Iqtisodiyot kafedrasi


Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida6



Yüklə 218,09 Kb.
səhifə10/14
tarix20.11.2023
ölçüsü218,09 Kb.
#163996
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Ekologiya kurs ishi

Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida6
Ushbu Qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Qonunning maqsadi inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim obyektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlari
O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yer, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi, atmosfera havosini, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunlari bilan, boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari bilan ham tartibga solinadi.
2-modda. Tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Tabiatni muhofaza qilish obyektlari (er, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron bo‘lishdan, yo‘q bo‘lib ketishdan, nooqilona foydalanishdan muhofaza etilishi lozim.
3-modda. Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad
Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad:
-Inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun, respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yo‘lida tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
-Jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish;
-Ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari xilma-xilligini saqlab qolish;
-Ekologiya xavfsizligini ta’minlash;

Yüklə 218,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin