Iqtisodiyot” kafedrasi “ ” fanidan


Birlamchi va ikkilamchi hisob



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə9/15
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#163597
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
O‘zbekiston Respublikasida to‘lov balansi

Birlamchi va ikkilamchi hisob.
Birlamchi daromadlar va transfertlarning ijobiy saldosi jismoniy shaxslarning xalqaro qatnovi sezilarli qisqargani va rezidentlarga xorijdan kelgan transchegaraviy pul o‘tkazmalarining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishsiz qolganligi holatida 19 foizga kamaydi.
O‘z navbatida, norezidentlarning investitsion daromadlari (qarzlar va xorijiy investitsiyalar bo‘yicha) 1,9 mlrd. dollarni tashkil etdi.
O‘zbekistonning 2020 yil uchun to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi ko‘rsatkichlarining hisoboti foydalanuvchilarga 202_ yilning mart oyida taqdim qilinadi.
Dastlabki ko‘rsatkichlar tezkor ma’lumotlar va ekspertlik baholashlar asosida tuzilganligi sababli ular yakuniy ma’lumotlar bilan farq qilishi mumkin.
Ma’lumotlar to‘lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiya bo‘yicha qo‘llanma (TBQ6) uslubiyatiga muvofiq tuzilgan bo‘lib, Davlat statistika qo‘mitasining savdo balansi ko‘rsatkichlaridan farq qilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yilning yakuni uchun To‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi bo‘yicha nashriga qisqacha ma’lumot


2020 yilning yakunida O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi ko‘rsatkichlarining shakllanishiga dunyoda davom etayotgan COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq ichki hamda tashqi bozor holatidagi o‘zgarishlar, tashqi savdo aylanmasining pasayishi, global biznes faoliyatining sekinlashishi va moliyaviy xatarlarning ortishi kabi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Shuningdek, 2020 yilning yakunida joriy qilingan karantin chora-tadbirlari mahalliy xarakter kasb etib, transchegaraviy pul o‘tkazmalarining umumiy hajmiga salbiy ta’siri bo‘yicha xatarlar ro‘yobga chiqmadi va rezidentlarga o‘tkazmalar 2019 yilning mos davri darajasida saqlanib qoldi. Bundan tashqari, oltin narxining jahon bozoridagi ijobiy dinamikasi eksport hajmi qisqarishini qisman qoplash imkoniyatini yaratdi.
Yuqorida ta’kidlangan omillar ta’sirida joriy operatsiyalar hisobi 434,2 mln. dollar (2019 yilning yakunida 1,8 mlrd. dollar) hajmidagi defitsit bilan shakllandi. SHuningdek, savdo balansi (tovarlar va xizmatlar) va birlamchi daromadlarning manfiy saldosi (4,2 mlrd. dollar) ikkilamchi daromadlarning ijobiy saldosi (3,7 mlrd. dollar) hisobiga qisman qoplandi.
Shu bilan birga, moliyaviy hisobning manfiy saldosi 755 mln. dollarni tashkil etib, bu ko‘rsatkich rezidentlarning moliyaviy majburiyatlarining ortishi (6,1 mlrd. dollar) hamda rezidentlar tomonidan aktivlarning qabul qilinishi (5,3 mlrd. dollar) oqibatida hosil bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining sof xalqaro investitsion pozitsiyasi 2020 yilning 1 dekabr holatiga 22,3 mlrd. dollarni tashkil etdi. Xalqaro investitsion pozitsiyasining iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2020 yilning yakunlari bo‘yicha davlat boshqaruvi sektori hamda boshqa sektorlar “sof kreditor” pozitsiyasini saqlab qolgan bo‘lsa, bank sektori “sof qarzdor” pozitsiyasini egallab turibdi.
O‘zbekiston Respublikasining umumiy tashqi qarzi 2020 yilning 1 dekaabr holatiga 29,3 mlrd. dollarni tashkil etgan bo‘lib, bunda 18,7 mlrd. dollar davlat sektoriga, 10,6 mlrd. dollar xususiy sektorga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin