Iqtisodiyot kafedrasi


-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish



Yüklə 218,09 Kb.
səhifə11/14
tarix20.11.2023
ölçüsü218,09 Kb.
#163996
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Ekologiya kurs ishi

4-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun davlat hokimiyati mahalliy idoralari, vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermerlik va kooperativ xo‘jaliklar, shuningdek ayrim shaxslar xo‘jalik, boshqaruv hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilishlari kerak:
-insonning yashash muhiti bo‘lmish biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsizligi, inson va uning kelgusi avlodlari genetik fondi haqida g‘amxo‘rlik qilish;
-fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash, barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya o‘quvining majburiyligi;
-jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uyg‘unlashtirish;
-tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq to‘lash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun haq to‘lamaslik;
-ekologiya ekspertizasi o‘tkazishning majburiyligi;
-tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni rag‘batlantirish;
-tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson sihat-salomatligi uchun zararli, tiklab bo‘lmas oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
-tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etishda oshkoralik;
-tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, regional va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish;
-tabiatni muhofaza qilish qonunlari talablarini buzganlik uchun javobgar bo‘lish.
5-modda. Tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Tabiiy resurslarni berish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
6-modda. Tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yo‘sinda foydalanish
O‘zbekiston Respublikasida tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yo‘sinda foydalaniladi.
Tabiatdan umumiy tarzda foydalanish fuqarolar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun tekinga tabiiy resurslarni ayrim foydalanuvchilarga biriktirmay va hech qanday ruxsatnomalar bermay turib amalga oshiriladi.
Tabiatdan maxsus yo‘sinda foydalanish tariqasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarga ishlab chiqarish va o‘zga xil faoliyatni amalga oshirish uchun tabiiy resurslar haq olib maxsus ruxsatnomalar asosida egalik qilishga, foydalanish yoki ijaraga beriladi.

Yüklə 218,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin