Iqtisodiyot kafedrasi


-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari



Yüklə 218,09 Kb.
səhifə13/14
tarix20.11.2023
ölçüsü218,09 Kb.
#163996
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Ekologiya kurs ishi

10-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Tabiatni muhofaza qilish sohasida:
-o‘z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini tasdiqlash;
-tabiiy resurslarni hisobga olish va ularning ahvoliga baho berish, ekologiya jihatidan zararli bo‘lgan obyektlarni ro‘yxatga olish;
-tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
-tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish;
(10-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
-tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar undirish;
-tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish, atrof muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatish va qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining vakolatiga kiradi.


4.O 'zbekistonning ekologik siyosati va uning atrof muhitni mohofaza qilishdagi o’rni
Yer kurrasida yuzaga kelayotgan ekologik nobop m uhitning chuqurlashuvida ozmi-ko'pmi O 'zbekistonning ham ishtiroki bor. Mamlakatimizda yashayotgan 26 m illiondan ziyod aholining yarm idan ko'pi ekologik xavfli bo'lgan muhitda istiqom at qilmoqda. Orol dengizi va uning alrofida ro 'y bergan ekologik inqiroz holati sovet davrining noekologik agrar vaiqtisodiy siyosatining natijasidir. Shuning uchun ham davlatimiz, shaxsan prezidenti ShavkatMirziyoyev ekologik masalalarni iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar bilan uyg'unlashtirgan holda olib borishni lozim deb topmoqda.
O`zbekiston Respublikasi ekologik siyosatitng asosiy maqsadi — kishilarning
hayotiy zarur bo`lgan ekologik xavfsiz muhitini ta'minlash uchun tabiatni muhofaza
qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ya'ni tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi iqtisodiy-ekologik munosabat shaklini qo`llash.
Biz bilamizki, mustaqillik davrigacha O`zbekiston hududi Chor Rossiyaga,
so`ngra Sovet Ittifoqining xom ashyo yetishtirib beradigan chekka o`lkasi bo`lib
hisoblangan. Shuning uchun ham tabiiy va mineral xom ashyo zahiralaridan
maksimal holda ekstensiv usulda foydalanilgan, ya'ni iqtisodiy munosabat shaklida
bo`lgan. Bunday totalitar tuzumdagi munosabat shaklidan birdaniga ekologik
munosabat shakliga, jamiyatda na iqtisodiy, na huquqiy, na ijtimoiy-madaniy
asosi yaratilmay turib o`tishni, hattoki nazariy jihatdan ham amalga oshirib
bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasi tanlagan yo`li tabiat va jamiyat o`rtasidagi
munosabatlarni iqtisodiy-ekologik shakli, ya'ni bosqichma-bosqich ekologik
munosabat shaklga o`tishga asos bo`lmog`i darkor.
29 avgust 1997 yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Milliy
xavfsizlik Konsepsiyasi to`g`risida»gi Qonunida mamlakatimizning ekologik
konsepsiyasi berilgan bo`lib, unda quyidagilarga e'tibor berilgan1:
— shaxsning hayotiy zarur ehgiyoji bo`lgan kishilarni sog`ligini muhofaza
qilish va insonlarning turmushi uchun optimal holatdagi ekologik sharoitlarni yaratib berish;
-jamiyatning hayotiy zarur ehtiyoji bo`lgan oilani har tomonlama qo`llabquvvatlash, mo`tadil ekologik vaziyatni tashkil etish, aholining sog`ligini
ta'minlash, jismoniy bakuvvat avlodni shakllantirish;
-davlatning hayotiy zarur ehtiyojlari bo`lgan barqaror rivojlanish,
mintaqaviy iqtisodiy holatni mo`tadillashtirish, sog`lom hayot tarzini shakllantirish.
Shunday qilib O`zbekiston uchun yagona bo`lgan shaxs, jamiyat va
davlatning xayotiy zarur extiyojlaridan biri — ekologik xavfsiz muhit milliy
xavfsizlikning ajralmas bir bo`lagidir. Respublikamiz ekologik siyosatining asosiy
maqsadini bajarmoq uchun organik rivojlanish bilan bir qatorda muhofaza qilish va
rivojlanish konsepsiyasini qo`llashni ma'qul deb topgan. Bu degan so`z shaxs,
jamiyat va davlatning ekologik talablarini mintaqalar bo`yicha iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlantirish talablariga moslashtirish kerak.Birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimovning «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» degan asarida hamda «2005 yilgacha
bo`lgan davrda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali
foydalanishning Davlat dasturi»da yuqorida aytilgan maqsad va konsepsiyalarni
amalga oshirishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
-ekologik texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, xalq xo`jalik
tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha
zaharli kimyoviy moddalarni qo`llash ustidan qattiq nazorat o`rnatish. Atmosfera
havosi va suvlarni insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta'sir
etadigan moddalar bilan ifloslantirishni to`xtatish;
-qishloq xo`jalik ekinlarini, eng avvalo, g`o`zani sug`orishda suvni
tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish. Kollektor-zovur suvlarini daryolar va
suv omborlariga tashlashni tartibga solish va oqava suvlarni chiqarib yuborishni
batamom to`xtatish zarur;
-sanoat korxonalarida atmosferaga, xavosiga, suv xavzalariga va tuproqqa
ifloslantiruvchi hamda zararli moddalarni tashlaganlik uchun solinadigan maxsus
soliqdan keng foydalangan holda mas'uliyatni oshirish darkor. Ularda zamonaviy,
samarali tozalash qurilmalari tizimini joriy etish kerak. Boshlang`ich xom ashyodan tayyor, pirovard mahsulot olganga qadar kompleks foydalanishga
imkon beradigan yangi, zamonaviy, ekologik jihatdan samarali uskunalarni
o`rnatish lozim;
-qayta tiklanadigan zaxiralarni qayta ishlab chiqarishning tabiiy
ravishda kengayishini ta'minlangan hamda qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qat'iy
mezon asosvda iste'mol qilgan holda tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan oqilona
foydalanish darkor;
-foydali qazilmalardan oqilona foydalanish kerak. Boshlang`ich xom
ashyodan to`liq foydalanishni ta'minlash darkor va uning uchun eskirgan
uskunalarni almashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ayrim sexlar,
uchastkalar va korxonalarni rekonstruksiya qilish asosida foydali qazilmalarni
sanoat usulida yanada to`liq va oqilona qazib olish muhim vazifadir. Atrofmuhitni muhofaza qilish uchun tog`-kon sanoatining chiqindilarini o`zlashtirishni
yanada kengaytirish hamda buzilgan yerlarni qayta yaroqli holga keltirish
(rekultivatsiya qilish) muhim ahamiyatga ega;
-keng maydonlardagi tabiiy sharoitlarni tabiiy zaxiralardan samarali va
kompleks foydalanishni ta'minlaydigan darajada aniq maqsadli, ilmiy asoslangan
tarzda o`zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda suvlarni bir xavzadan
ikkinchisiga tashlash, yerning suv-fizik xususiyatlarini yaxshilash, suv chiqarish
tadbirlarini va shunga o`xshash tadbirlarni amalga oshirish) lozim;
-jonli tabiatning xilma-xilligini saqlash, tabiiy genofondni madaniy ekinlar
va hayvonlarning yanga turlarini ko`paytirish hisobiga boshlang`ich baza sifatida
saqlab qolish kerak;
-qurilish va obodonlashtirishni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirga
zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimini joriy
etish yo`li bilan shaharlarda va aholi punktlarda ekologik xavfsiz muxitni tarkib
toptirish;
-jahon jamoatchiliga e'tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish
lozim. Orol muammosi bugungi kunda chinakam keng ko`lamli, butun
sayyoramizga daxldor muammo bo`lib qolganligini, uning tasiri hozirning
o`zidayoq biologik muvozanatni buzayotganligini, bepoyon hududlarda aholining
genofondiga halokatli ta'sir ko`rsatayotganligini nazarda tutish lozim;
-xalqaro tuzilmalarning zaxiralari, imkoniyatlari va investitsiyalarini ana
shu muammolarni hal qilishga jalb etish — birinchi darajali vazifadir.
Ekologik xavfsizlikni ta'minlash va yuqorida aytib o`tilgan mo`ljallangan
tadbirlarni amalga oshirish uchun «Tabiatni muhofaza qilishning Milliy Dasturi»da
quyidagi prinsiplarga amal qilishni tavsiya etilgan:
-davlat ekologik islohotlarning yo`lboshlovchisi bo`lmog`i darkor;
-ekologik xarajatlarni moliyalash va uning yangi sxemalarini jalb qilish;
-makroiqtisodiy va sohaviy ekologik siyosatni takomillashtirish;
-qishloq xo`jalik ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish;
-atrof tabiiy muhit sifatini yaxshilash maqsadini qo`yish va
standartlashtirish;
-ishlab chiqarishning ekologik talablarini chuqurlashtirish va h.k.
O`zbekiston Respublikasining yuqorida aytib o`tilgan ekologik siyosatini
amalga oshiruvchi tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabat shakli, tabiat
qonuniyatlariga jamiyat qonunlarini moslashtirish, ekologik chora-tadbirlar va
asosiy tanlangan tamoyillarning hayotga tatbiq qilish mexanizmi ishlab chiqilsa va
amaliyotda ular o`z tadbig`ini topsa, so`zsiz, bizning mamlakatimiz yaqin
kelajakda ekologik munosabat shakliga o`tib olishi mumkin. Bunday siyosat
shaxsning, jamiyatning va davlatning hayotiy zarur bo`lgan milliy xavfsizligani
ta'minlashda katta omil bo`lib xizmat qilishiga hech shubha yo`q.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tushunchasi, xususiyatlari va
tizimi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi davlat organlari tomonidan atrofmuhitni muhofaza qilish va tabiatda foydalanishni tashkil qilishda namoyon
bo`ladi va jamiyatda ijtimoiy boshqaruvning tarkibiy qismi bo`ladi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini shakllantirish orqali davlat o`zining
ekologik vakolatini va ekologik siyosatini amalga oshiradi. Ushbu boshqarishni
tashkil etish asosida inson atrof-muhitni yaxshilash, tabiatni muhofaza qilish va
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlash maqsadlari turadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi orqali davlat tabiiy resurslarning
mulkdori sifatida tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etish maqsadida ularni
tassarruf etish huquqini amalga oshirishadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi deb vakolatli davlat organlarining
tabiiy resurslardan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza etish bo`yicha ijro
etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi.
Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati ushbu organlarning ijroiya
hokimiyatiga taalluqliligidan kelib chiqib, qonun va vakillik organlarining
qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining farmoyish berishi
ularning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda vakolat doirasidagi yuridik va
jismoniy shaxslarga majburiy ko`rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. Ushbu
majburiy ko`rsatmalar ko`p marotaba qo`llanadigan, ya'ni ular tomonidan qabul
qilingan me'yoriy hujjatlarda belgilanadi, yoki bir marotaba qo`llanadigan, ya'ni
ma'lum bir yoki bir necha subyektga taalluqli, masalan, huquqbuzarlikni
to`xtatish bo`yicha ko`rsatmalardan iborat bo`ladi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining ijroiya etish va
farmoyish berish faoliyati atrof tabiiy resurslar to`g`risidagi qonun hujjatlarining
bajarilishini ta'minlashga qaratilgan.
Ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi quyidagi tamoyillarga asoslangan:
boshqarishning qonuniylikka asoslanishi, ya'ni davlat boshqaruv
organlarining ekologik munosabatlarni tartibga solishda faqat qonun hujjatlarida
belgilangan vakolat doirasida hamda huquqlari asosida faoliyat yuritishi;
tarmoq va hududiy boshqarishni muvofiqlashtirishga, ya'ni ekologik
munosabatlarni tartibga solishda davlat organlarining faoliyati ham hududning
rivojlanishini, ham har bir tabiiy resurslardan foydalanishning oqilonaligi va ularni
muhofaza etishning ta'minlanishiga qaratiladi. Bundan tashqari, ekologiya sohasida
davlat boshqaruvi organlari ham hududiy ham tarmoq bo`ysunishda
shakllantiriladi, masalan, ushbu organlarning hududiy bo`linmalari respublika
tarmoq organlari (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Qishloq va suv
xo`jaligi vazirligi, Yer resurslari bo`yicha davlat qo`mitasi)ga hamda mahalliy
davlat hokimiyati organlariga bo`ysunadilar;
-ekologiya masalalarini hal qilishda har tomonlama yondoshishga, ya'ni
tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etishda ushbu foydalanishning oqilonaligi
va atrof tabiiy muhitni muhofaza etishda respublika xalq xo`jaligi va aholini tabiiy
resurslarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishni ta'minlash;
-ekologiya sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda tabiiy resurslardan
foydalanish va nazorat qilishni ajratish, ya'ni ekologiya sohasida tabiiy
resurslardan bevosita foydalanuvchilar nazorat qilish vakolatiga ega bo`lmasligida,
ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarini shakllantirish hamda ularni
faoliyatlarini tashkil qilishda foydalanish va nazorat qilish vakolatlarini tartibga
solishda ifodalanadi. Masalan, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzurida O`rmon
xo`jaligi bosh boshqarmasi o`rmondan foydalanishni tashkil qiluvchi davlat
organidir va uning korxona, tashkilotlari, o`rmon xo`jaliklari o`rmondan asosiy
foydalanuvchilar bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun ushbu organ o`rmondan
foydalanish ustidan davlat nazoratini olib borish vakolatiga ega emas.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi ma'lum bir shakllarda va uslublarda
amalga oshiriladi. Ushbu boshqaruvning shakllari bo`lib, huquq ijod qilish, ijroiya
va huquqni muhofaza qilish faoliyati hisoblanadi. Ijroiya organlari huquq ijod
qilish yo`li bilan qabul qilgan me'yoriy hujjatlarida qonunlarda belgilangan
qoidalarni yanada rivojlantirib, ijtimoiy munosabatlarni batafsil tartibga soluvchi
me'yorlarni belgilaydilar. Masalan, Yer to`g`risidagi kodeksning va “Davlat yer
kadastri to`g`risida”gi Qonunning qoidalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1998 y. 31 dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat
yer kadastrini yuritish to`g`risida”gi Nizom va O`zbekiston Respublikasi Yer
resurslari davlat qo`mitasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya,
kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan, Adliya
vazirligi tomonidan 1999 y. 27 mayda 736-son bilan davlat ro`yxatiga olingan
“Yer uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatiga olish tartibi to`g`risida”gi
Yo`riqnoma bilan tartibga solinadi.
Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati qonun hujjatlarini amalga
oshirish bo`yicha amaliy faoliyati hisoblanadi. Masalan, yer uchastkalarini joyida
ajratib berish, yer uchastkasiga bo`lgan huquqni davlat ro`yxatiga olish, tabiiy
resurslardan foydalanish va muhofaza qilish qoidalariga rioya etishni nazorat qilish
va hakazo.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari huquqni muhofaza qilish
faoliyati orqali tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalari
buzilgan taqdirda aybdor shaxslarni jinoiy, ma'muriy va imtizomiy javobgarlikka
tortish masalisi huquqni muhofaza qilish organlari yoki u ishlaydigan tashkilotning
ma'muriyati oldiga qo`yiladi, agar ekologik nazorat organlari ma'muriy
javobgarlikka tortish huquqiga ega bo`lsalar, ushbu masalani hal qiladilar, sud
organlarida atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni undirish bo`yicha davo
arizalarini qo`zg`atadilar, tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning buzilgan
huquqlarini tiklashga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshiradilar.
Ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat boshqaruv organlari
boshqarish uslublarini, ya'ni ijtimoiy munosabatlar subyektlariga davlat ta'sir
ko`rsatish usullarini qo`llaydilar. Ular tarkibiga ruxsat berish, man qilish, rozilik
berish, majburiy ko`rsatmalar berish kiradi.
Davlat boshqaruvining ruxsat berish uslubi asosan tabiiy resurslardan
foydalanishni tashkil etishda qo`llaniladi. Tabiiy resurslardan maxsus foydalanish
faqat vakolatli davlat organlarining ruxsati asosida vujudga keladi.
Rozilik berish (sankiyalash) uslubi deb davlat organlarining
foydalanuvchilar tomonidan tayyorlagan me'yorlarni hamda foydalanishga oid
boshqa qoida va tartiblarni tasdiqlashi va rozilik berishi tushuniladi. Masalan,
atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash bo`yicha yo`l qo`yiladigan
doiradagi normativlari tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan
tasdiqlangandan so`ng, mazkur zararli moddalarni atmosferaga chiqarib tashlash
mumkin (“Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida”gi qonunning 8-
moddasi), yoki qishloq xo`jalik korxonalari tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan
ichki yer tuzilish sxemalariga muvofiq yerdan foydalanishni amalga oshiradilar
(Yer kodeksining 13-moddasi).
Ekologiya sohasida boshqaruvni taqiqlash uslubi atrof muhitni muhofaza
qilishni tashkil etishda keng qo`llaniladi va tabiiy resursdan foydalanish yoki tabiiy
hududlarda ma'lum bir faoliyatni amalga oshirishni taqiqlash orqali man etishda
ifodalanadi. Masalan, suvdan umumiy foydalanishning turi bo`lgan cho`milish
aholini xavfsizligini ta'minlash maqsadida ma'lum suv obyektlarida man etilishi
mumkin yoki suv muhofaza zonalarida daraxt va butazorlarni kesish, yoqilg`i va
moy quyish shaxobchalarini joylashtirish va ishlatish, zaxarli ximikatlarni ko`llash,
chorvachilik fermalarini joylashtirish va boshqalar taqiqlanadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining vakolat doirasida qabul
qilgan qarorlari ekologik munosabatlar subyektlariga nisbatan majburiy
hisoblanadi. Ammo majburiy ko`rsatmalar berish uslubi ushbu davlat
organlarining faoliyatida asosan ekologik nazoratni amalga oshirish jarayonida
qo`llaniladi. Masalan, ekologik nazoratni amalga oshiruvchi organlar ekologik
huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga ushbu huquqbuzarlik oqibatlarini, ularni
sodir etish sabablarini va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo`yicha majburiy
ko`rsatmalar berishga haqlidirlar.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari qonun hujjatlariga muvofiq,
ma'lum vakolatlarni amalga oshiradilar. Ushbu vakolatlar quyidagilardan iborat:
tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo`yicha
me'yoriy hujjatlarni qabul qilish; atrof tabiiy muhitni muhofazasini ta'minlovchi
me'yorlarni belgilash, ekologik standartlash; ekologik sertifikatsiyalash; tabiiy
resurslarning davlat hisobini va davlat kadastrlarini yuritish; tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni rejalashtirish; tabiiy resurslarni
taqsimlash va qayta taqsimlash; tabiiy resurlarni hududiy joylashtirish; ekologik
nazoratni amalga oshirish; nizolarni hal qilish. Bundan tashqari alohida tabiiy
resurslardan foydalanish va ularni muhofaza etish bo`yicha davlat boshqaruv
organlarining maxsus vakolatlari, (masalan, suvlar zararli ta'sirining oldini olish,
o`rmonlarni qayta ko`paytirish, yerlarning melioratsiyasini tashkil etish va
hokazolar) mavjud.
Ishlab chiqarish ekologik xavfsizligini va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash «OHANGARONSЕMЕNT» korxonasi ekologik siyosatining eng muhim vazifalari qatoriga kiradi.
«OHANGARONSЕMЕNT» sement zavodi o’zi joylashgan hududdagi atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Korxona atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar ustidan ekologik monitoring olib boradigan sanoat-sanitar laboratoriyasi va yuqori aniqlik asosida ishlaydigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.
Tabiat va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida muntazam muhofazalash tadbirlari o’tkaziladi.
Atmosfеra havosini muhofaza qilish
Sement siloslaridagi aspiratsiya jarayonining modernizatsiya qilinganligi
Chang va gaz chiqindilarini tozalaydigan uskunalarning joriy va kapital ta’mirlanganligi
Chiqindilarning havoga chiqarilishini o’rnatilgan me’yorlarga muvofiq operativ nazorat qilish uchun laboratoriyaning zaruriy asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi
Yеr rеsurslarini muhofaza qilish
Foydali qazilmalarni qayta ishlash jarayonida o’z xususiyatini yo’qotgan yer maydonini qayta kultivatsiyadan o’tkazish
Suv rеsurslarini muhofaza qilish
Suv resurslaridan oqilona foydalanish
Chiqindi (oqova) suvlar tarkibi sifatining nazorat qilinishi
Korxonani ichimlik suvi bilan ta’minlovchi tizimni qayta ta’mirlanganligi
«Biz bu yerda yashaymiz va ishlaymiz» ekologik aksiyasi
Mazkur «EVROSEMENT grup» umumxolding aksiyasi «OHANGARONSЕMЕNT» korxonasida har yili muntazam ravishda o’tkaziladi. Tadbirni o’tkazishdan asosiy maqsad – ekologiya to’g’risida qayg’urish, xodimlar va ularning oila a’zolarini «yashil ko’ngillilar» safida jipslashtirish va aholining yashashi va ishlashi uchun qulay sharoit yaratishdir. Aksiya doirasida korxona ishchi-xodimlari zavod va uning atrofidagi hududlarda tozalash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini bajaradi.


Xulosa
Ekologiyaning buzilishi, unga zarar yetkazilishi orqali davlat va odamlarga katta zarar yetkaziladi. Buning natijasida esa odamlar nafaqat jismoniy tarafdan, balki iqtisodiy tarafdan ham qiyin ahvolga tushib qolishlari tayin. Shu jihatdan ekologik muammolarni bartaraf etish va unga qarshi kurashishda milliy va mintaqaviy tizimdagi masalalarni o‘rganish va uni amaliyotga keng joriy etish orqali tabiat xavfsizligini ta‘minlashning barcha tizimini asosiy elementi sifatida yuzaga chiqadi.
Insoniyat o’ziga-o’zi hukm tayyorlaydi. Inson har tomonlama barcha resurslardan foydalanishni oshirib bormoqda. Fan-texnika taraqqiyoti beqiyos rivojlandi. Buning natijasida atrof, tabiiy muhit halokatli ravishda tez ifloslanib, buzilmoqda. Ekologik muammolar davlat chegaralarini hamda boshqa to’siqlarni bilmaydi. Ular global xususiyatlar kasb etadi. Ekologik o’zgarishlarning salbiy xususiyatlarini hisobga olgan holda mamlakatimizda ekologik muammolarni ijobiy hal qilishga katta e’tibor berilmoqda. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, sog’lom avlodni tarbiyalab o’stirish uchun alohida ahamiyat berilmoqda. Yosh avlodning va umuman tabiatning jonli qismining sog’lom o’sishi tabiatning jonsiz qismini tashkil qilgan yer, suv va havoning tozaligiga bog’liqdir. Shu sababli Respublikamiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev ekologik muhitni sog’lomlashtirishga va Orol dengizi muammosiga alohida e’tibor bermoqdalar.
Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko’p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi.
O’zbekiston Konstitutsiyasida fuqorolar tabiatni muxofaza qilishlari, uning boyliklarini qo’riqlashlari shart ekanligi ko’rsatib o’tilgan. Тabiatni muxofaza qilish to’g’risida 1992-yil 9-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Qonuni tasdiqlandi. Olim, mutaxassis va siyosiy arboblarni ekologiya va sog’lomlashtirish muammolariga jalb etish, shuningdek, xalqning ekologik bilimini oshirish maqsadida 1992-yilda Хalqaro EKOSAN Jamg’armasi tashkil etildi. Respublikamizda keyingi besh yil ichida tabiatni muxofazalash, Orol dengizi, ekologik ta’lim va tarbiya muammolariga bag’ishlangan xalqaro va respublika ilmiy-uslubiy kengashlari bo’lib o’tdi; natijada ekologik nazorat kuchaytirilib, zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish usullariga o’tish hisobiga chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatilmoqda. Тabiiy muhitni muxofazalash uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori uni shikastlab, qayta tiklashga ketadigan xarajatlarga nisbatan kamdir. Shuning uchun xavfli holatlarni oldindan bilish, tegishli choralarni ko’rish, ekologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Fan-texnika taraqqiyoti biz yashab turgan dunyoni tanib bo’lmas darajada o’zgartirib yubordi. Ekologik halokat, ayrim hududlarda qilingan tahminlarga ko’ra, oldini olib bo’lmas darajasida xavf tug’dirmoqda. Ammo uning tarqalishini kamaytirish, texnogen va ijtimoiy-madaniy oqibatlar shiddatini to’xtatish zarur. Buning uchun turli soxa mutaxassislari o’zlarining ekologik bilimlarini oshirib, rejalashtirilayotgan ishlari bilan tabiiy muhitga zarar yetkazmaslik choralarini ko’rishlari kerak.
Ekologiyaning salbiy o’zgarishlari oqibatlarining asosiy sabablaridan biri yer,suv, mineral xom ashyolardan foydalanish prinsiplarini buzilishidir. Aynan shu prinsip xalq xo’jaligining kam samarali-ekstensiv yo’ldan borishi uchun qulay sharoitlar yaratdi, resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyaning keng joriy qilinishiga to’sqinlik qildi, shuningdek, atrof muhitga zarar yetkazgan holda rejani bajarish kabi g’ayri ekologik yondoshuvni keltirib chiqardi. Markaziy Osiyo qishloq xo’jaligini ekstensiv rivojlantirish,yer va suvdan tartibsiz foydalanish natijasida Orol dengizi quriy boshladi. Unga yaqin joylashgan yerlarning ekologik sistemasi, hayvonot va o’simliklar dunyosi chuqur inqirozga uchradi. Mintaqaning yuz ming gektarlab yerlari jizg’anak bo’lib, sho’rlanib uning bir qismini kasallik qo’zg’atuvchi zararkunandalar va kasallangan o’simliklar egallagan. Orolning qurigan qismidagi yerlardan tuzlar uchib ular shamol kuchi so’na boshlagan hududlarda yig’ilib, yomg’ir suvining minerallashuvini, yerlarning sho’rlanishini oshirishga, tog’dagi muzliklarning erishini tezlatishga sabab bo’lmoqda. O’zbekiston Fanlar akademiyasi ma’lumotlariga qaraganda Orol dengizidan ko’tarilgan tuzlar respublikaning janubi – sharqiy tog’laridagi doimiy muzliklarga tushmoqda va ularning erish jarayonini tezlatmoqda. Cho’llanish va yerlarni ishdan chiqish jarayoniga ta’sir etmoqda.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar Orol basseynida yashovchi aholi uchun, uning yashashi, iqtisodi uchun juda yuqori darajada har tomonlama xavfni vujudga
keltirmoqda. Chunki kuchli sho’rlangan yerlarda qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi hattoki 100 foizgacha kamayishi fanda aniqlangan. Ko’rsatilgan ma’lumotlar hammasi umumiy holda global falokatlarni kelib chiqishiga sabablar tayyorlanayotgandek ko’rinadi.
Kurs ishining asosiy maqsadi shu muammolarni bartaraf etish yo’llarini o’rganish, amaliyotda keng joriy qilish yo’llarini ochib berishdan iborat. Bundan tashqari ishimizda Orol dengizining qurishi, fojianing oqibatlari, Respublikamizning Orolni qayta tiklashga qaratilgan sayi harakatlarini o’rganishdan iborat.


Yüklə 218,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin