Ichki daromadlilik normasi (IRR) muayyan investitsiya loyihasining diskont stavkasi yordamida ifodalanuvchi daromadlilik darajasini tavsiflaydi, unga ko‘ra pul oqimlarining kelajakdagi qiymati investitsiya mablag‘larining hozirgi qiymatiga keltiriladi. Ichki daromadlilik normasini sof keltirilgan daromad diskontlash jarayonida nolga keltiriluvchi diskont stavkasi sifatida ham tavsiflash mumkin. Misol. Yuqorida ko’rib chiqilgan investitsiya loyihalari ma’lumotlaridan foydalanib, ularning ichki daromadlilik normasini hisoblab chiqamiz. «A» loyihasi bo’yicha pul oqimining hozirgi qiymati (8758 doll) ikki yil ichida investitsiya mablag’lari (7000 doll) miqdoriga keltiriluvchi diskont stavkasini topish kerak. Bu ko’rsatkich 11,9% ga teng bo’lib, mazkur loyihaning ichki daromadlilik normasini aks ettiradi. «B» loyihasi bo’yicha pul oqimining hozirgi qiymati (8221 doll) ikki yil ichida investitsiya mablag’lari (6700 doll) miqdoriga mumkinki, «A» loyihasida bu ko’rsatkich ikki marta ko’p bo’lib, uning «B» loyihasiga qaraganda ustunligi katta ekanligidan dalolat beradi. «Ichki daromadlilik normasi» ko‘rsatkichini tavsiflashda shunga e‘tibor qaratish kerakki, u solishtirma baholash uchun eng to‘g‘ri keluvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunda solishtirma baholash nafaqat investitsiya loyihalari doirasida, balki undan keng miqyosda ham qo‘llanishi mumkin (masalan, investitsiya loyihasi bo‘yicha ichki daromadlilik normasini kompaniyaning joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida foydalaniluvchi aktivlarning foydalilik darajasi bilan, investitsiyalar foydaliligining o‘rtacha normasi bilan, muqobil investitsiyalash bo‘yicha foydalilik normasi bilan solishtirish).
Bundan tashqari, har bir kompaniya o‘zining investitsiya tavakkalchiligi darajasini hisobga olgan holda o‘zi uchun investitsiya loyihalarini baholashda ichki daromadlilik normasining mezon ko‘rsatkichini belgilashi mumkin. Ichki daromadlilik normasi pastroq bo‘lgan loyihalar avtomatik ravishda real investitsiyalar samaradorligiga mos kelmasligi sababli rad qilinadi. Bunday ko‘rsatkich investitsiya loyihalarini baholash amaliyotida «ichki daromadlilik normasining yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan stavkasi» nomini olgan.
«Ichki daromadlilik normasi» ko‘rsatkichi shuningdek, boshqa nomlarga ham ega, masalan, «investitsiyalar rentabellik normasi».
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlarning barchasi o‘rtasida keltiriluvchi diskont stavkasi 5,2%ni tashkil qiladi. Ichki daromadlilik normasini solishtirishda shuni ko’rish o‘zaro aloqa mavjud. Shu sababli real investitsiyalar samaradorligini baholashda bu ko‘rsatkichlarni kompleksli ravishda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.