Kapital xarakati balnsi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar. Xorijga aktivlarni sotish valyuta zaxirasini ko‘paytirsa, sotib olish esa uni kamaytiradi. Shuning uchun kapital harakati balansi barcha operatsiyaalardan keladigan sof valyuta tushumlarini ko‘rsatadi. Kapital harakati hisobining ijobiy qoldig‘i mamlakatda kapital ko‘payishini bildirsa, uning salbiy qoldig‘i mamlakatda kapital kamayishini bildiradi.
Avval aytib o‘tilganidyek, joriy operatsiyaalar bo‘yicha balans va kapital harakati balansi o‘zaro chambarchas bog‘liq. Bizning misolda birinchisining taqchilligi (-87) katta qismi (+63) kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi va aksincha, agar to‘lov balansi joriy operatsiyaalar bo‘yicha musbat qoldiqqa ega bo‘lsa, kapital harakati hisobi balans bo‘yicha manfiy qoldiqqa yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi.
Shunday qilib, balansning bu ikki bo‘limi bir-biri bilan tenglashib boradi.
To‘lov balansi qoldig‘i= Joriy operatsiyaalar + Kapital harakati balansi Biroq, amalda to‘lov balansining bu qismida ham ko‘pincha kamomad yoki ortiqchalik yuzaga keladi. Barcha mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy zaxiralar deb ataluvchi xorijiy valyuta zaxiralariga ega bo‘lib, bu zaxiralar joriy operatsiyaalar bo‘yicha balans va kapital harakati bo‘yicha balans nomutanosibligini bartaraf etishda qo‘llaniladi. Bizning misolda bu nomutanosiblik yoki qoldiq (-24)ni tashkil etadi va rasmiy zaxiralardan tushumlar hisobiga tartibga solinadi.
II-BOB. O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi va uning tarkibiy tahlili. 2.1.To‘lov balansi xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi tahlili.
2020 yil uchun to‘lov balansi joriy operatsiyalar hisobining dastlabki ko‘rsatkichlari
Markaziy bank tomonidan 2020 yil yakuni bo‘yicha to‘lov balansi joriy operatsiyalari hisobining dastlabki ko‘rsatkichlari tayyorlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2020 yil uchun to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobi defitsiti tashqi savdo aylanmasining qisqarishi, xalqaro pul o‘tkazmalarining deyarli o‘tgan yil darajasida saqlanib qolishi va oltin narxining jahon bozorida o‘sishi kabi omillar ta’sirida 2019 yilga (3,3 mlrd. doll.) nisbatan 10 foizga kamayib, 3 mlrd. dollarni tashkil qildi.
[1-rasm] To‘lov balansi joriy operatsiyalar hisobi savdosi dastlabki ko‘rsatkichlari 2020-yil uchun Jahon bozorlarida energiya resurslari narxining tushishi, shuningdek koronavirus pandemiyasi ortidan jahon iqtisodiyoti o‘sish sur’atlarining sekinlashishi tovarlar va xizmatlar eksporti hajmiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, 2019 yilga (16,9 mlrd. dollar) nisbatan 15,5 foizga yoki 2,6 mlrd. dollarga qisqarib, 14,4 mlrd. dollarga teng bo‘ldi.
Tovarlar va xizmatlar importi o‘tgan yilning mos davriga (26,5 mlrd. dollar) nisbatan 15,6 foizga yoki 4,2 mlrd. dollarga qisqarib, 22,4 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Savdo balansining manfiy saldosi 2019 yilga nisbatan 16 foizga yaxshilanib, 8,0 mlrd. dollarni tashkil etdi.