1.2. Joriy operatsiyaalar hisobi balansi. Joriy operatsiyaalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balansining qoldig‘i deb yuritiladi. Misolimizda bu balans salbiydir, ya’ni, mamlakat tovarlarni chyetga olib chiqishdan ko‘ra ko‘proq olib keladi (-75).
Joriy operatsiyaalarning keyingi moddasi – bu, xizmatlar (transport, sug‘urta, sayyohlik xizmatlari va boshqalar) eksporti va importidir. Misolimizda tovarlar bilan bo‘lgan operatsiyaalardagi kabi xizmatlar bilan bo‘lgan operatsiyaalarda ham mamlakat xorijiy xizmatlarni ko‘proq oladi ya’ni, masalan, mamlakatda yashovchilar xorijga chyetdan mamlakatga keladigan sayyohlarga nisbatan ko‘proq boradilar, shuningdyek, mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish hajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va sug‘urta kompaniyalari ko‘rsatadigan xizmatlar hajmiga qaraganda yuqoriroq va h.k. Bu operatsiyaalar bo‘yicha ham balans salbiy qoldiqqa ega (-12).
Invyestitsiyalardan daromadlar, foizlar va dvidentlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. Agar xorijga qo‘yilgan milliy kapital uchun chyet to‘lovlari bo‘yicha tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun to‘lanadigan to‘lovlar miqdoridan ko‘p bo‘lsa, unda sof daromad musbat bo‘ladi (+8).
Transfert ko‘rinishida pul o‘tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fuqarolariga to‘lanidagan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi o‘z qarindoshlariga pul o‘tkazmalari, turli ko‘rinishdagi hukumat yordamlarini o‘z ichiga oladi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, xorijga jo‘natilayotgan pul o‘tkazishlar miqdori olinayotganiga nisbatan yuqori, ya’ni, operatsiyaalar mamlakatdagi xorijiy valyuta zaxiralarini kamaytiradi (-8).
Joriy hisoblar bo‘yicha barcha operatsiyaalar yig‘indisi joriy operatsiyaalar balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import operatsiyaalari natijasida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab uning eksport operatsiyaalari ta’minlaydigan taklifdan ortiq bo‘lishini anglatadi. Boshqacha aytganda, ushbu holda mamlakat to‘lov balansi joriy operatsiyaalar bo‘yicha kamomadga ega.
Makroiqtisodiy modyellarda joriy operatsiyaalar balansi qoldig‘i quyidagicha beriladi: