Iqtisodiyot” kafedrasi “Biznesni rejalshtirish” fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 56,15 Kb.
səhifə11/12
tarix02.06.2023
ölçüsü56,15 Kb.
#122142
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kurs ishi

O’zini qoplash davri (PP) investitsiyalar samaradorligini baholashning eng tarqalgan va tushunarli ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bizning amaliyotda qo‘llanuvchi «kapital qo‘yilmalar o‘zini qoplash muddati»dan farqli o‘laroq, u foydaga emas, balki hozirgi qiymatga keltirilgan investitsiya mablag‘lari va pul oqimlariga asoslanadi. Ushbu ko‘rsatkich quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: bu erda:
QD – investitsiya loyihasi bo‘yicha kiritilgan mablag‘larning o‘zini qoplash davri;
IM – investitsiya loyihasini amalga oshirishga yo‘naltiriluvchi investitsiya mablag‘lari miqdori (qo‘yilmalar kiritish vaqti turlicha bo‘lganda hozirgi qiymatga keltiriladi);
POp – shu davrga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha pul oqimi miqdori (hozirgi qiymatda). Qisqa muddatli qo‘yilmalar kiritishda bu ko‘rsatkich 1 oy, uzoq muddatli qo‘yilmalarda esa 1 yil deb qabul qilingan.
Misol. Yuqorida ko’rib chiqilgan investitsiya loyihalari bo’yicha ma’lumotlardan foydalanib, ularning o’zini qoplash muddatini topamiz. Buning uchun birinchi navbatda hozirgi qiymatdagi o’rtacha pul oqimi miqdorini aniqlaymiz. «A» loyhasi bo’yicha: 8758:2=4379 doll. «B» loyihasi bo’yicha esa mos ravishda 8221:4=2055 AQSH doll. O’rtacha yillik pul oqimi qiymatini hisobga olgan holda «A» loyihasi bo’yicha o’zini qoplash muddati 7000:4379=1.6 ga, «B» loyihasi bo’yicha esa 6700:2055=3.3 ga teng. Investitsiya loyihalarini «o’zini qoplash davri» bo’yicha solishtirish «A» loyihasining «B» loyihasiga nisbatan ustunlikka ega ekanligini ko’rsatadi («sof keltirilgan daromad» va «daromadlilik indeksi» ko’rsatkichlari bo’yicha solishtirishda bu unchalik sezilarli bo’lmagan).
«O‘zini qoplash davri» ko‘rsatkichini tavsiflashda shunga e‘tibor qaratish kerakki, bu ko‘rsatkich investitsiyalar samaradorligini bashoratlashdan tashqari, investitsiyalar likvidligi bilan bog‘liq tavakkalchilik darajasini aniqlashda ham qo‘llanishi mumkin (yaxshi bilamizki, loyihani amalga oshirish davri qanchalik uzoq bo‘lsa, investitsiya tavakkalchiliklari ham shunchalik yuqori bo‘ladi). Bu ko‘rsatkichning kamchiligi shundaki, u investitsiyalar o‘zini qoplagan davrdan keyin shakllangan pul oqimlarini hisobga olmaydi. Masalan, ekspluatatsiya muddati uzoq bo‘lgan investitsiya loyihalari bo‘yicha olingan sof keltirilgan daromad miqdori ekspluatatsiya muddati qisqa bo‘lgan investitsiya loyihalari bo‘yicha olingan sof keltirilgan daromad miqdoridan ancha ko‘p bo‘lad

Xulosa
Investitsiyalar samaradorligini baholash investitsiya qarorlari qabul qilish jarayonidagi mas‘uliyat eng yuqori bo‘lgan bosqichdir.
Investitsiyalar samaradorligini baholash qanchalik obyektiv va har tomonlama o‘tkazilganligiga kiritilgan kapitalni qaytarish va kompaniyaning rivojlanish sur‘atlari bog‘liq bo‘ladi. Bunga esa baholashning zamonaviy usullaridan foydalanish hisobiga erishiladi.
Biznes-reja samaradorligini baholash sof keltirilgan daromad, daromadlilik indeksi, o‘zini qoplash davri, ichki daromadlilik normasi kabi ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshiriladi.
Investitsiya amaliyotida inflyatsiya omili bilan muntazam hisoblashishga to‘g‘ri keladi. Uning vaqt o‘tishi bilan pul mablag‘lari qiymatini pasaytirib borishi, inflyatsiyaning (o‘rtacha narxlar indeksining) o‘sishi mos ravishda pulning xarid qilish qobiliyatini pasaytirishga olib kelishi bilan bog‘liq.
Inflyatsiyani hisobga olgan holda investitsiya jarayonlarida pul oqimlarini to‘g‘rilash bilan bog‘liq hisob-kitoblarda ikkita asosiy tushuncha – pul mablag‘larining nominal va real (haqiqiy) qiymatidan foydalanish qabul qilingan.


Yüklə 56,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin