Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə12/158
tarix07.01.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#211760
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   158
Mikroiqtisodiyot

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Javob
Iqtisodiy o’sish - ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar miqdorini oshirish yoki texnologiyani takomillashtirish orqali jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish.
Firma– jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy sub’ekt.
Institutlar – iqtisodiy sub’ektlar harakatini cheklovchi, ularning o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi me’yorlar, qoidalar hamda ushbu me’yor va qoidalarni bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari.
Narx – bir birlik tovarni sotib olish uchun to’lanadigan pul miqdori.
1. Hindistonlik bir muhojir ish yuzasidan Fransiyaga bormoqchi. Hindistondan Fransiyaga samolyot va poezd reyslari har kuni mavjuddir. Fransiyagacha bo’lgan masofani samolyot 8 soatda, poezd esa 9 kunda bosib o’tadi. Agar Hindistonlik samolyotda borishni ihtiyor etsa parvoz vaqti uning ish vaqtiga to’g’ri kelganligi bois, bir ish kunidan mahrum bo’ladi. Poezdda boradigan bo’lsa, muhojirning ish kuni dushanbadan jumagacha ekanligini inobatga olsak, u har bir ish kuni uchun 50 ming so’m pul mablag’ini olishdan mahrum bo’ladi. Agar, samolyot chiptasi 900 ming so’m, poezd chiptasi esa 500 ming so’m bo’lsa, muhojir uchun maqbul variant aniqlansin.
Echimi:
Muhojir Fransiyaga samolyotda borishni ihtiyor etsa kamida 900 ming so’m pul mablag’i sarflaydi. Agar u poezdni tanlasa 9 kunlik safari davomida ko’pi bilan 7 kun ishlashini inobatga olsak, Poezdda ketish unga ko’pi bilan 500+7×50=850 ming so’mga aylanadi. Bundan ko’rish mumkinki, muhojir uchun Poezdda ketish eng maqbul variantdir.
Javob: Poezdda ketish.
2. Robinzon kimsasiz orolda istiqomat qiladi. Kun davomida u kokos va baliq ovi bilan shug’ullanib hayot kechiradi. Agar Robinzon bir soatlik vaqtini kokos terimiga sarflasa 10 ta kokos yong’og’i yoki xuddi shu vaqt oralig’ida 5 kg baliq ovlashi mumkin. Robinzon bir kunda 8 soat mehnat qilishini inobatga olsak, Robinzonning bir kunlik ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i grafikda aks ettirilsin va ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i formulasi aniqlansin.


Echimi:
Mahsulot ishlab chiqarish variantlarini aniqlaymiz: Robinzon 8 soat davomida kokos yong’og’i terimi bilan mashg’ul bo’lsa u holda 80 ta kokos tera oladi, lekin baliq ovlay olmaydi. Agar u 8 soatning bir soatini baliq ovlashga sarflasa 70 ta kokos yong’og’i va 5 kg baliq ovlaydi. Robinzonning bir kunlik ishlab chiqarish variantlari quyidagi jadvalda keltirilgan:








Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin