X – M = Xn = Y-(S+I+G); bu yerda: X - eksport; M - import; Xn - sof eksport;
S + I + G -YAIMning bir qismi (absorbtsiya)
Joriy operatsiyaalar balansida kamomad bo‘lgan sharoitda, mamlakatning eksportdan olgan daromadlari importga qilgan xarajatlaridan kam bo‘ladi va uni tashqaridan qarz olish hisobiga yoki mavjud aktivlarning bir qismini xorijiy invyestorlarga sotish orqali qoplashi mumkin. Bu operatsiyaalar sof xorijiy aktivlarning kamayishiga olib keladi.
Sof xorijiy aktivlar (NFA) – bu, milliy rezidentlar tomonidan egallab turilgan xorij aktivlari va xorijliklar egalik qilgan mamlakat aktivlari o‘rtasidagi farqni bildiradi.
Joriy operatsiyaalar balansida taqchillik bo‘lmagan sharoitda esa mamlakat xorijiy valyutalarni sarf qilishga nisbatan ko‘proq olib keladi.
Misolimizga aksincha mamlakat joriy operatsiyaalar bo‘yicha balansi ijobiy qoldiqqa ega bo‘ladi. Bunda mamlakatda chyet elda ko‘chmas mulkni sotib olish yoki boshqa mamlakatlarga qarzga berishga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan ortiqcha xorijiy valyuta yuzaga keladi.
1.3. Kapital harakati hisobi balansi. Invyestitsiyalash va kreditlash bilan bog‘liq operatsiyaalar to‘lov balansining keyingi bo‘limida, ya’ni, kapitallar harakati hisobida aks ettiriladi.
Mamlakatda ma’lum bir vaqtda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish va sotish bilan bog‘liq operatsiyaalariga kapital harakati hisobi deyiladi. Kapital harakati hisobi balansida korxonalar, yer, uy-joylar, qimmatbaho qog‘ozlar, aktsiyalar, xazina majburiyatlari va boshqa aktivlarni olish-sotish bilan bog‘liq kapitallar oqimi aks ettiriladi. Bu aktivlar sotilsa yoki eksport qilinsa, xorijiy valyuta mamlakatga kiritiladi, ya’ni valyuta tushumi ko‘payadi (+150). Biroq kapitalni olib kelish bilan bir vaqtda uni olib chiqish bilan bog‘liq operatsiyaalar ham amalga oshiriladi. Bunda mamlakatning tadbirkorlari xorijdan aktsiyalar sotib oladi, xorijliklarga kreditlar beradi va shu asosda ular xorijiy valyuta zaxiralarini sarflaydi. Bu operatsiyaalar debyet ko‘rinishida aks ettiriladi (-87). Kapital harakati balansining qoldig‘i – bu, uni olib kelish va olib chiqish o‘rtasidagi farqdir (+63).
Kapital xarajatlari hisobida aktivlar bo‘yicha barcha xalqaro operatsiyaalar ko‘rsatiladi.