1.1. To‘lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi.
To‘lov balansi — ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o‘rtasida bo‘ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo‘nda ifodalab pul-kredit, valyuta, byudjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo‘nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to‘lov balansida o‘z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta operatsiyaalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to‘lov balansini bir tomondan, chyetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chyetga chiqariladigan barcha to‘lovlar ko‘rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum faqat eksport yordamida ta’minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun to‘lovlar va xorijiy valyuta xarajatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda tovar dyeganda ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya’ni, u moddiy nye’mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital va valyuta bo‘lishi mumkin.
1-jadval

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin