Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot


Bir-birini o’rnini bosuvchi ne’matlar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə11/158
tarix07.01.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#211760
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   158
Mikroiqtisodiyot

Bir-birini o’rnini bosuvchi ne’matlar- bu bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne’matlardir. Masalan, shaxsning go’sht mahsulotiga bo’lgan ehtiyojini mol go’shti, qo’y go’shti yoki parranda go’shti bilan qondirish mumkin. Odatda, bir-birini o’rnini bosuvchi tovarlardan birining narxining oshishi, boshqasiga bo’lgan talabning oshishiga olib keladi.
O’zaro bir – birini to’ldiruvchi ne’matlar – bu shaxsni yoki ishlab chiqarish ehtiyojini kopmlektlarda qondiradigan ne’matlar. To’ldiruvchi ne’matlardan biriga talab oshsa, qolganlariga ham talab oshadi.
Ne’matlar noyobligi - bu biror tovar yoki resurs hajmining ma’lum vaqt oralig’ida chegaralanganligidir.
CHeklangan ne’matlarni iqtisodiy sub’ektlar o’rtasida ratsional taqsimlashni amalga oshirish uchun har qanday jamiyat quyidagi uchta iqtisodiy savolga javob berishi kerak:
Nima ishlab chiqarish kerak?
Qanday ishlab chiqarish kerak?
Kimga ishlab chiqarish kerak?
Naflilik – iqtisodiy ne’matlar orqali shaxs ehtiyojini qondirish darajasi. Ne’mat inson ehtiyojini qancha to’laroq qondirsa uning nafligi shuncha yuqori bo’ladi.
Iqtisodiy resurslar – ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar yoki ishlab chiqarish omillaridir.
Ishlab chiqarish omillari cheklangan bo’lib, ularga mehnat, kapital, materiallar (xom ashyo, butlovchi qismlar, elektr energiya, gaz, suv va hokazo), er resursi kiradi.
Tadbirkorlik qobiliyati, boshqaruv qobiliyati, axborot – biror ob’ekt to’g’risida va unda bo’layotgan jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlar.
Xarajatlar – mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan sarflar.
Al’ternativ xarajatlar – tanlashda voz kechilgan eng yaxshi al’ternativ variantdan olinadigan natija (qiymat, foyda, naflilik). Al’ternativ qiymatni foydalanilmagan imkoniyat deb ham qarashadi: biror ne’mat qiymatini voz kechilgan boshqa bir nechta ne’mat qiymati bilan ifodalanishi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i – mavjud bo’lgan ishlab chiqarish resurslaridan to’liq va samarali foydalanish orqali ishlab chiqariladigan tovarlar kombinatsiyasini ifodalovchi chiziq.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin